Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


bo‘yicha bazaviy miqdorni necha barobarigacha soliq olinadi?



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

bo‘yicha bazaviy miqdorni necha barobarigacha soliq olinadi? 
A)

B)

C)



413 
23-MAVZU: SODDALASHTIRILGAN SOLIQ TIZIMI.
YAGONA SOLIQ TO‘LOVI. 
 
Reja: 
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq 
solishning soddalashtirilgan tartibining qo‘llanilishining iqtisodiy 
mohiyati va ahamiyati. 
2. Mikrofirmalar va kichik korxonalarni faoliyatini soliqqa 
tortish tartibi. 
3. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish. 
4. Yagona yer solig‘ini hisoblash va byudjetga to‘lash tartibi. 
 
Kalit so‘zlar: 
tashkilot, asosiy va aylanma aktivlar, umum-
davlat soliqlar, mahalliy soliqlar, yagona soliq to‘lovi va soliq tizimi.
 
Mashg‘ulotning maqsadi:
Yuridik shaxslarni soliqqa tortish 
tartibidagi o‘ziga xoslikni mamlakatimiz soliq tizimining muhim 
xususiyati 
o‘ziga xosligini o‘rganish. 
O‘qitish vositalari: 
yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot 
materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: 
darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va 
shu kabilar.
O‘qitish usullari: 
Talabalarni ma’ruza materiallari bilan 
tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob be-
rish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo‘llash: 
aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo‘-
shimcha yoritish. 
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq 
solishning soddalashtirilgan tartibining qo‘llanilishining 
iqtisodiy mohiyati va ahamiyati 
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi – soliq to‘lovchi-
larning ayrim toifalari uchun qo‘llaniladi va yagona soliq to‘lovini, 
yagona yer solig‘ini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari 
bo‘yicha qat’iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda 


414 
to‘lashning maxsus qoidalari qo‘llanilishini, shuningdek mazkur 
soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi. 
Soddalashtirilgan soliqlar - bu soliqqa tortiladigan bazani 
hisoblashda va ularni undirib olishda hisoblash va hisobotning 
soddalashtirilgan shakllari ishlatiladigan soliqdir. Odatda, aylanma 
ko‘rsatkichlari, aktivlar qiymati va iqtisodiy faoliyat natijalari 
soddalashtirilgan soliqlarning soliqqa tortiladigan bazasi bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Soddalashtirilgan soliqlar murakkab moliyaviy hisobot yuri-
tishni nazarda tutmaydi va soliq to‘lovchilar hamda soliq 
ma’muriyati uchun yetarlicha sodda hisoblanadi. Mazkur soliqlar 
umumiy tartibdagi soliq to‘lovida to‘lanadigan hamma yoki bir qism 
soliqlarning o‘rnini bosadi. Soddalashtirilgan sxema bo‘yicha 
hisoblanadigan turli daromad ko‘rsatkichlarining taqribiy bahosi 
yoki iqtisodiy faoliyat natijalari sodda soliqlarning soliq solinadigan 
bazasi hisoblanadi. Soddalashtirilgan tartibdagi soliqqa tortishni 
qo‘llashga imkon beradigan mezonlar, qoidaga ko‘ra, soliq soli-
nadigan ko‘rsatkichlar va ishchilar soni bo‘yicha yuqori chegaralar 
(chegaralar)ni o‘z ichiga oladi. Soddalashtirilgan soliqning imtiyozli 
yoki nolga teng bo‘lgan stavkasi (soliq solinmaydigan minimum) 
doirasida qo‘llanadigan quyi chegaralar ham berilishi mumkin. Soliq 
stavkalarining shkalasi ishlatiladigan ko‘rsatkichlar hajmiga bog‘liq 
tarzda darajalarga bo‘linishi mumkin. 
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi – soliq solishning 
ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim 
turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning, shuningdek ular 
yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari 
qo‘llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibidir va «yagona soliq 
to‘lovi»ni, «yagona yer solig‘i»ni hamda tadbirkorlik faoliyatining 
ayrim turlari bo‘yicha «qat’iy belgilangan soliq»ni hisoblab chiqarish 
hamda to‘lashning maxsus qoidalari qo‘llanilishini, shuningdek 
mazkur soliqlar bo‘yicha soliq hisobi va hisoboti taqdim etilishini 
nazarda tutadi». 


415 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin