3.Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq
to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq to‘lovchilar deb
yuritiladi) deb quyidagilar e’tirof etiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi hududida Soliq kodeksining
411-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti hisoblanuvchi
mol-mulkka ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
2) O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘chmas mulkka ega
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik
shaxslar.
Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash-
ning imkoni bo‘lmasa, ushbu mulkka egalik qiluvchi va (yoki) undan
foydalanuvchi shaxs soliq to‘lovchi hisoblanadi.
Agar yuridik shaxs ko‘chmas mulkni moliyaviy ijaraga (lizing)
olgan bo‘lsa, u ham soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.
Ko‘chmas mulk yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan
soliq (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish
obyekti hisoblanadi.
Ko‘chmas mulk jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar
va inshootlar;
2) qurilishi tugallanmagan obyektlar. Qurilishi tugallanmagan
obyektlarga qurilish obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida
belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar,
agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu
obyektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi
olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallan-
magan obyektlar kiradi;
3) temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish
liniyalari, shuningdek, mazkur obyektlarning ajralmas texnologik
qismi bo‘lgan inshootlar;
448
4) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida
keyinchalik sotish uchun ko‘rsatilgan turar joy ko‘chmas mulk
obyektlari, ko‘chmas mulk obyekti foydalanishga topshirilgandan
keyin olti oy o‘tgach.
Quyidagi ko‘chmas mulk obyektlari soliq solish obyekti
hisoblanmaydi:
1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyatini amalga
oshirish doirasida foydalaniladigan obyektlar;
2) turar joy-kommunal xo‘jaligining va belgilangan maqsadi
bo‘yicha foydalaniladigan boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik
shahar xo‘jaligi obyektlari. Turar joy-kommunal va boshqa umum-
fuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo‘jaliklari obyektlari jumlasiga
shaharlar va shaharchalarni sanitariya tozalash, obodonlashtirish va
ko‘kalamzorlashtirish obyektlari, tashqi yoritish, kommunal-maishiy
ehtiyojlar uchun va aholiga vodoprovod (suv olish va tozalash
inshootlari bilan), kanalizatsiya (tozalash inshootlari bilan), gaz,
qozonxonalar va issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlar (ularning
inshootlari bilan), shuningdek, turar joy-kommunal xo‘jaligi
obyektlariga texnik jihatdan xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash
uchun mo‘ljallangan binolar kiradi;
3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari;
4) sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari;
5) soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik
faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik
ahamiyatiga molik obyektlar;
6) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari,
yong‘in xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlar. Obyektlarni
tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yong‘in
xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlar jumlasiga kiritish
tegishli ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoki yong‘in
xavfsizligi organining ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi;
7) yer uchastkalari.
Soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi quyidagilarning
o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o‘rtacha yillik qiymatiga) kamayti-
riladi:
449
1) madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy
tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot obyektlarining;
2) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun,
shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq
xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan mol-mulkning.
Quyidagilar soliqdan ozod qilinadi:
1) yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat
birlashmalari bo‘lgan va xodimlarining umumiy sonida nogironligi
bo‘lgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan hamda nogironligi
bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq
to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik
shaxslar;
2) qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal
quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun qayta
tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar,
ular foydalanishga joriy etilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga.
Soliq stavkasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo‘lsa, 2 foiz miqdorida belgilanadi.
Agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazar-
da tutilmagan bo‘lsa, qurilishi normativ muddatda tugallanmagan
obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 4 foiz miqdorida belgilanadi.
Bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish
maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek
tugallanmagan qurilish obyektlariga nisbatan qonun hujjatlarida
oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo‘li bilan ta’sir choralari
qo‘llanilishi mumkin hamda soliq kodeksning 414-moddasida
ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari ularga tatbiq etilmaydi.
Soliq stavkasi quyidagilarga nisbatan 0,2 foiz miqdorida
belgilanadi:
1) umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, magistral quvurlar,
aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning
ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar;
2) konservatsiya qilinishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan ko‘chmas mulk va
tugallanmagan qurilish obyektlari.
450
Soliq to‘lovchilar soliqni Soliq kodeksining 412-moddasiga
muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan
kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi.
Soliq hisoboti soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq
organiga yilda bir marta, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan
muddatda taqdim etiladi, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari
bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan esa soliq hisoboti davridan
keyingi yilning 15-fevraliga qadar bo‘lgan muddatda taqdim etiladi.
Agar ko‘chmas mulk, Soliq kodeksini 411-moddasining ikkinchi
qismi
3-bandida
ko‘rsatilgan obyektlardan tashqari, soliq
to‘lovchining soliq bo‘yicha hisobga olish joyida joylashmagan
bo‘lsa, soliq hisoboti ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi soliq
organlariga taqdim etiladi.
Soliq davri mobaynida soliq to‘lovchilar (bundan O‘zbekiston
Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga
oshirmaydigan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan
yuridik shaxslar mustasno) soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarni to‘laydi.
Bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq
to‘lovchilar joriy soliq davrining 10-yanvarigacha, yangi tashkil
qilinganlari esa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz
kundan kechiktirmay soliq organlariga mo‘ljallanayotgan soliq
bazasidan (tegishli yil uchun mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq
qiymatidan (o‘rtacha yillik qiymatidan) va tegishli soliq stavkasidan
kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi
to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Soliq bo‘yicha
majburiyatlari soliq davri mobaynida yuzaga kelgan soliq to‘lovchilar
soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq majburiyati yuzaga
kelgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq hisoblab
chiqarilgan bo‘nak to‘lovlar quyidagicha to‘lanadi:
aylanmadan soliq to‘lovchilar tomonidan – yillik soliq
summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida yilning har choragi
uchinchi oyining 10-kunidan kechiktirmay;
aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq
to‘lovchilar tomonidan – yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir
qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay.
451
Soliq davri mobaynida mo‘ljallanayotgan soliq bazasi o‘zgargan
taqdirda soliq to‘lovchi soliq summasi to‘g‘risida aniqlashtirilgan
ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan
qismi uchun bo‘nak to‘lovlarga soliqning o‘zgarish summasiga teng
ulushlarda tuzatish kiritiladi.
Soliq davri uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi,
bo‘nak to‘lovlar hisobga olingan holda, soliq hisobotini taqdim etish
muddatidan kechiktirmay budjetga o‘tkaziladi.
Soliq davrida soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar summasi soliq
hisobotida ko‘rsatilgan budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq
summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq kamaytirilgan taqdirda, soliq
organi bo‘nak to‘lovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib,
penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali
amalga oshirmaydigan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari
tomonidan soliq har yili bir marta soliq hisoboti davridan keyingi
yilning 15-fevralidan kechiktirmay to‘lanadi.
Dostları ilə paylaş: |