369
Ushbu jadval ma’lumotlaridan foydalangan holda, turizm soha-
sidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning nominal narxdagi qiymatlarini
amaldagi narxdagi qiymatlarga o‘zgartirishga harakat qildik va
O‘zbekistondagi turizm xizmat bozori rivojlanishini bashorat
qilishda qo‘lladik.
6-rasm. O‘zbekiston Respublikasining 2009-2018-yillarda YaIMdagi
turizm sohasining hajmi
(mlrd. sum, real narxlarda)
50
Microsoft Excel amaliy dasturi
murakkab statistik va
muhandislik masalalariga oid ma’lumotlarni tahlil qilish uchun
mo‘ljallangan tahlillar paketini ham o‘z ichiga oladi. Ushbu vositalar
asosida ma’lumotlarni tahlil qilish uchun dastlabki ma’lumotlar va
tahlil uchun tanlab olingan statistik yoki muhandislik funksiyalaridan
birini tanlab olish kerak bo‘ladi. Boshqa vositalar asosida
ma’lumotlarni grafik tarzda tahlil qilish mumkin. Grafik tasvirlar,
avvalo, statistik ma’lumotlarni taqdimot
tarzida ifodalashga xizmat
qiladi va ma’lumotlarning sodda tasvirlanishi hamda tushunarliligini
oshiradi. Ularning ahamiyatligi dastlabki statistik ma’lumotlarning
ishonchliligiga va to‘liqligiga ham bog‘liqdir.
Statistik ma’lumotlarni grafik tarzda ifodalash nafaqat ularni
namoyish qilish uchun, ayrim hollarda umumiy xulosa chiqarish va
tezda anglashda ham qo‘l keladi. Ayniqsa, bir vaqtning o‘zida bir
__________________
50
knoema.ru [Мировой атлас данных] ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
370
nechta iqtisodiy hodisa yoki jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilish
hamda ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni namoyish qilish,
ularning vaqt
trendi bo‘ylab o‘zgarishini tasvirlashda juda muhim. Biroq statistik
ma’lumotlarning grafik tasvirini samarali tarzda qo‘llash uchun
ularni yasash texnikasi va uslubiyatini puxta bilish talab etiladi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, turistik mahsulotlar sotish hajmiga
oid statistik ma’lumotlar ko‘p jihatdan tasvirlanayotgan ma’lumotlar
va masalani tahlil qilish maqsadiga har tomonlama bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi 2009-2018-yillarda YaIMdagi turizm
sohasi hajmini ekonometrik modellar orqali ifodalash uchun eng
kichik kvadratlar usulidan foydalaniladi.
Eng kichik kvadratlar usuli masalani ifodalashga xizmat
qiladigan model bir nechta ishlab chiqarish
funksiyalari orqali
tenglamalar sistemasi tarzida ifodalanganda qo‘llanilishi mumkin.
Biroq tenglamalar sistemasi uchun parametrlarning qiymatlarini
hisoblab chiqish ayrim o‘ziga xosliklarga ega. Eng muhimi,
tenglamalar sistemasining miqdor va o‘zgaruvchilarning tenglamada
joylashuvi nuqtai nazaridan xususiyatga ega ekanligidir
51
.
Eng kichik kvadratlar usulining mohiyati shunddan iboratki,
empirik qiymatning regressiya tenglamasi bo‘yicha
topilgan
chetlanishlarining kvadratlari yig‘indisi minimal bo‘lgan hol tanlab
olinadi, ya’ni:
(18 )
Buning uchun quyidagi ko‘rinishdagi normal tenglamalar
sistemasi hosil qilinadi:
(19)
Ushbu tenglamalar sistemasida
a
0
va
a
x
noma’lum parametrlar
qiymati topiladi va quyidagi regressiya tenglamasi hosil qilinadi:
(20)
Biz tomonidan qo‘yilgan masala ko‘plik regressiya bo‘lganligi
bois ko‘plik regressiya modelini qo‘llaymiz, ya’ni natijaviy
________________________
51
А.Н. Кленин, К.К. Шевченко. Математическая статистика для экономистов статистиков / / -М., 1990.
371
ko‘rsatkich Y ga ko‘plab omillar ta’sir qilishini ko‘zda
tutishimiz
lozim. Shunga muvofiq holda ko‘plik regressiya tenglamasi quyidagi
ko‘rinishga ega bo‘ladi:
(21)
Masalaning matematik tahlili eng kichik kvadratlar usuli orqali
omillar o‘rtasidagi bog‘lanish zichligini aniqlashga qaratiladi.
Omillar
o‘rtasidagi
bog‘lanish
zichligi
korrelyatsiya
koeffitsienti orqali ifodalanadi va quyidagi formula orqali aniqlanadi:
, (22)
bu yerda σ
x
va σ
y
–
x
va
y
parametrlarning o‘rtacha
kvadratik
chetlanishi.
x
va
y
parametrlarning o‘rtacha kvadratik chetlanishi quyidagi
formulalar orqali aniqlanadi:
;
(23)
Barcha erksiz omillar (x) ning natijaviy ko‘rsatkich (Y) ga
ta’siri quyidagi formula bilan ifodalanuvchi ko‘plik korrelyatsiya
koeffitsienti orqali aniqlanadi:
(24)
bu yerda
u
– natijaviy ko‘rsatkichning o‘rtacha kvadratik
chetlanishi.
Determinatsiya koeffitsiyenti
(d)
barcha omillar ta’sirining
natijaviy ko‘rsatkich (
r
)dagi ulushini ko‘rsatib, uning omilga necha
foiz bog‘liqligini aniqlashga xizmat qiladi. Shuningdek, u regressiya
tenglamasining sifat o‘lchovi (yoki regressiya modelining
kuzatilayotgan u qiymatga mosligi) bo‘lib, tahlil qilinayotgan
regressiya modelining prognostik xususiyatlarini ochib beradi,
(25)
bu yerda
r
– korrelyatsiya koeffitsiyenti.
Tadqiq qilinayotgan ko‘plik regressiya
tenglamasi quyidagi
ko‘rinishga ega bo‘ladi:
(26)
yoki
(27)
372
a
0
,
a
]5
a
2
,..., a
p
noma’lum parametrlar quyidagi normal
tenglamalar sistemasini yechish orqali aniqlanadi:
(28)
Ushbu masalaning yechimi orqali regressiya koeffitsiyentining
a
0
, a
x
, a
2
,..., a
p
,
parametrlarini aniqlash mumkin. Ushbu parametrlar
har bir omil (
x
) bir birlikka o‘zgarishi bilan natijaviy ko‘rsatkich
Y,
o‘rtacha qanchaga o‘zgarishini ko‘rsatib beradi.
10-jadval
Dostları ilə paylaş: