Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


-MAVZU: YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLAR YER



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

25-MAVZU: YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLAR YER, 
MOL-MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQLAR 
 
Reja: 
1. Yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i 
2. Jismoniy shaxslar undiriladigan mol-mulk solig‘i. 
3. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soliqlari
 
Kalit so‘zlar: 
yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, yuridik shaxslar.
 
Mashg‘ulotning maqsadi:
Yer solig‘i, soliq to‘lovchining 
joylashgan yeridan qat’i nazar, hududida yer uchastkasi joylashgan 
tuman yoki shaharning solig‘iga torilishi haqida tushuncha berish. 
O‘qitish vositalari: 
yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot 
materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: 
darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va 
shu kabilar.
O‘qitish usullari: 
Talabalarni ma’ruza materiallari bilan 
tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob 
berish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini 
qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni 
qo‘shimcha yoritish. 
 
1.
 
Yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i
Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun budjetga to‘lovlar yer 
solig‘i yoki yer uchun ijara to‘lovi tarzda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘is-
ton Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati 
organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to‘lana-
digan ijara to‘lovi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini 
ijaraga olgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan yer 
solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq 
imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish 
va soliqni to‘lash tartibi tatbiq etiladi. 


434 
Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki 
ijara huquqlari asosida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer 
solig‘i to‘laydi. 
O‘z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga 
ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yer solig‘i yoki ijara 
to‘lovchilaridir. 
Soliqqa tortish obyekti. Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish 
yoki ijara huquqlari asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer 
uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining (bundan 
buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir. 
Quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyekti sifatida 
hisoblanmaydi: 
1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyati doirasida 
foydalaniladigan yerlar; 
2) aholi punktlarining, bog‘dorchilik, uzumchilik yoki poliz-
chilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, 
ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, shaxobcha yo‘llar, sug‘orish 
tarmoqlari, kollektorlar, sohil bo‘yi yerlari va boshqa shu kabi 
umumiy foydalanishdagi yerlar); 
3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari egallagan yerlar; 
4) aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam 
olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, istirohat bog‘lari, 
sayilgohlar, xiyobonlar, dam olish uylari, bolalar sog‘lomlashtirish 
oromgohlari, aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish 
uchun belgilangan joylar, shuningdek, ariq tarmoqlari egallagan 
yerlar); 
5) davlat qo‘riqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma 
qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, 
buyurtma qo‘riqxonalarning (bundan ovchilik xo‘jaliklarida tashkil 
etiladigan buyurtma qo‘riqxonalar mustasno), tabiiy pitomniklarning, 
davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog‘larning yerlari;
6) sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar – tegishli 
muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan, 
profilaktika hamda davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy 
shifobaxsh omillarga ega bo‘lgan yer uchastkalari; 


435 
7) rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar – aholining ommaviy 
dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar 
hamda tashkilotlarga berilgan yer uchastkalari; 
8) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar – tegishli 
muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy 
madaniy meros obyektlari, xotira bog‘lari egallagan yer uchastkalari;
9) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda 
postlari egallagan yerlar; 
10) yuridik shaxs balansida bo‘lgan va fuqaro muhofazasi hamda 
safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan obyektlar 
egallagan yerlar; 
11) kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish 
joylari, maishiy chiqindilarni yig‘ish, qaytadan ortish va saralash 
joylari, shuningdek, chiqindilarni zararsizlantirish hamda utilizatsiya 
qilish joylari); 
12) ko‘p kvartirali uylar egallagan yerlar, bundan yashash uchun 
mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer 
uchastkalari mustasno; 
13) suv fondi; 
14) zahiralar. 
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan yer 
uchastkalari xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun foydalanilsa, ular 
ushbu bobda belgilangan tartibda soliq solish obyekti hisoblanadi. 
Yer solig‘i stavkalari qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan 
yerlar bo‘yicha soliq stavkalari 1 gektar uchun mutlaq miqdorda 
belgilanadi. Soliq stavkalarining aniq miqdori O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni bilan belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq 
stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga 
nisbatan 0,95 foiz miqdorda, meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi 
korxonalari uchun meva-sabzavotchilik mahsulotlari egallagan yerlar 
uchun esa — 1 gektar uchun mutlaq miqdorda belgilanadi. 
Quyidagilar egallagan yer uchastkalari uchun soliq stavkasiga 
0,1 koeffitsiyent qo‘llaniladi: 
yagona ishtirokchilari nogironlarning jamoat birlashmalari 
bo‘lgan va xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar 


436 
tashkil etadigan hamda nogironlarning mehnatiga haq to‘lash fondi 
mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil 
etadigan yuridik shaxslar egallagan yerlar; 
elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari 
egallagan yerlar; 
umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, 
tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni 
bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari, 
kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat 
ko‘rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, 
yerga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) 
egallagan yerlar; 
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, shu jumladan, tuproq 
ko‘tarmasi, sun’iy inshootlar, liniya-yo‘l binolari, temir yo‘l aloqasi 
hamda elektr ta’minoti qurilmalari, inshootlar va yo‘l qurilmalaridan 
iborat temir yo‘l stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek, 
belgilangan tartibda temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari 
va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan 
ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan, kompressor, nasos 
stansiyalari, yong‘inga qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, 
quvurlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa ulash 
uzellari bilan, quvurlarni tozalash qurilmalari hamda shunga 
o‘xshash inshootlar band etgan yerlar; 
samolyotlarning uchish-qo‘nish maydonlari, yerda boshqarish 
yo‘lkalari va to‘xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining 
radionavigatsiya va elektr yoritish uskunalari egallagan yerlar; 
O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish Davlat dasturlariga 
kiritilgan obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar — qurilishning 
normativ muddati davrida; 
konservatsiyaga qo‘yilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan 
yerlar — ularning konservatsiyasi davrida. 
Ushbu moddaning uchinchi qismi yuridik shaxslarga belgilangan 
tartibda ajratilgan yer uchastkalariga tatbiq etiladi. 


437 
Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasining, yerdan foydala-
nuvchining yoki ijarachining aybi bilan qishloq xo‘jaligi yerlarining 
sifati yomonlashgan (bonitet bali pasaygan) taqdirda, soliq yuridik 
shaxslar tomonidan yerning sifati yomonlashguniga qadar mavjud 
bo‘lgan bonitent balidan kelib chiqkan holda to‘lanadi. 
Qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yaxshilangan taqdirda (bonitet 
bali oshganda), soliq yuridik shaxslar tomonidan tuproq 
bonitirovkasi o‘tkazilgan yildan keyingi yilning boshidan yangi 
bonitet balidan kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligi yerlarining 
normativ qiymati bo‘yicha, agrotexnik tadbirlar tugagan davrlarda 
qayta hisob-kitob qilinmasdan to‘lanadi.
Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida 
joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq 
qishloq xo‘jaligi yerlari uchun belgilangan soliq stavkalarining ikki 
baravari miqdorida to‘lanadi. 
Qurilishi tugallanmagan obyektlar egallagan yer uchastkalari 
uchun, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan 
bo‘lsa, soliq ikki baravar soliq stavkalari bo‘yicha to‘lanadi. 
Bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish 
maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek, 
qurilishi tugallanmagan obyektlarga nisbatan qonun hujjatlarida 
oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo‘li bilan ta’sir choralari 
qo‘llanilishi mumkin hamda Soliq kodeksining 428-moddasida 
ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari ularga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga ushbu qurilish 
obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ mud-
datda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ 
muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektlarning qurilishiga 
vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran 
yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi.
Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan 
huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda 
foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining to‘rt 
baravari miqdorida belgilanadi. 
Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig'i mulk huquqi, 
egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer 


438 
uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik 
shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari 
jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini soliq to‘lovchilari 
(bundan buyon ushbu bobda soliq to‘lovchi deb yuritiladi) deb e’tirof 
etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqal-
pog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hoki-
miyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun 
to‘lanadigan ijara to‘lovi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchast-
kalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga nisbatan jismoniy 
shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan 
soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish va 
to‘lash tartibi tatbiq etiladi. 
Uy-joy, yashash uchun mo‘ljallanmagan imoratlar va inshootlar 
meros bo‘yicha o‘tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va 
foydalanish huquqi o‘tgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i meros 
qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda 
merosxo‘rlardan undiriladi. 
Quyidagi yer uchastkalari jismoniy shaxslardan olinadigan yer 
solig‘ining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq 
solish obyektidir: 
1) dehqon xo‘jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan 
umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; 
2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib 
qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; 
3) jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish 
uchun berilgan, shuningdek, yakka tartibdagi garajlar egallagan yer 
uchastkalari; 
4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
5) meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida 
uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va 
foydalanish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari;
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib sotib 
olingan yer uchastkalari; 
7) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki 
ijaraga berilgan yer uchastkalari.


439 
Ko‘p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish 
obyekti bo‘lmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining 7-ban-
dida ko‘rsatilganlar va ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash 
uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari mustasno. 
Soliqdan quyidagilar ozod qilinadi: 
1) “O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat 
Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat 
ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz “O‘zbekiston 
Qahramoni” unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet 
Ittifoqi Qahramoni va Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden 
daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘limining ma’lumotnomasi 
asosida beriladi; 
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun 
hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar. 
Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli 
guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo‘limining yoxud boshqa 
vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga 
(qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga 
bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma asosida beriladi; 
3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar. Mazkur imtiyoz 
pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining 
ma’lumotnomasi asosida beriladi; 
4) yolg‘iz pensionyerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari 
bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi 
pensionyerlar yolg‘iz pensionyerlar deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz 
pensiya guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman 
(shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini 
o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi; 
5) boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri 
yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan 
beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida 
boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir. Mazkur imtiyoz 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan 
tashqari pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining 
ma’lumotnomasi asosida beriladi; 


440 
6) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok 
etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan, vaqtin-
cha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar. Mazkur 
imtiyoz tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi, 
nogironligi bo‘lgan shaxsning maxsus guvohnomasi, Chernobil 
AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohno-
masi, shuningdek, vakolatli organlar tomonidan berilgan va imtiyoz-
lar berish uchun asos bo‘ladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi; 
7) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib 
qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan 
foydalanuvchi shaxslar — qayta tiklanadigan energiya manbalari 
o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga. Mazkur imtiyoz 
energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan 
holda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish 
to‘g‘risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan 
ma’lumotnoma asosida beriladi. 
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari, 
bundan 5-bandda ko‘rsatilgani mustasno, yakka tartibdagi uy-joy 
qurilishi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastka-
lariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga 
oshiruvchi organda ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga 
beriladi. Bunda mazkur soliq imtiyozlari soliq to‘lovchining tanlovi 
bo‘yicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin, bundan ushbu 
modda birinchi qismining 7-bandida ko‘rsatilgan shaxslar mustasno. 
Ushbu moddada ko‘rsatilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan 
shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini 
yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda 
taqdim etadi. 
Soliq stavkalari 1 kv.m uchun mutlaq miqdorlarda belgilanadi. 
Soliq stavkalarining aniq miqdori O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni bilan belgilanadi.
Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joyning 
xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar 
Kengashlari belgilangan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo‘lgan 
kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilash huquqiga ega. 


441 
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun 
yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va 
boshqa imoratlar, inshootlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi 
tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning 
mulkida bo‘lgan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk 
obyektlari egallagan yer uchastkalari uchun soliq jismoniy 
shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash 
uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha undiriladi hamda Soliq 
kodeksining 436-moddasida ko‘rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan 
tatbiq etilmaydi. 
Bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish 
maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek 
normativ muddatida qurilishi tugallanmagan obyektlar joylashgan 
yer uchastkalariga nisbatan qonun hujjatlarida oshirilgan soliq 
stavkalarini belgilash yo‘li bilan yuridik shaxslar uchun nazarda 
tutilgan ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin. 
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda 
joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chi-
qarish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq jis-
moniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘lanadi. 
Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyni obodonlashtirish 
uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xo‘ja-
ligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan 
taqdirda soliq uch baravar miqdorda to‘lanadi. 
Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan 
huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda 
foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch 
baravari miqdorida belgilanadi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin