Bevosita soliqlar (
прямые налоги/direct taxes )– soliq to‘lovchi
tomonidan bevosita to‘lanadigan soliqlar.
Byudjet (
бюджет /
budget ) – 1) qonunchilik yo‘li bilan
tasdiqlangan va muayyan muddatga mo‘ljallangan davlat daromadlari va
xarajatlari ro‘yxati; 2) davlat, korxona yoki fuqaro- ning muayyan
davrdagi kutilayotgan daromadlari va xarajatlari. Davlat byudjet
daromadlarining asosiy manbai soliqlar sanaladi.
Byudjetdan tashqari fondlar (внебюджетные фонды/ Off-budget funds) – bu davlat hukumati va mahalliy hokimiyatlarning
byudjet ga kiritilmaydigan xarajatlarni moliyalashtirish bilan bog‘liq
bo‘lgan mablag‘lar.
Byudjet daromadlari (бюджетные доходы/Budgetary incomes) – qonunchilikda belgilangan tartibga binoan davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlari, shu jumladan, mahalliy organlar, ixtiyoriga
beg‘araz va qaytarib bermaslik shartlari bo‘yicha kelib tushayotgan pul
mablag‘ lari.
Byudjet dotatsiyalari (бюджетные дотация/Budgetary grants ) – o‘z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi boshqa mablag‘lar
yetishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlari
o‘rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga
qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.
Byudjet jarayoni (бюджетный процесс/Budgetary process ) –
hokimiyat ijro va vakillik organlarining fiskal siyosatini ishlab chiqish va
amalga oshirish va byudjet tizimini boshqarish faoliyatining majmui.
Byudjet yili (бюджетный год/Budgetary years ) – davlat ini
tuzish, tasdiqlash va ijro qilish yuzasidan qonunchilik yo‘li bilan
belgilangan yillik muddat.