474
Soliq bazasini hisoblash usullari – soliq bazasini hisoblashning
ikki xil usuli mavjud bo‘lib, ular kassa
usuli va hisobga olish
usullaridir. Kassa usulida soliq to‘lovchida soliqlarni to‘lash
majburiyatlari daromad olganidan keyin vujudga kelsa, hisobga olish
usulida esa daromad olingan yoki sotishdan tushum qachon kelib
tushishidan qat’iy nazar tovarlarning jo‘natilishi, o‘z navbatida,
soliqlarni to‘lash majburiyatlarini vujudga keltiradi.
Soliqlarni to‘lash muddatlari va tartiblari.
Soliq qonunchiligida
har bir soliq turining byudjetga to‘lash muddatlari belgilangan.
Soliqni to‘lash muddatlari deganda soliq to‘lovchilarning davlat
byudjeti
oldida
soliq
majburiyatlarining
bajarish
muddati
ifodalanadi. Soliqni to‘lash muddatlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, ikki xil
ko‘rinishga ega: avans (bo‘nak) to‘lovlari va haqiqiy daromad
olinganidan keyingi to‘lovlar.
Soliq yuki – soliq to‘lovchining muayyan vaqt oralig‘ida to‘lagan
soliqlari yig‘indisini ifodalaydi. Bunda soliq to‘lovchilarning
to‘laydigan barcha soliqlari va soliqsiz majburiy to‘lovlarining
yig‘indisi ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq to‘lovchilar
zimmasiga qancha to‘g‘ri kelganligini
aniqlash ancha murakkab
jarayon hisoblanadi. Biroq to‘g‘ri soliqlarda soliq og‘irligi aynan
soliqni byudjetga hisoblab o‘tkazuvchi soliq to‘lovchilar zimmasiga
tushsa, egri soliqlarda soliq yuki soliqni to‘lovchilar emas, balki
tovar (ish, xizmat)larni iste’mol qiluvchilar zimmasiga tushadi.
Muayyan turdagi yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha soliq
yukining bir yilda byudjetga to‘langan barcha majburiy to‘lovlar
yig‘indisi bilan aniqlash mumkin. Soliq yukining darajasi, o‘z
navbatida, mamlakatning iqtisodiy qudratiga,
inflasiya darajasiga,
davlatning vakolatli funksiyalarni qo‘llashiga, qolaversa, bozor
munosabatlarining rivojlanishiga va
ijtimoiy harakat doirasiga
bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: