424
–
Qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo‘jaligini
yuritish uchun
egalik qilishga, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi
soliq solish obyektidir.
Soliq solinadigan baza:
–
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha — soliq
kodeksning
428-moddasi
ikkinchi
qismiga
muvofiq
soliq
solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari
chegirib tashlangan
holda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasining
umumiy maydoni, ;
–
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha – Soliq
kodeksining 428-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq soliq
solinmaydigan yer uchastkalari
chegirib tashlangan holda, yer
uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq aniqlangan normativ
qiymati, meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun
meva-sabzavotchilik mahsulotlari egallagan yerlar uchun esa – yer
uchastkasining umumiy maydoni.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha soliq
stavkalari 1 gektar uchun mutlaq miqdorda belgilanadi. Soliq
stavkalarining aniq miqdori O‘zbekiston Respublikasining Davlat
budjeti to‘g‘risidagi Qonuni bilan belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq
stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga
nisbatan 0,95
foiz miqdorda, meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi
korxonalari uchun meva-sabzavotchilik mahsulotlari egallagan yerlar
uchun esa — 1 gektar uchun mutlaq miqdorda belgilanadi.
Quyidagilar egallagan yer uchastkalari uchun soliq stavkasiga
0,1 koeffitsiyent qo‘llaniladi:
–
yagona ishtirokchilari nogironlarning jamoat birlashmalari
bo‘lgan va xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar
tashkil etadigan hamda nogironlarning mehnatiga haq to‘lash fondi
mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil
etadigan yuridik shaxslar egallagan yerlar.
Yagona yer solig‘i summasi yer
uchastkalarining normativ
qiymati va yagona yer solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib
chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
425
Soliq har bir soliq davrining 1-yanvariga bo‘lgan holatga ko‘ra
hisoblab chiqariladi va soliq hisoboti yer uchastkasi joylashgan
yerdagi soliq organiga quyidagi muddatlarga taqdim etiladi:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha – joriy soliq
davrining 10-yanvariga qadar;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha – joriy soliq
davrining 1-mayiga qadar.
Soliq to‘lovchilar soliqni soliq kodeksning 427-moddasiga
muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va
tegishli soliq stavkasidan
kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi.
Soliq bazasi (hisoblab chiqarilgan soliq summasi) soliq davri
mobaynida o‘zgarish bo‘lganda yuridik shaxslar bir oylik muddat
ichida soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi
shart.
Soliq davri mobaynida qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining umumiy
maydonida va tarkibida o‘zgarishlar
yuz bergan yuridik shaxslar
qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlari bo‘yicha aniqlash-
tirilgan soliq hisobotini joriy yilning 1-dekabriga qadar taqdim etadi.
Dostları ilə paylaş: