445
500 kv.m dan ortiq bo‘lgan
0,35
3. Boshqa
aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni
200 kv.m dan ortiq bo‘lgan uy-joylar va kvartiralar, dala
hovli imoratlari
0,25
4. Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki
yakka
tartibdagi
tadbirkorga
ijaraga
berishda
foydalaniladigan soliq solish obyektlari,
shuningdek
tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun
mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas
mulk obyektlari
2
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘t-
kazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ro‘yxatga olinmagan
yangi qurilgan uy-joylarga nisbatan soliq stavkasi ko‘chmas mulkka
bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi
organlar tomonidan taqdim etilgan axborot asosida mulkning shartli
qiymatiga nisbatan ikki baravar miqdorida qo‘llaniladi.
Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xusu-
siyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qor-
g‘i Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengash-
lari o‘rnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo‘lgan oraliqdagi
kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli.
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda
istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar
ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq ushbu modda birinchi
qismining 1-3-bandlarida belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha
to‘lanadi.
Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun
mo‘ljallanmagan obyektlarga
nisbatan soliq stavkasi, agar ushbu
moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan
bo‘lsa, 4 foiz miqdorida belgilanadi.
Bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan
ishlab chiqarish
maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek,
qurilishi tugallanmagan obyektlarga nisbatan qonun hujjatlarida
oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo‘li bilan yuridik shaxslar
uchun nazarda tutilgan ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin.
Kalendar yil soliq davridir.
446
Soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchining yashash joyidan
qat’i nazar, soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organlari
tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning ma’lumotlari
asosida
amalga oshiriladi.
Soliq summasi mol-mulkning 1-yanvardagi holatiga ko‘ra
bo‘lgan kadastr qiymatidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib
chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Bir necha mulkdorlarining umumiy ulushli mulki bo‘lgan
imoratlar, binolar va inshootlar uchun soliq har bir mulkdor
tomonidan ularning ushbu imoratlar,
binolar va inshootlardagi
ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi.
Mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi kalendar yil mobaynida bir
mulkdordan boshqasiga o‘tgan taqdirda, soliq avvalgi mulkdor
tomonidan shu yilning 1-yanvaridan e’tiboran u mol-mulkka bo‘lgan
mulk huquqini yo‘qotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor
tomonidan esa, unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran
to‘lanadi.
Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo‘yicha
soliq mulk
huquqi yuzaga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.
Meros bo‘yicha o‘tgan mol-mulk uchun soliq merosxo‘rda
mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.
Soliq solish obyekti yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan yoki buzib
tashlangan taqdirda, soliqni undirish mol-mulk yo‘q qilingan, vayron
bo‘lgan yoki buzib tashlangan oydan e’tiboran tugatiladi. Soliq
summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi
yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan
yo‘q qilinganlik, vayron bo‘lganlik yoki buzib tashlanganlik faktini
tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, amalga oshiriladi.
Kalendar yil mobaynida imtiyozlarga bo‘lgan huquq vujudga
kelgan (tugagan) taqdirda, soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu
huquq vujudga kelgan (tugagan) oydan e’tiboran amalga oshiriladi.
Soliqni to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi soliq organlari
tomonidan soliq to‘lovchilarga imzo qo‘ydirilgan holda yoki to‘lov
xabarnomasi olinganligini va olingan
sanani tasdiqlovchi boshqa
usulda har yili 1-martdan kechiktirmay topshiriladi.
447
Soliq davri uchun soliqni to‘lash teng ulushlarda 15-aprelga va
15-oktabrga qadar amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: