2. Mikrofirmalar va kichik korxonalarni faoliyatini soliqqa
tortish tartibi
Yagona soliq to‘lovi faqat kichik biznes subyektlari – mikrofir-
malar va kichik korxonalarga tatbiq etiladi.
Ushbu soliqni to‘lovchilar soliq so‘mmasini soliq solinadigan baza
va tasdiqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisob-kitob qiladilar.
Bunda soliq organlariga davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy
ajratmalar bo‘yicha hisob-kitoblar alohida taqdim etilmaydi,
shuningdek, pensiya, yo‘l va maktab ta’limini rivojlantirish
jamg‘armalariga majburiy ajratmalar so‘mmalari alohida to‘lanmaydi.
Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar quyidagilardir:
1) mikrofirmalar va kichik korxonalar, bundan ushbu moddaning
ikkinchi qismida ko‘rsatilganlar mustasno;
2) xodimlarning sonidan qat’i nazar:
–
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;
–
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar;
–
lotoreyalar tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish
doirasidagi yuridik shaxslar.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar(savdo va umumiy ovqat-
lanish korxonalari, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius-
lar, lotoreyalar tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish
doirasidagi yuridik shaxslardan tashqarilari) yagona soliq to‘lovini
to‘lashni nazarda tutadigan soliq solishning soddalashtirilgan
tartibini yoki umumbelgilangan soliqlar to‘lashni tanlashga haqli.
Faoliyat ko‘rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar
yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tish uchun keyingi hisobot davri
boshlanishiga kamida bir oy qolganda, yangi tashkil etilgan
mikrofirmalar va kichik korxonalar esa, davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmasdan soliq
bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini yagona
soliq to‘lovini to‘lashga o‘tishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma
ravishda xabardor etadi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovini
to‘lashdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda hisobot davri
416
tugaganidan so‘ng o‘n kun ichida davlat soliq xizmati organlariga
taqdim qilinadigan yozma bildirish asosida keyingi hisobot davridan
boshlab umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tadi.
Hisobot yili tugashi bilan soliq kodeksining 350-moddasi
uchinchi qismiga muvofiq belgilangan xodimlar soni mezoniga mos
kelmaydigan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar davlat soliq xizmati
organlariga yillik moliyaviy hisobot taqdim etish muddatidan
kechiktirmay taqdim etiladigan yozma bildirish asosida keyingi
hisobot yilidan boshlab umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tadi.
Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha qayta hisob-kitob o‘tkazish uchun
yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar yil yakunlari bo‘yicha yagona
soliq to‘lovi hisob-kitobini taqdim etish muddatidan kechiktirmay
soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga
quyidagilarni taqdim etadilar:
–
Soliq kodeksida nazarda tutilgan shaklda va tartibda umum-
belgilangan soliqlarning har bir turi bo‘yicha hisob-kitoblarni;
–
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan
belgilangan shaklda hisoblab chiqarilgan umumbelgilangan soliqlar
so‘mmasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadilar.
Umumbelgilangan soliqlar so‘mmasi hisoblangan yagona soliq
to‘lovi summasidan oshib ketgan taqdirda oshgan so‘mma byudjetga
to‘lanishi lozim.
Hisoblangan yagona soliq to‘lovi summasi umumbelgilangan
soliqlar summasidan oshib ketgan taqdirda, byudjet bilan qayta
hisob-kitoblar amalga oshirilmaydi.
Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha qayta hisob-kitob o‘tkazish
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchilar bilan tegishli qayta
hisob-kitoblarsiz amalga oshiriladi.
Agar ushbu modda oltinchi qismining ikkinchi va uchinchi
xatboshilarida ko‘rsatilgan hisob-kitoblar va ma’lumotnoma:
–
yil yakunlari bo‘yicha yagona soliq to‘lovi hisob-kitobini
taqdim etish muddatidan kechiktirmay taqdim etilsa, moliyaviy
sanksiyalar qo‘llanilmaydi;
–
yil yakunlari bo‘yicha yagona soliq to‘lovi hisob-kitobini
taqdim etish muddatidan kechiktirib taqdim etilsa, qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan tartibda moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.
417
Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq obyekti yalpi tushum
hisoblanadi.
Amaldagi soliq kodeksiga muvofiq soliq solish maqsadida yalpi
tushum tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
–
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qo‘shilgan qiymat solig‘ini
chegirgan holda (qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tgan soliq
to‘lovchilar uchun) realizatsiya qilishdan tushgan tushum.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan
tushum deganda quyidagilar tushuniladi:
–
qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-
sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun – o‘z
kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj,
ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy
-tadqiqot ishlarini realizatsiya qilishdan tushgan tushum;
–
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun – tovar
oboroti;
–
mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik
shaxslar uchun moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foizli daromad
summasi;
–
vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik
xizmatlari
ko‘rsatishga
oid boshqa shartnomalar bo‘yicha
vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik shaxslar uchun
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul mukofoti summasi;
–
tayyorlov, ta’minot-sotish tashkilotlari uchun realizatsiya
qilingan tovarlarning xarid qiymati bilan sotish qiymati o‘rtasidagi
farq sifatida hisoblab chiqarilgan yalpi daromad;
–
lotoreya o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga
oshirish doirasida yuridik shaxslar uchun o‘yin chiptalarini ularda
ko‘rsatilgan narx bo‘yicha tarqatishdan tushgan tushum;
–
boshqa daromadlar.
Soliq bazasi. Yuqorida keltirilganlar bo‘yicha hosil qilingan yalpi
tushumdan manbalaridan quyidagilar chegirib tashlangan holda
hisoblab chiqarilgan yalpi tushum soliq solinadigan bazadir:
1) davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar;
2) to‘lov manbaida soliq solinadigan dividendlar va foizlar
tariqasida olingan daromadlar;
418
3) dividendlar tariqasida olingan va qaysi yuridik shaxsdan
olingan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav
kapitaliga) yo‘naltirilgan daromadlar. Muassislar (ishtirokchilar)
tarkibidan chiqilayotganda (chiqib ketganda) yoxud tugatilayotgan
yuridik shaxsning mol-mulki imtiyoz qo‘llanilganidan so‘ng bir yil
ichida uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanganda ilgari soliq
solinadigan bazadan chegirilgan daromadlarga to‘lov manbaida
umumiy asoslarda soliq solinadi;
4) hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlar.
Mazkur daromadlarga ular qaysi davrda paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha
davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar bo‘yicha o‘tkazilgan hisob-kitoblar inobatga olingan holda
soliq solinishi kerak;
5) ko‘p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning
qiymati tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) realizatsiya qilishdan
olingan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo‘lsa;
6) mahsulot yetkazib beruvchilarning siylovi (skidka) tariqasida
va asosiy vositalarni tugatish (hisobdan chiqarish) natijasida olingan
boshqa daromadlar.
Soliq solinadigan baza ushbu moddaning birinchi qismida
nazarda tutilgan chegirmalardan tashqari quyidagilar uchun
kamaytiriladi:
1) avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun:
jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel
yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq so‘mmasiga;
benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning avtomobillarga yoqilg‘i
quyish shoxobchalarining belgilangan eng yuqori ustamadan
oshadigan chakana narxi bilan olish narxi o‘rtasidagi mahalliy
byudjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan farq so‘mmasiga;
2) lotoreya o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga
oshirish doirasida yuridik shaxslar uchun – yutuq (mukofot)
fondining summasiga, biroq tarqatilgan chiptalarga chiqqan
yutuqlarning (mukofotlarning) umumiy summasidan ortiq bo‘lmagan
miqdoriga;
3) brokerlik tashkilotlari uchun – bitim summasidan birjaga
o‘tkaziladigan vositachilik yig‘imi so‘mmasiga;
419
4) vositachilik, topshiriq shartnomasi bo‘yicha vositachilik
xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun – realizatsiya qilingan
tovar ulushida tovarlarni import qilishda to‘langan bojxona to‘lovlari
summasiga.
Dostları ilə paylaş: |