485
–
Jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel
yoqilg‘isi va gazni chakana realizatsiya qilish soliq solish obyektidir;
–
Jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel
yoqilg‘isi va gazning natural holidagi
realizatsiya qilingan hajmi
soliq solinadigan bazadir.
Ushbu soliq bo‘yicha soliq davri quyidagilardir:
–
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun - yil choragi;
–
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan
soliq to‘lovchilar uchun - bir oy.
2. Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel
yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkasi,
soliqni hisoblash va byudjetga to‘lash tartibi
Jismoniy shaxslardan
transport vositalariga benzin, dizel
yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning 2020- yilgi
chegaralangan stavkalari quyidagicha belgilangan:
Jismoniy shaxslardan transport
vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz
ishlatganlik uchun olinadigan soliq
Soliq stavkasi
(so‘mda)
benzin
1 litr uchun 285 so‘m /
378480 so’m 1 tonna
uchun
dizel yoqilg‘isi
1 litr uchun 285 so‘m /
346275 so’m 1 tonna
uchun
suyultirilgan gaz
1 litr uchun 285 so‘m /
540645 so’m 1 tonna
uchun
siqilgan gaz
1 kub. metr uchun
435 so‘m
Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va
soliq to‘lash tartibi:
486
Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel
yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun
olinadigan soliq soliq
solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda
hisoblab chiqariladi.
Soliq so‘mmasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
N = V x St,
bu yerda
N - hisoblab yozilgan soliq;
V - jismoniy shaxslarga sotilayotgan benzin, dizel yonilg‘isi yoki
gazning natural ifodadagi hajmi;
St – soliq stavkasi.
Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel
yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq so‘mmasi
chakana narxga qo‘shimcha
ravishda belgilanadi, sotib oluvchiga
beriladigan chekda alohida qatorda ko‘rsatiladi
hamda jismoniy
shaxslardan realizatsiya qilinayotgan benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz
uchun mablag‘larni olish bilan bir vaqtda undiriladi.
Dostları ilə paylaş: