479
–
davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya
qilishdan pul mablag‘larining to‘liq va o‘z vaqtida tushishini nazorat
qilishi;
–
masalani hal etish soliq organlari vakolatlari doirasiga kirmay-
digan hollarda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi
faktlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga
topshirishi;
–
o‘z vakolatlari doirasida valyuta
va eksport-import operat-
siyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi
ustidan nazorat qilishi;
–
soliq siriga rioya etishi va uning saqlanishini ta’minlashi;
–
soliq to‘lovchining talabiga binoan soliqlarni to‘lash bo‘yicha
soliq majburiyatining bajarilishi yuzasidan solishtirma dalolatnoma
tuzishi;
–
Soliq kodeksiga muvofiq soliq qarzi summasini so‘zsiz
undirishi;
–
yuridik
va jismoniy shaxslarni, shu jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi
norezidentlarini
hisobga
olishi,
ularga
soliq
to‘lovchilarning identifikatsiya raqamini berishi hamda bu haqda
statistika va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi
organlarga rasmiy ravishda
ma’lum qilishi;
–
soliq to‘lovchining talabiga binoan uning soliq organlarida
hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani berishi;
–
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari
yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining yozma
tushuntirishlariga amal qilishi shart.
–
Soliq organlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: