Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


 Soliq to‘lovlarining turizm sohasida investitsiyalar



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

2. Soliq to‘lovlarining turizm sohasida investitsiyalar
hajmiga ta’sirini ekonometrik modellashtirish
Statistik ma’lumotlarni qayta ishlash uzoq vaqtdan beri inson 
faoliyatining turli sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Umuman olganda 
statistik tahlil usullari qo‘llanilmaydigan birorta sohani topish 
mushkul. Ayniqsa, iqtisodiy faoliyat sohalarida ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlar haqidagi juda ko‘plab ma’lumotlarni qayta ishlashda 
statistik ma’lumotlarni qayta ishlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Modellashtirish usullari avvalo, mantiqiy-evristik, miqdoriy, 
matematik va statistik tadqiqotlarda turli bog‘liqliklar, rivojlanish 
tendensiyalarini aniqlash va prognoz modellarini yaratish hamda 
ularni kompyuter texnologiyalari orqali tajriba qilishga asoslanadi. 
Ushbu maqsadda ekstrapolyatsiya, ekonometrik, maqsadli va 
imitatsion modellardan foydalaniladi. 
Ushbu axborotlarni, ya’ni statistik ma’lumotlarni har tomonlama 
va puxta tahlil qilish maxsus usullar yordamida amalga oshiriladi. 
Bunda ayniqsa, korrelyatsion va regression tahlil usullari qo‘l keladi. 
Iqtisodiy tadqiqotlarda odatda jarayonlarning dinamikasi va unga 
ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning darajasini aniqlash talab qilinadi.
Bu kabi masalalarning qo‘yilishi korrelyatsion va regression 
tahlil usullari asosida hal qilinadi. Iqtisodiy jarayonlarning 
dinamikasi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni nafaqat aniqlash, 
balki ularni miqdoriy jihatdan baholash ham muhim ahamiyatga ega. 
Ushbu yondashuv natija va omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashni 
talab etadi. Chunki omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik natijasida bir 
omilning o‘zgarishi boshqalarning ham o‘zgarishiga olib keladi. 
Korrelyatsion tahlilning asosiy vazifasi bog‘liqlik kuchini aniqlash 
va ular o‘rtasida korrelyatsion bog‘liqlik mavjudligi haqidagi 
gipotezani asoslashdan iboratdir. Iqtisodiy jarayonlarga ta’sir 
ko‘rsatuvchi barcha omillar ham tasodifiy miqdorlar hisoblanmaydi, 
shuning uchun iqtisodiy hodisalarni tahlil qilishda tasodifiy yoki 
tasodifiy bo‘lmagan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlik tekshiriladi. 
Bunday bog‘liqlik regression bog‘liqlik, ularni o‘rganuvchi 
matematik statistika usuli esa regression tahlil deb ataladi. 


360 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin