1. O‘rta Osiyoda ilk davlatchilikning shakllanishidagi asosiy omillar va boshqaruv



Yüklə 273,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix11.10.2023
ölçüsü273,36 Kb.
#153623
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
2 mavzu

Qang‘ davlatining 
hududlari 
Sirdaryoning o‘rta oqimidagi yerlar edi. Mil. avv. II-I asrlarda Qang‘ davlati yerlari 
kengayib, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlar va Xorazmni o‘z ichiga oladi. 
Antik davrida Qang‘ davlati ancha rivojlangan davlat edi. O‘troq aholi asosan 
vodiylarda yashab, dehqonchilik, Bog‘dorchilik va hunarmandchilik bilan 
shug‘ullanib kelishgan. Qang‘ hukmdorlarining markaziy shaharlari ikkita edi. Ular 
yozni o‘trorda (hoz. Aris va Turkiston oralig‘ida), qishlovni esa Qang‘a (hoz. 
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida) shaharlarida o‘tkazar edilar. 
Qang‘ davlati aholisi yarim o‘troq, yarim ko‘chmanchi sug‘diy va turkiy 
qabilalarning davlati edi, ya’ni O‘rta Osiyo hududlarida ikki xil tilda (turkiy va 
sug‘diy) so‘zlashuvchi qabilalarning ilk bor tarkib topgan davlati edi. Qang‘ davlati 
doirasida, uning markaziy mintaqalari-Sirdaryoning o‘rta havzasida, Toshkent 
vohasida yangi etnos-qang‘ar elati tarkib topadi. Uning etnik asosini mahalliy 
sug‘diylar va Sirdaryo bo‘yi turkiy qabilalari tashkil etganligi tarixiy manbalarda 
uchraydi. 
Qang‘ aholisi asosan dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan 
shug‘ullanganlar. Ular arpa, bug‘doy, tariq, no‘xat, sholi va boshqa donli ekinlar 
yetishtirganlar. Mevali daraxtzor va uzumzorlari ko‘p bo‘lgan. Sirdaryoning o‘rta 
oqimida yashovchi qang‘arlar asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan 
shug‘ullanganlar. 
Davlat bevosita tutash bo‘lgan Qurama va Chotqol tog‘larida temirchilik, 
misgarlik hunarining rivojlanishi uchun kerakli ma’danlar bo‘lgan. Bu joylardan 
juda ko‘plab mis, temir, kumush va boshqa metallar otingan. Ustalar turli metalfarni 
bir-biriga qo‘shib, mustahkam qurollar yasashni ham o‘zlasbtirganlar. Shuningdek, 
kundalik ehtiyoj buyumlari ishlab chiqarilib ichki vatashqi savdo uchun turli 
mahsulotlar tayyorlangan. 
Qang‘ shaharlari qalin va baland devorlar bilan o‘ralgan. Devorlarning 
tashqarisida qal’a atrofi gir aylantirilib chuqur va keng qilib handaq qazilgan. 
Shaharlar ichida mustahkam istehkom (ark) va shahrislonlarning ham baland 
mudofaa devorlari, bir necha darvozalari bo‘lgan. Yirik shaharlardan tashqari, 
Toshkent vohasida yuzga yaqin aholi yashaydigan katta va kichik qo‘rg‘onlar ham 
mavjud bo‘lgan. Bu davrda qang‘arlarga xos madaniyat Qovunchi madaniyati tarkib 
topadi. 
Antik davrda tarkib topgan yana bir viloyat 
Choch o‘lkasi
dir. Choch o‘lkasi 
haqida yozma ma’lumotlar miloddan avvalgi I-ming yillikning 2-yarmidan boshlab 
uchray boshlaydi. Ammo, Choch atamasi birinchi bor milodiy III asrda sosoniylar 
podshosi Shafur 1 ning “Zoroastra Ka’basi”da, unga tobe mamlakat va viloyatlar 
ro‘yxatida tilga olinadi. Chochning qadimgi aholisi O‘rta Osiyoning janubiy 
viloyatlari dehqonchilik madaniyatlari ta’sirida sekin-asta o‘troq hayotga o‘tib 
borayotgan Turon turlari-saklarga borib taqaladi. Miloddan avvalgi III asrga 
kelganda bu o‘lkada qadimgi dehqonchilik qishloqlari asosida ilk shaharlar qad 
ko‘tara boshlaydi. Atrofi mudofaa inshoatlari bilan o‘rab olingan ana shunday 
qishloqlar dastlab Chirchiq daryosining o‘rta va kuyi havzalarida paydo bo‘lib, 
uning aholisi tarkibini sug‘diy va turkiy tilli qabilalar tashkil etdi. 


Mil. avv. I asrga kelib, O‘rta Osiyo hududlarida o‘sha davrning eng qudratli 
davlatlaridan biri bo‘lgan 

Yüklə 273,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin