Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


-rasm. Qaytadan ishlagan normalashtirilgan o‘zgararuvchilarning



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

9-rasm. Qaytadan ishlagan normalashtirilgan o‘zgararuvchilarning 
chiziqli regressiya natijalari 
Demak, 9-rasmdan biz 
X
2
va 
X
3
o‘zgaruvchilarning 90% 
ishonchlilik darajasida koeffitsiyentlarning statistik ahamiyatga ega 
ekanligini ko‘rishimiz mumkin
56

Yuqorida keltirilganlar asosida quyidagi regressiya tengla-
masini yasaymiz: 
(29) 
Regressiya statistikasidan ko‘rinib turibdiki, moslashtirilgan 
R
2
=0,94, R
2
= 0,95, standart xatolik SE=0.169 ga teng. 
Demak, barcha omillar o‘rtasida sezilarli bog‘liqlik mavjud va 
ko‘rsatilgan turistik xizmatlar hajmi regressiya tenglamasiga kiritil-
gan omillarga 95 foiz bog‘liq ekan. Umuman olganda yuqoridagi 
regressiya quyidagicha talqin qilish mumkin: turistik xizmatlar eks-
portining 1 million dollarga o‘sishi, YaIMdagi turizm hajmi 9,22 
milliard so‘m ortishiga olib keladi. Shuningdek, mehmonxona va 
an’anaviy joylashtirish vositalar sonining bir birlik ortishi YaIMdagi 
turizm hajmini 12,6 milliard so‘mga o‘sishiga to‘g‘ri keladi. Demak, 
_______________________________ 
56
Многомерный статистический анализ на ЭBM с использованием пакета Microsoft Excel/- М ., 1997. 


377 
bundan ko‘rinib turibdiki, joylashtirish vositalari sonining o‘zgarishi 
YaIMdagi turizm hajmiga kuchliroq ta’sir etadi. 
Regressiya tahlilining murakkab bosqichi olingan natijalarni 
interpretatsiya qilish, ya’ni ularni statistika va matematika tilidan 
iqtisodiy talqinga keltirish kerak. Regressiya koeffitsiyenti qiymati 
qanchalik katta bo‘lsa, modellashtirilayotgan turistik xizmatlar 
sotilishi hajmiga shunchalik sezilarli ta’sir ko‘rsatishi haqida xulosa 
qilishimiz mumkin. Ayniqsa, bunda regressiya koeffitsiyenti oldidagi 
ishora ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu ishora turistik xizmatlar 
hajmini statistik qayta ishlash natijasida olingan natijaviy belgining 
xususiyatini ifodalaydi. Agarda omil belgisi musbat bo‘lsa, ushbu 
omil qiymatining ortishi bilan natijaviy ko‘rsatkich qiymati ortadi, 
aksincha manfiy bo‘lsa, natijaviy ko‘rsatkich qiymati kamayadi. 
Mazkur 
ishoralarning 
interpretatsiyasi 
modellashtirilayotgan 
belgining ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini to‘liq ifodalay oladi. Agarda 
uning qiymati o‘sish xarakteriga ega bo‘lsa, u holda omillarning 
ijobiy ishorasi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijaviy ko‘rsatkich 
qiymatining kamayishi omilning manfiy ishoraga ega ekanligi bilan 
izohlanadi. Agarda omil belgisi manfiy bo‘lsa, regressiya tenglamasi 
parametrlarini hisoblash ishlarini tekshirish lozim bo‘ladi
57

Korrelyatsion va regressiontahlil omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni va 
ularning ta’sirini kuzatish imkonini beradi. Ushbu ko‘rsatkichlar 
statistik ma’lumotlarni qayta ishlashda juda keng qo‘llanilgan holda 
turistik xizmatlar sotish hajmi bilan bog‘liq ishonchli prognoz 
ko‘rsatkichlarni olish imkonini beradi. 
Olingan modelning real jarayonlarga ishonchli(adekvat)ligini 
tekshirish uchun quyidagi formula bilan ifodalanadigan Fisherning 
F
-mezonidan foydalanamiz: 
(30)
 
Hisoblab topilgan Fisherning 
F
-mezon qiymatlari 
F
-mezonning 
kritik qiymatlaribilan taqqoslanadi. Agarda hisoblab topilgan qiymat 
kritik qiymatdan katta bo‘lsa, model ishonchli deb olinadi va uni 
tadqiqot jarayonida foydalanish mumkin bo‘ladi. 
_______________________________ 
57
А.Н. Кленин, К.К. Шевченко. Математическая статистика для экономистов статистиков/- М., 1990.


378 
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida Fisherning 
F
-mezon qiymati 
F
xakiqiy
=126,5 ga teng bo‘ldi. Jadval ma’lumotlari asosida 
F-mezonning kritik qiymati 
F
jadval
=5,32 ekanligini, demak, olingan
qiymat kritik qiymatdan katta bo‘lganligi bois bizning model
tadqiqot jarayonida foydalanish uchun mumkinligi kelib chiqadi.
Bizning ishishmizda, misli ko‘rilmagan va tez rivojlanayotgan 
inqirozni hisobga olib, COVID-19 pandemiyasining xalqaro turizmga 
ta’sirini baholash juda qiyin. Butunjahon turizm tashkilotining 
hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘ngi voqealar, karantin choralari, xalqaro 
turizmning 50 foizini tashkil etadigan Yevropaning aksariyat 
mamlakatlarida, shuningdek, Amerika, Afrika va Yaqin Sharqning 
ko‘pgina mamlakatlarida chegaralar yopilishi, Osiyodagi o‘zgarishlar, 
Tinch okeani mintaqasida va oldingi inqirozlar tarkibida (sars 2003 va 
2009-yilgi global iqtisodiy), 2020-yilda chet eldan kelgan kelayotgan 
sayyohlar soni 20-30 foizga kamayishi mumkin (10-rasm). 
Eng yomon holatlarda, bu xalqaro turistik tushumlar (eksport) 
bo‘yicha 300-450 milliard AQSh dollarini yo‘qotishiga olib keladi. 
1,5 trln. AQSh dollari - bu deyarli dunyo miqyosining uchdan bir 
qismiga teng. 
Hisob-kitoblar ushbu inqirozning miqyosi, o‘zgaruvchanligi va 
misli ko‘rilmagan xususiyatini hisobga olgan holda ehtiyotkorlik 
bilan izohlanishi kerak.

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin