456
3. Soliq va boshqa yig‘imlar to‘lovchilarining vakillari
Soliq to‘lovchilarning soliq munosabatlarida
shaxsan ishtirok
etishi ularni vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi
shuningdek, vakilning ishtirok etishi soliq to‘lovchini bunday
munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmasligi
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 24-25-moddalarida
belgilab qo‘yilgan.
Soliq to‘lovchi, agar Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo‘lsa, soliq munosabatlarida qonuniy yoki vakolatli vakil
orqali ishtirok etishga haqli.
Vakilning vakolatlari Soliq kodeksiga va boshqa qonun
hujjatlariga muvofiq hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb
ushbu yuridik shaxsga qonun yoki uning ta’sis hujjatlari asosida
vakillik qilishga vakolatli shaxslar e’tirof etiladi.
Yuridik shaxs qonuniy vakillarining mazkur yuridik shaxsning
soliq munosabatlarida ishtirok etishi munosabati bilan sodir etilgan
harakatlari (harakatsizligi) ushbu
yuridik shaxsning harakati
(harakatsizligi) hisoblanadi.
Soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda soliq organlari,
bojxona organlari va soliq munosabatlarining boshqa ishtirokchilari
bilan munosabatlarda o‘z manfaatlarini ifodalash vakolati berilgan
soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki boshqa shaxslar soliq
to‘lovchining vakolatli vakillari bo‘lishi mumkin.
Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili, agar
Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z
vakolatlarini tuzilgan shartnoma yoki fuqarolik qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda beriladigan ishonchnoma asosida amalga oshiradi.
Soliq, moliya, bojxona va boshqa davlat organlarining mansab-
dor shaxslari soliq to‘lovchining vakolatli vakillari bo‘la olmaydi.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul
ishtirokchisi qonun asosida soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan
guruhi barcha ishtirokchilarining vakolatli vakili hisoblanadi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish
to‘g‘risidagi shartnoma qoidalaridan qat’i nazar,
ushbu guruhning
457
mas’ul ishtirokchisi quyidagilar bilan bog‘liq huquqiy munosa-
batlarda mazkur konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining
manfaatlarini ifodalashga haqli:
soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish
to‘g‘risidagi shartnomani soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish,
shuningdek ushbu shartnomaga o‘zgartirish kiritish, shartnomaning
amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror va uni tugatish
bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda;
soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan
guruhi ishtirok-
chisidan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi uchun
foyda solig‘i bo‘yicha qarzlarni majburiy undirish bilan bog‘liq
huquqiy munosabatlarda;
soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga
oshirilgan harakatlar (harakatsizlik) xususiyati bo‘yicha ular soliq
to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi bo‘lgan
yuridik shaxsning huquqlariga bevosita ta’sir qilsa.
Amal qilish muddati tugashi bilan soliq to‘lovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnoma mud-
datidan oldin bekor qilinganda yoki tugatilganda ushbu guruhning
mas’ul ishtirokchisi bo‘lgan shaxs ushbu moddaning o‘ninchi va o‘n
birinchi qismlarida nazarda tutilgan vakolatlarini saqlab qoladi.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishti-
rokchisi bo‘lgan shaxslar mazkur guruh
ishtirokchilarining manfa-
atlarini ifodalash bo‘yicha soliq kodeks bilan o‘zlariga berilgan vako-
latlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma yoki
berilgan ishonchnoma asosida uchinchi shaxslarga berishga haqlidir.
Quyidagilar vakolatli organlardir:
soliq organlari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq
qo‘mitasi, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq
inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek, tumanlar (shaharlar)
davlat soliq inspeksiyalari;
bojxona organlari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona
qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari,
“Toshkent – AERO” maxsus bojxona kompleksi va bojxona postlari;
458
yig‘imlarni undirish funksiyasini amalga oshiruvchi davlat
organlari va tashkilotlar.
Jismoniy shaxslarning qonuniy vakillari – O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq ishtirok etuvchi shaxslar
hisoblanadi.
– vakolatli vakillar ushbu vakolatlar
yuklatilgan shaxslar
hisoblanadi. Soliq to‘lovchilarning vakolatli vakillari soliq
munosabatlarida ushbu vakolatlar yuklatilgan yuridik va jismoniy
shaxslar bo‘lishi mumkin. Bularga soliq organlari, bojxona xizmati,
davlatning ichki ishlar va byudjetdan tashqari fondlarining
mansabdor shaxslari,
sudyalar, tergovchilar, prokurorlar bo‘lishi
mumkin. Vakolatli vakillar o‘z faoliyatini yuridik yoki jismoniy
shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga
muvofiq berilgan ishonchnoma asosida olib boradi.
Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb
fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq uning vakillari sifatida faoliyat
olib boradigan shaxslar e’tirof etiladi.
Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili o‘z
vakolatlarini fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq notarial
tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: