467
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida soliqning barcha
elementlari aniqlab qo‘yilgan taqdirdagina ushbu soliq belgilangan
deb hisoblanadi.
Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi:
1) soliq solish obyekti;
2) soliq bazasi;
3) soliq stavkasi;
4) soliq davri;
5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi;
6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
7) soliqni to‘lash tartibi.
Soliqni belgilashda soliq imtiyozlari va ularning qo‘llanilishi
uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin.
Soliq solish obyekti.
Soliq obyekti – soliq to‘lovchining soliq
hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan
daromadi, oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliq obyekti sifatida
foyda yoki daromad,
muayyan tovarlarning qiymati, yer maydoni,
jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari,
tabiiy resurslardan
foydalanish miqdori va boshqalar kiradi. Soliq obyekti aslida
jamiyatdagi mavjud moddiy va ma’naviy boyliklarning ayrimlariga
qonun yo‘li bilan ulardan foydalanuvchi, egalik qiluvchi va tasarruf
qiluvchi soliq subyektlarining huquqlarini soliqqa tortishni
xarakterlaydi.
Soliq
solish obyekti mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki
qiymat, miqdoriy yoki fizik xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holat
bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari soliq
to‘lovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi.
Har bir soliq soliq kodeksning
Maxsus qismiga muvofiq
belgilanadigan mustaqil soliq solish obyektiga ega bo‘ladi.
Soliq bazasi.
Soliq bazasi – soliq obyektining soliq stavkasi
qo‘llaniladigan miqdori. Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq
stavkalarining miqdoriga, shu bilan
birgalikda soliq stavkasi
qo‘llaniladigan obyektning miqdoriga ham bog‘liq bo‘ladi. Soliq
bazasining miqdori qonunchilikda soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan
soliq obyektidan ruxsat etiladigan chegirmalarga bog‘liq ravishda
o‘zgarib turishi mumkin. Soliq bazasini soliq to‘lovchilarning
468
mazkur toifasiga taqdim etiladigan
soliq imtiyozlariga muvofiq
ravishda kamaytirishga ruxsat etiladi.
Soliq bazasi soliq solish obyektining qiymat, fizik yoki boshqa
xususiyatini ifodalaydi.
Har bir soliq uchun soliq bazasi va uni aniqlash tartibi soliq
kodeks bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: