652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR
3. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari 2007-yil 1-yanvardan
yalpi daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, tovarlar aylanmasidan
Pensiya jamg‘armasiga, Respublika Yo‘l jamg‘armasiga hamda
Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar
o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-
dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjetining
parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-532-son Qaroriga muvofiq 2007-yil
1-yanvardan boshlab yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tkazildi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sifatida ro‘yxatdan
o‘tkazilgan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar yagona soliq
to‘lovini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran joriy yil
tugaguniga qadar, 1-oktyabrdan keyin ro‘yxatdan o‘tkazilgan
yuridik shaxslar esa keyingi yil tugaguniga qadar to‘laydi.
Agar yuridik shaxslar o‘zi ishlab chiqargan mahsulot bo‘lgan
tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan, ularni mustaqil yuridik
shaxs bo‘lmagan firma do‘konlari orqali realizatsiya qilish; vositachi,
ishonchli vakil tomonidan vositachilik, topshiriq shartnomasi
bo‘yicha tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan, davlat
daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish; tayyorlov
va ta’minot-sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar
tomonidan tovarlarni realizatsiya qilish bilan shug‘ullansa, ular
kelgusi yil boshidan boshlab umumbelgilangan soliqlar to‘lashga
422
o‘tishlari kerak, soliq solish tartibini tanlash huquqi saqlab
qolinadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan,