Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


 Bank muassasalarining soliqlar va boshqa majburiy



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

4. Bank muassasalarining soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni o‘tkazishga doir majburiyatlari 
Soliq majburiyatini bajarish muddatlari o‘zgargan taqdirda va 
Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda soliqni to‘lash 
majburiyati bank kafolati bilan ta’minlanishi mumkin.
Agar soliq to‘lovchi to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summalarini 
va tegishli penyalarni belgilangan muddatda to‘lamasa, bank kafolati 
tufayli bank (kafolat beruvchi) soliq organlari oldida soliq 
to‘lovchining soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatini to‘liq hajmda 
bajarish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Bank kafolati quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
1) kafolat qaytarib olinmaydigan va boshqa shaxsga 
o‘tkazilmaydigan bo‘lishi kerak; 


459 
2) kafolatda soliq organi tomonidan kafolat beruvchiga ushbu 
moddada nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishga doir 
ko‘rsatma bo‘lishi mumkin emas; 
3) amal qilish muddati, agar soliq kodeksda boshqacha qoida 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi tomonidan bank kafolati 
bilan ta’minlangan soliq to‘lash majburiyatini bajarishning 
belgilangan muddati o‘tadigan kundan e’tiboran kamida olti oydan 
keyin tugashi kerak; 
4) qaysi summaga berilgan bo‘lsa, o‘sha summa kafolat beruv-
chi tomonidan soliq to‘lovchining soliqni va tegishli penyalarni to‘lash 
bo‘yicha majburiyati, agar soliq kodeksda boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, to‘liq hajmda bajarilishini ta’minlashi kerak; 
5) kafolat beruvchi tomonidan ushbu bank kafolati bo‘yicha 
pul summasini to‘lash to‘g‘risidagi talabnoma belgilangan muddatda 
bajarilmagan taqdirda, soliq organi tomonidan to‘lash majburiyati 
bank kafolati bilan ta’minlangan summalarni kafolat beruvchidan 
undirish choralari qo‘llanilishini nazarda tutishi kerak. 
Kafolat beruvchidan undirish, agar soliq organining mazkur 
talabnomasi kafolat beruvchiga bank kafolatining amal qilish 
muddati tugagunga qadar yuborilgan bo‘lsa, soliq kodeksning 121 va 
123-moddalarida nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda 
amalga oshiriladi. 
Soliq to‘lovchi tomonidan soliqni to‘lash bo‘yicha majbu-
riyatning bajarilishi bank kafolati bilan ta’minlangan soliq belgilan-
gan muddatda to‘lanmagan yoki to‘liq to‘lanmagan taqdirda, soliq 
organi soliqni to‘lash to‘g‘risidagi talabnomani bajarish muddati 
tugagan kundan e’tiboran besh kun ichida kafolat beruvchiga bank 
kafolati bo‘yicha pul summasini to‘lash haqida talabnoma yuboradi. 
Bank kafolati bo‘yicha majburiyat kafolat beruvchi tomonidan 
u bank kafolati bo‘yicha pul summasini to‘lash to‘g‘risida talabnoma 
olgan kundan e’tiboran besh kun ichida bajarilishi lozim. 
Kafolat beruvchi soliq organiga bank kafolati bo‘yicha pul 
summasini to‘lash to‘g‘risidagi talabnomani qanoatlantirishni rad 
etishga haqli emas (bundan bank kafolati berilgan muddat tugaga-
nidan keyin kafolat beruvchiga talabnoma taqdim etilgan hollar 
mustasno). 


460 
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar penyalar va jari-
malarni to‘lash bo‘yicha majburiyatning bajarilishini ta’minlovchi 
bank kafolatlariga nisbatan ham qo‘llaniladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
belgilanadigan tartibda va shartlarda O‘zbekiston Respublikasining 
yuridik shaxsi yoki chet el yuridik shaxsi tomonidan soliqni to‘lash 
majburiyati xalqaro reyting agentliklarining yuqori reytingiga ega 
bo‘lgan chet el bankining bank kafolati bilan ta’minlanishi mumkin. 
Chet el bankining bunday kafolati ushbu modda uchinchi qismining 
1- 4-bandlarida nazarda tutilgan talablarga mos bo‘lishi kerak. 
Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari 
bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq 
organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan o‘n kundan ko‘p 
bo‘lmagan muddatga qabul qilinishi mumkin. Soliq to‘lovchining 
(soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni 
o‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq 
organining iltimosnomasiga asosan sud tomonidan qabul qilinishi 
mumkin. Bunda soliq to‘lovchining (soliq agentining) bank 
hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari sud tomonidan qaror qabul 
qilingunga qadar to‘xtatib turiladi. 
Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari 
bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror elektron 
shaklda soliq organi tomonidan bankka yuboriladi. Bir vaqtning 
o‘zida soliq organi tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga 
uning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatib 
turilishi to‘g‘risida xabarnoma buning sabablarini ko‘rsatgan holda 
yuboriladi. 
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankdagi 
hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish soliq organi 
tomonidan mazkur soliq to‘lovchilarning (soliq agentlarining) soliq 
majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun quyidagi hollarda 
qo‘llanilishi mumkin: 
1) ushbu soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq 
organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim 
etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n kun ichida 
taqdim etilmaganda; 


461 
2) soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organining 
kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomasiga 
tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim 
etilmaganda, shuningdek, soliq to‘lovchi tomonidan soliq organi 
talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda; 
3) soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining 
mansabdor shaxslarini ko‘rsatilgan hududga yoki binoga (bundan 
turar joylar mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilishda. Soliq organi 
mansabdor shaxsining kirishiga to‘sqinlik qilinishi uning o‘zi va 
tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan 
rasmiylashtiriladi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi 
bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turadi; 
4) soliq to‘lovchining (soliq agentining) o‘zi ko‘rsatgan 
manzilda yo‘qligida. 
Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraq 
bo‘yicha operatsiyalarning to‘xtatib turilishi banklar tomonidan soliq 
to‘lovchining (soliq agentining) barcha hisobvaraqlari bo‘yicha 
barcha chiqim operatsiyalari to‘xtatib turilishini anglatadi. 
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhining 
mas’ul ishtirokchisi tomonidan soliq hisoboti bunday hisobotni 
taqdim etishning belgilangan muddati o‘tgach o‘n kun ichida taqdim 
etilmagan taqdirda, bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni 
to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror mas’ul ishtirokchining yoki ushbu 
konsolidatsiyalashgan guruh barcha ishtirokchilarining operatsiya-
lariga nisbatan soliq organi rahbari (uning o‘rinbosari) tomonidan 
qabul qilinishi mumkin. 
Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraq 
bo‘yicha operatsiyalarning to‘xtatib turilishi fuqarolik qonun hujjat-
lariga muvofiq birinchi navbatda ko‘rsatilgan to‘lovlarga, shuning-
dek qonun hujjatlariga muvofiq undiruvga yo‘l qo‘yilmaydigan 
banklardagi hisobvaraqlarga tatbiq etilmaydi.
Soliq to‘lovchining (soliq agentining) banklardagi hisobva-
raqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror 
quyidagilar asosida qaror qabul qilingan taqdirda bekor qilinadi: 
1) Soliq kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 1-bandi 
asosida – soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan moliyaviy va 


462 
(yoki) soliq hisoboti taqdim etilgan kundan keyin bir kundan 
kechirtirmasdan; 
2) Soliq kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 2-bandi 
asosida – soliq organining talabiga javoban hujjatlar, tushuntirishlar 
va (yoki) tuzatishlar taqdim etilgan kuni; 
3) Soliq kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 3-bandi asosida 
– soliq organining tekshiruv o‘tkazayotgan mansabdor shaxslariga kirish 
huquqi berilgan kundan keyin bir kundan kechiktirmay; 
4) Soliq kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 4-bandi 
asosida – soliq to‘lovchining (soliq agentining) u ma’lum qilgan 
manzilida yo‘qligining asosliligi soliq organi tomonidan e’tirof 
etilgan kundan keyin bir kundan kechiktirmay.
Soliq to‘lovchi (soliq agenti) boshqa soliq organida hisobga 
qo‘yilganda, agar hisobda turish joyi o‘zgarganligi haqidagi 
ma’lumotlar oldingi hisobda turish joyidagi soliq organiga ma’lum 
bo‘lmasa, shuningdek, texnik xatolar yuz berganda va boshqa shu 
kabi hollarda soliq to‘lovchining hisobga olingan joyda yo‘qligi 
asosli deb e’tirof etilishi mumkin. 
Soliq to‘lovchining (soliq agentining) uning filiali yoki alohida 
bo‘linmasi hisobda turgan joyda yoxud soliq solish obyekti 
hisoblangan mulki joylashgan yerda yo‘qligi, xususan filial yoki 
alohida bo‘linma tugatilgan yoki ko‘rsatilgan mulk realizatsiya 
qilingan taqdirda asosli deb e’tirof etilishi mumkin. 
Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari 
bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishni bekor qilish to‘g‘risidagi 
qaror bankka elektron shaklda bunday qaror qabul qilingan kundan 
keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi. 
Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari 
bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish va to‘xtatib turishni bekor qilish 
to‘g‘risidagi soliq organining qarorlarini bankka elektron shaklda yubo-
rish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilaydi. 
Soliq organi tomonidan soliq to‘lovchining (soliq agentining) 
bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish 
to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish muddati yoki bunday qarorni 
bankka yuborish muddati buzilgan taqdirda to‘xtatib turish rejimi 


463 
amal qilgan pul mablag‘lari summasiga foizlar hisoblanadi, bu foizlar 
soliq organi tomonidan soliq to‘lovchiga (soliq agentiga) muddat 
buzilgan har bir kalendar kun uchun to‘lanishi lozim. 
Agar soliq organi soliq to‘lovchining (soliq agentining) 
hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida 
noqonuniy qaror chiqargan bo‘lsa, to‘xtatib turish rejimi amal qilgan pul 
mablag‘lari summasiga nisbatan bank soliq to‘lovchining (soliq 
agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib 
turish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran to uni bekor qilish 
to‘g‘risidagi qarorni olgunga qadar har bir kalendar kun uchun ushbu 
soliq to‘lovchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan foizlar hisoblanadi.
Ushbu moddaning oltinchi va yettinchi qismlarida ko‘rsatilgan 
hollarda, foiz stavkasi soliq to‘lovchining (soliq agentining) 
bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar noqonuniy to‘xtatib 
turilgan, soliq organi soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi 
hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi 
qarorni bekor qilish yoki soliq to‘lovchining (soliq agentining) 
bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishni 
bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni bankka yuborish muddatini buzgan 
kunlarda amal qilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
qayta moliyalashtirish stavkasiga teng etib qabul qilinadi. 
Soliq organining soliq to‘lovchining (soliq agentining) 
bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish 
to‘g‘risidagi qarori bank tomonidan so‘zsiz bajarilishi lozim. 
Soliq organining qaroriga ko‘ra hisobvaraqlar bo‘yicha 
operatsiyalar to‘xtatib turilishi oqibatida soliq to‘lovchi (soliq agenti) 
ko‘rgan zarar uchun bank javobgar bo‘lmaydi. 
Agar Soliq kodeksining 111-moddasi birinchi qismida bosh-
qacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchining (soliq 
agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xta-
tib turish bank soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha 
operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida soliq organining qarorini 
olgan kundan e’tiboran, to soliq organining ushbu to‘xtatib turishni 
bekor qilish to‘g‘risidagi qarori olinadigan kunga qadar amal qiladi. 
Soliq to‘lovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari bo‘yicha 
operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror bankka elektron 


464 
shaklda yuborilganda, bank tomonidan ushbu qaror olingan sana va 
vaqtni belgilash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan 
kelishilgan holda belgilanadi.
Agar soliq to‘lovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari 
bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror qabul 
qilinganidan so‘ng soliq to‘lovchining (soliq agentining) nomi va (yoki) 
uning soliq organining ushbu qaroriga muvofiq operatsiyalar to‘xtatib 
turilgan bankdagi hisobvarag‘i rekvizitlari o‘zgarsa, mazkur qaror bank 
tomonidan o‘z nomini o‘zgartirgan soliq to‘lovchiga (soliq agentiga) va 
rekvizitlari o‘zgartirilgan hisobvaraqqa nisbatan ijro etilishi shart. 
Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari 
bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida soliq organi yoki 
sudning qarorini olganidan keyin banklar ushbu soliq to‘lovchiga 
(soliq agentiga) yangi hisobvaraqlar, omonatlar va depozitlar 
ochishga haqli emas, bundan qonun hujjatlariga muvofiq undiruv 
yo‘l qo‘yilmaydigan hisobvaraqlar mustasno. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin