2. Jismoniy shaxslarning undiriladigan mol-mulk solig‘i
Mulkida Soliq kodeksining 419-moddasiga muvofiq soliq solish
obyekti deb tan olinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar, shu
jumladan, chet el fuqarolari, agar O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
shuningdek, yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki etmagan
442
holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan
mol-mulk solig‘ining soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bobda
soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.
Agar mol-mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni
bo‘lmasa, shuningdek, ko‘chmas mulk mulkdori vafot etgan
taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida
bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi
mol-mulk jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining
(bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti
hisoblanadi.
1) uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
2) tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun
mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk
obyektlari;
3) qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan
obyektlar.
Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan
obyektlarga ushbu obyektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida
belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar,
agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu
obyektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi
olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi
tugallanmagan obyektlar kiradi;
4) boshqa imoratlar, binolar va inshootlar.
Quyidagilarning mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod
etiladi:
1) “O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat
Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat
ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning.
Mazkur imtiyoz tegishincha “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni
berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni,
Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa
ishlari bo‘yicha bo‘limning ma’lumotnomasi asosida beriladi;
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun
hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar.
443
Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli
guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning yoxud
boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogi-
ronlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) im-
tiyozlarga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma asosida beriladi;
3) sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy
tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar
organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida
yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki mayib bo‘lganligi
oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok
bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari
xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari).
Ushbu imtiyoz “Halok bo‘lgan askarning beva xotini (beva eri,
onasi, otasi)” yoki “Ichki ishlar organlari halok bo‘lgan xodimining
beva xotini (beva eri, onasi, otasi)” shtampi qo‘yilgan yoxud pensiya
guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu
muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya
guvohnomasi asosida beriladi.
Agar mazkur shaxslar pensioner bo‘lmasa, soliq imtiyozi ularga
sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi yoki
Ichki ishlar vazirligining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi
Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy
gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik
xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va
harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa idoralarning tegishli organlari
tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organlari
xodimining halok bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida
beriladi.
Sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy
tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar
organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida
yoki frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan
harbiy xizmatchilarning yoxud ichki ishlar organlari xodimlarining
beva xotinlariga (beva erlariga) soliq imtiyozi faqat ular yangi
nikohdan o‘tmagan taqdirda beriladi;
444
4) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib
qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan
foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari
o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.
Mazkur imtiyoz energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan
to‘liq uzib qo‘yilgan holda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan
foydalanish to‘g‘risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan
berilgan ma’lumotnoma asosida taqdim etiladi.
Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk
oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:
1) o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining.
Mazkur imtiyoz fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining
bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida beriladi;
2) pensionyerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi
asosida beriladi;
3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning. Mazkur
imtiyoz
pensiya
guvohnomasi
yoki
tibbiy-mehnat
ekspert
komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan soliq imtiyozlariga ega
bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini
tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq
organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
Ushbu moddada belgilangan soliq imtiyozlari mulkdorning
tanloviga ko‘ra faqat bitta yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas
mulk obyektiga tatbiq etiladi, bundan ushbu modda birinchi
qismining 4-bandida ko‘rsatilgan shaxslar mustasno.
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Dostları ilə paylaş: |