379
Bizga COVID-19 pandemiyasining misli ko‘rilmagan
ijtimoiy
va iqtisodiy oqibatlari bilan kurashishda kuchli yordam kerakligini
bilamiz. Yaqin kelajakda ish o‘rinlarini himoya qilishga, o‘zini-o‘zi
ish bilan ta’minlashga
yordam beradigan, kompaniyalarning
likvidligi, faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga
va kelajak tiklanishni
tezlashtirishga ko‘maklashadigan shoshilinch moliyaviy hamda pul
mablag‘lariga muhtojmiz.
Turizm, ayniqsa, zaifroq guruhlar – ayollar va yoshlar uchun
ish o‘rinlarining asosiy yaratuvchisidir.
Shu munosabat bilan biz
Butunjahon turizm tashkiloti ekspert tavsiyalaridan foydalangan
holda prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqdik.
Regressiya koeffitsiyentlarining ishonchliligini aniqlash uchun
p
-mezondan
foydalaniladi, ya’ni, F qiymatning ehtimoli F kritik
qiymatida katta ekanligi tekshiriladi.
Ushbu ishonchsiz omillardan voz kechish usulini qo‘llash
natijasida turistik faoliyatdan olinadigan
daromad hajminini
prognozlash imkonini beradigan quyidagi regressiya tenglamasiga
ega bo‘lamiz:
(31)
(32)
Erkli o‘zgaruvchilarning vaqt
omilini hisobga olgan holda
prognoz qiymatlari yordamida natijaviy ko‘rsatkich (Y)ning prognoz
qiymatlarini avval normalashtirilgan qiymatlarda aniqlab keyin
absolyut qiymatga o‘giramiz (11-jadval).
2005-2023-yillarda
O‘zbekiston
Respublikasida turistik
xizmatlar ko‘rsatkichlarining prognoz qiymatlari 11-12-13-rasmlar-
da keltirilgan.
Olingan prognoz ko‘rsatkichlarning ishonchlilik mezoni
turizmni rivojlantirish strategiyasini ishlab
chiqishda foydalanish
mumkinligi, uning aniq ketma-ketlikda amalga oshirilishi esa
kelgusida qaysi xizmatlar yuqori
darajada talab qilinishi, qaysi
hajmda va potensial mijozlar sonini nechamarta oshirish zarurligini
ko‘rsatib beradi.