Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


 Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

 
2. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati
Soliq to‘lovchining muayyan soliq yoki boshqa majburiy 
to‘lovni to‘lash, shuningdek, Soliq kodeksida nazarda tutilgan 
holatlar bo‘lgan taqdirda, mavjud soliq qarzini uzish majburiyati 


475 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati deb 
hisoblanadi. 
Soliq to‘lovchilar: 
belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq 
hajmda hisoblab chiqarishi va to‘lashi; 
hujjatlarni ko‘rib chiqish yoki tushuntirishlar berish zaruriyati 
to‘g‘risida chaqiruv xatini olganida soliq organiga kelishi; 
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga 
hisobvaraq-fakturalarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan 
boshqa hujjatlarni berishi; 
soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining 
mansabdor shaxslariga soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun 
asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek, elektron 
manbalarda 
saqlanadigan 
tegishli 
axborot 
bilan 
tanishish 
imkoniyatini ta’minlashi; 
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonuniy 
talablarini bajarishi, ko‘rsatilgan organlarning va ular mansabdor 
shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi; 
agar soliq kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
bo‘lsa, soliq hisobotlarining va soliqlarni hisoblab chiqarish hamda 
to‘lash uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarning tegishli soliqlarni 
to‘lash uchun belgilangan kalendar yildan keyingi besh yil 
mobaynida but saqlanishini ta’minlashi;
o‘zi soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi soliq organlarini 
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslaridagi va chet el yuridik 
shaxslaridagi ishtiroki to‘g‘risida, agar ustav fondidagi (ustav 
kapitalidagi) ulushi 10 foizdan ortiq bo‘lsa, xabardor etishi shart.
Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar ushbu moddaning 
birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, o‘zlari 
hisobga olingan joydagi soliq organlariga o‘zlarining barcha alohida 
bo‘linmalari to‘g‘risida va alohida bo‘linmalarga oid ilgari xabar 
qilingan ma’lumotlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida alohida bo‘linma 
tashkil etilgan yoki mazkur ma’lumotlar o‘zgartirilgan kundan 
e’tiboran bir oy ichida xabar qilishi shart. 
Soliq kodeksi bilan zimmasiga soliq hisobotini elektron 
shaklda taqdim etish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq organlari 


476 
tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga soli-
nadigan munosabatlardagi o‘z vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida 
foydalaniladigan hujjatlarning soliq organidan telekommunikatsiya 
aloqa tarmoqlari orqali elektron shaklda olinishini ta’minlashi kerak.
Soliq kodeksiga muvofiq soliq solish obyekti deb e’tirof 
etiladigan ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan chet el yuridik shaxslari 
ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, 
ko‘chmas mulk obyekti turgan joydagi soliq organiga ushbu chet el 
yuridik shaxsining ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq 
kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda xabar qilishi shart. 
Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari ko‘rsatilgan 
holatlarda o‘z muassislari, benefitsiarlari va boshqaruvchilari haqi-
dagi ma’lumotlarni xabar qilishi kerak. Chet el yuridik shaxsida 
(yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) ushbu 
qismda ko‘rsatilgan bir nechta mol-mulk obyekti mavjud bo‘lgan 
taqdirda, ushbu shaxs tanloviga ko‘ra, xabar mol-mulk 
obyektlarining biri turgan yerdagi soliq organiga taqdim etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali 
tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan soliqlar to‘laydigan soliq 
to‘lovchilar zimmasida O‘zbekiston Respublikasining bojxona 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar ham 
bo‘ladi. 
Soliq to‘lovchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
Har bir shaxs Soliq kodeksida belgilangan soliqlar va unda 
nazarda tutilgan yig‘imlarni to‘lashi shart. 
Hech kimga soliqlar va yig‘imlarning barcha alomatlariga ega 
bo‘lgan, biroq soliq kodeksida nazarda tutilmagan yoxud uning 
normalari buzilgan holda belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lash 
majburiyati yuklatilishi mumkin emas. 
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati soliq 
to‘lovchining hisobvarag‘ida yetarlicha pul mablag‘lari bo‘lgan 
taqdirda, tegishli soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni to‘lash uchun 
bankka to‘lov topshiriqnomasi taqdim etilgan paytdan e’tiboran, 
soliq yoki boshqa majburiy to‘lov naqd pul mablag‘lari bilan 


477 
to‘langanda esa pul so‘mmasi bankka yoki vakolatli organ kassasiga 
topshirilgan paytdan e’tiboran bajarilgan deb hisoblanadi. 
Soliq yoki boshqa majburiy to‘lov so‘mmasini o‘tkazish uchun 
to‘lov topshiriqnomasi soliq to‘lovchi tomonidan chaqirib olingan 
yoki bank tomonidan soliq to‘lovchiga qaytarilgan taqdirda
shuningdek agar soliq to‘lovchi bankka to‘lov topshiriqnomasini 
taqdim etgan paytda bu soliq to‘lovchining hisobvarag‘iga qo‘yilgan, 
qonun hujjatlariga muvofiq birinchi navbatda bajarilishi lozim 
bo‘lgan, bajarilmagan talablar mavjud bo‘lsa hamda soliq to‘lovchi 
barcha talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqda yetarlicha pul 
mablag‘lariga ega bo‘lmasa, soliq yoki boshqa majburiy to‘lov 
to‘langan deb hisoblanmaydi. 
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati Soliq 
kodeksining 22-bobida belgilangan tartibda hisobga olish orqali ham 
bajarilishi mumkin. 
Soliq agentining ushlab qolingan summalarni byudjetga yoki 
davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazishga doir majburiyati ushbu 
moddaning ikkinchi va to‘rtinchi qismlariga muvofiq bajarilgan deb 
hisoblanadi. 
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash milliy valyutada, 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida 
amalga oshiriladi. 
Soliq yoki boshqa majburiy to‘lov so‘mmasi soliq to‘lovchi 
tomonidan soliq kodeksda belgilangan muddatlarda to‘lanadi. Soliq 
kodeksining 9-bobida nazarda tutilgan hollarda soliq to‘lovchiga 
soliq va (yoki) boshqa majburiy to‘lovni, shuningdek, penyani 
to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati 
berilishi mumkin. 
Soliq majburiyatining soliq to‘lovchi tomonidan bajarilmagan- 
ligi yoki Soliq kodeksida belgilangan tartib buzilgan holda 
bajarilganligi unga nisbatan soliq majburiyatining bajarilishini 
ta’minlash choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi. 
Soliq solinadigan bazani hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati 
organlari tomonidan soliq kodeksda belgilangan tartibga muvofiq 
amalga oshirilgan hollarda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni 


478 
to‘lash majburiyati davlat soliq organining yozma talabnomasi 
olingan sanadan e’tiboran yuzaga keladi. 
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek, moliyaviy 
sanksiyalar byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga quyidagi 
tartibda o‘tkaziladi: 

asosiy so‘mma; 

hisoblangan penya; 

jarimalar. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin