9-ma’ruza. Axborotni masofaga uzatish tizimlari. Reja



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix11.10.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#153679
  1   2   3   4   5   6   7   8
OOIMvaA 9-ma\'ruza



9-ma’ruza. Axborotni masofaga uzatish tizimlari.
Reja: 
1.
Umumiy ma’lumotlar. 
2.
Elektrik, pnevmatik va gidravlik signal o'zgartirgichlar.
3.
Pnevmoelektrik va elektropnevmatik o'zgartirgichlar.
4.
Analog-son raqamli signal o'zgartirgichlar va son raqamli-analogli signal 
o'zgartirgichlar.
5.
Signal kuchaytirgichlari. 
 
Umumiy ma’lumotlar. 
Har qanday o‘lchash qurilmasida o‘lchash axborotini o‘zgartirish zarurligi nazarda 
tutiladi. Bu ishni bajaradigan elementlar o‘lchash o‘zgartkichlari deyiladi. Kirishiga 
o‘lchanayotgan fizik kattalik keladigan o‘zgartkich 
birlamchi
va o‘lchash signallarini 
o‘zgartirishni amalga oshiradiganlari 
oraliq o‘zgartirkich
deb yuritiladi. 
Texnologik parametrlarni o‘lchash uchun qurilgan ko‘pgina zamonaviy qurilmalar 
birlamchi o‘zgartkich, ikkilamchi asbob va ularni ulovchi aloqa yo‘llaridan tashkil topgan 
tizimlardan iborat. 
Birlamchi o‘zgartkich o‘lchash joyiga yaqin o‘rnatiladi. U nazorat qilinayotgan muhit 
ta’sirida bo‘ladi va o‘lchanayotgan kattalikni boshqa fizik tabiatga ega bo‘lgan (elektrik, 
pnevmatik, gidravlik) aloqa yo‘llari bo‘yicha boshqarish shchitiga o‘rnatilgan ikkilamchi 
asbobga uzatish uchun qulay bo‘lgan signalga o‘zgartirishga mo‘ljallangan. 
Umumiy ko‘rinishda birlamchi o‘zgartkich sezgir elementdan va uzatuvchi o‘lchash 
o‘zgartkichidan iborat bo‘ladi. Sezgir element o‘lchanayotgan parametrni qabul qiladi va 
uni boshqa fizik tabiatli signalga o‘zgartiradi. Agar bu signal masofaga uzatishga qulay 
bo‘lsa, unda u aloqa yo‘li bo‘yicha ikkilamchi asbobga uzatiladi va u bilan o‘lchanadi. 
Agar sezgir element o‘lchanayotgan kattalikni masofaga uzatish mumkin 
bo‘lmaydigan fizik kattalikka, masalan, siljish yoki kuchga o‘zgartirsa, unda oraliq 
o‘zgartkichni qo‘llash zarurati tug‘iladi. Bu o‘zgartkich kattalikni (siljish yoki kuchni) 
elektr yoki pnevmatik signalga o‘zgartiradi, keyin bu signal aloqa yo‘li buyicha ikkilamchi 
asbobga uzatiladi. Misol sifatda 67-rasmda bosim o‘lchash tizimining sxemasi keltirilgan. 


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin