Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

4. Soliq hisoboti 
Soliq hisoboti soliq to‘lovchining soliq va boshqa majburiy 
to‘lovning har bir turi bo‘yicha yoki to‘langan daromadlar bo‘yicha 
hisob-kitoblar hamda soliq deklarasiyalarini, shuningdek hisob- 
kitoblarga va soliq deklarasiyalariga doir ilovalarni o‘z ichiga 
oladigan hujjatidir.
Soliq deklaratsiyasi – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining 
to‘lov manbaida soliq solinmagan mulkiy daromad, fan, adabiyot va 
san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun 
mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlari, ikkita yoki undan 
ko‘p manbadan olingan daromadlar va O‘zbekiston Respublikasi 
hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari uchun 
soliq to‘lash haqidagi yozma talabnomasidir. Deklaratsiya soliq 
to‘lovchining olingan yillik daromadi to‘g‘risidagi yozma arizasidan 
iborat bo‘ladi. 
Soliq to‘lovchilar daromadlar bo‘yicha jami yillik daromad 
to‘g‘risidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi davlat soliq 
xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan 
kechiktirmay taqdim etadi. Jismoniy shaxslar - O‘zbekiston Respub- 
likasining rezidentlari daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning 
ma’lumotlari asosida hisoblab chiqarilgan, jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘ini o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1 
iyunidan kechiktirmay to‘laydilar. 
Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan Soliq kodeksida 
belgilangan muddatlarda taqdim etiladi. Soliq hisoboti soliq to‘lovchi 
hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim 
etiladi. Ayrim turdagi soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti ham Soliq 
kodeksida nazarda tutilgan hollarda obyektlar bo‘yicha hisobga 
qo‘yilgan joy bo‘yicha soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etiladi. 
Jismoniy shaxslar soliq deklaratsiyasini yashash joyidagi davlat 
soliq xizmati organiga taqdim etadilar. 
Soliq to‘lovchilar soliq hisobotini o‘z xohishlariga ko‘ra 
quyidagicha taqdim etishlari mumkin: 

shaxsan olib borib berish tartibida; 

pochta orqali buyurtma xat bilan; 


482 

telekommunikasiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin