Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


 Qat’iy belgilangan soliq stavkalari, hisoblash va to‘lash tartibi



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

2. Qat’iy belgilangan soliq stavkalari, hisoblash va to‘lash tartibi 
Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxs-
lar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan 
soliqni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat. 
Qat’iy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlarining 
ro‘yxati, shuningdek, faoliyatning mazkur turlarini tavsiflovchi fizik 
ko‘rsatkichlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
Faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko‘rsat-
kichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat 
turlarini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar faoliyatning qat’iy 
belgilangan soliq to‘lash tatbiq etiladigan qismiga doir soliq 
solishning boshqa tartibini tanlash huquqiga ega emas. 
Qat’iy belgilangan soliq to‘lash tatbiq etiladigan faoliyat bilan 
bir qatorda faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yuridik 
shaxslar faoliyatning mazkur turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob 
yuritishlari va umumbelgilangan soliqlarni to‘lashlari shart. 
Asosiy faoliyat turi bo‘yicha qat’iy belgilangan soliqni 
to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar uchun soliq kodeksida nazarda 
tutilgan boshqa daromadlarga soliq solinmaydi, dividendlar va 
foizlar, birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlar, shuningdek 
ijaradan olingan daromadlar bundan mustasno.
Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq 
kodeksida nazarda tutilgan tartibda umumbelgilangan soliqlar yoki 
yagona soliq to‘lovi joriy etiladi. 


429 
Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik 
shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy 
belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lash tartibi. 
Qat’iy belgilangan soliq belgilangan faoliyat turini tavsiflovchi 
fizik ko‘rsatkich soliq solinadigan obyektdir. 
Soliq solinadigan baza fizik ko‘rsatkichlarning sonidan kelib 
chiqqan holda belgilanadi. 
Qat’iy belgilangan soliq so‘mmasi soliq to‘lovchining 
kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar soliq solinadigan 
baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq davri – bir oy. 
Qat’iy belgilangan soliq hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga 
olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga: 

yangi tashkil qilinayotgan(boshlovchi) soliq to‘lovchilar 
tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n 
kundan kechiktirmay. 
Soliq solish obyekti va ish haqining eng kam miqdori o‘zgargan 
taqdirda, soliq to‘lovchilar aniqlik kiritilgan hisob-kitobni navbatdagi 
to‘lovni to‘lash muddatidan kechiktirmay taqdim etishlari shart. 
Qat’iy belgilangan soliqni to‘lash: 

yuridik shaxslar tomonidan - har oyda hisobot oyidan 
keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin