3. Jismoniy shaxslar daromad solig‘ini deklaratsiya bo‘yicha
to‘lash
Deklaratsiya
asosida
soliq
solinadigan
daromadlarga
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning
quyidagi daromadlari kiradi:
396
mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu
daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;
ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda
ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan
daromadlar;
moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq
agentida soliq solinmagan bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalar-
dan olingan daromadlar;
soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;
Soliq kodeksi 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan
jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan
jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash
tartibi tanlanganda;
soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solina-
digan boshqa daromadlar.
Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya, agar soliq
to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlaridan
soliq uning arizasi bo‘yicha ushlab qolingan bo‘lsa taqdim
qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi
xatboshisida ko‘rsatilgan daromadlar mustasno.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yoki joriy
yilning 1-apreligacha rezidentga aylangan chet el jismoniy shaxsi,
ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalaridan qat’i
nazar, Soliq kodeksining 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda va
muddatlarda jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim
etadi.
Soliq kodeksi 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan
jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq
to‘laydigan soliq to‘lovchilar daromadlarni olish bilan bog‘liq
bo‘lgan daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart hamda
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan
haqiqatda amalga oshirilgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan
xarajatlarni daromaddan chegirib tashlash huquqiga ega. Bunda soliq
to‘lovchilarning Soliq kodeksi 385-moddasining uchinchi qismida
ko‘rsatilgan jami daromadi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya
397
qilinishidan olingan daromadlardan, shuningdek, Soliq kodeksining
370-moddasida ko‘rsatilgan boshqa daromadlardan iborat.
Ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda
ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tarzida daromad
oluvchi soliq to‘lovchilar bunday faoliyatni yakka tartibdagi
tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda amalga oshirish
huquqiga ega.
Ushbu moddaga muvofiq daromadlariga soliq solinadigan
soliq to‘lovchilar soliqni soliq organining yozma xabarnomasi
asosida to‘laydi.
ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan
foydalanganlik uchun mualliflik haqi olayotgan soliq to‘lovchi
daromadlar olish bilan bog‘liq daromadlar va xarajatlar hisobini
yuritishi shart hamda u ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq
bo‘lgan, haqiqatda sarflangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajat-
larni daromaddan chegirish huquqiga ega, lekin chegirma olingan jami
daromad summasining 30 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan
xarajatlarga quyidagilar kiradi:
ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish hamda ulardan
foydalanish uchun zarur materiallar sotib olishga doir xarajatlar;
faqat ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish, nashr
qilish, ijro etish yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanish maq-
sadida foydalaniladigan bino va mol-mulk ijarasiga doir xarajatlar.
Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya soliq
to‘lovchining olingan yillik daromadi to‘g‘risidagi yozma arizasidan
iborat bo‘ladi.
Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga to‘langan
daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari to‘g‘risida soliq
agentining O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomoni-
dan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan
holda tasdiqlangan shakldagi ma’lumotnomasi ilova qilinadi.
Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaning shakli
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda
tasdiqlanadi.
398
Soliq organi tomonidan soliq to‘lovchi taqdim etgan jami yillik
daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyada to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq
summasining kamayishiga olib keluvchi xatolar aniqlangan taqdirda,
soliq organi jami yillik daromad haqidagi taqdim etilgan
deklaratsiyada aniqlangan xatolar to‘g‘risida soliq to‘lovchiga
bildirish xati yuboradi.
Soliq organining xabarnomasini olgan soliq to‘lovchi o‘n kun
ichida jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga zarur bo‘lgan
o‘zgartirishlarni kiritishi shart.
Agar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani o‘zgar-
tirish haqidagi ariza soliqni to‘lash muddati o‘tguniga qadar berilsa,
soliq to‘lovchi Soliq kodeksida belgilangan javobgarlikdan ozod
etiladi.
Agar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani
o‘zgartirish haqidagi ariza soliqni to‘lash muddati o‘tganidan keyin,
lekin xatolar soliq organi tomonidan aniqlanguniga qadar berilsa,
soliq to‘lovchi soliqning yetishmayotgan summasini hamda unga
tegishli penyani to‘lagan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi.
Soliq to‘lovchi soliq organining taqdim etilgan jami yillik
daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyada aniqlangan xato to‘g‘risidagi
bildirish xatini olgan kun soliq organi tomonidan xato aniqlangan
kun, deb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy
shaxslar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaning
ma’lumotlariga ko‘ra hisoblab chiqarilgan soliqni o‘tgan soliq
davridan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy
shaxslar hisoblab chiqarilgan soliqni chet davlatda joylashgan bank
hisobvarag‘idan chet el valyutasida to‘lashi mumkin. Bunda milliy
valyutada ifodalangan soliq O‘zbekiston Respublikasining Markaziy
banki tomonidan belgilangan soliq to‘langan sanadagi kurs bo‘yicha
chet el valyutasida qayta hisoblab chiqariladi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy
shaxslar, shuningdek soliq kodeks 385-moddasining uchinchi qis-
mida ko‘rsatilgan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya
asosida soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar soliqni taqdim etilgan
399
dastlabki deklaratsiya yoki soliq organining xabarnomasi asosida,
daromad olingan oydan keyingi oyning o‘n beshinchi kunigacha har
oyda to‘laydi. Yil tugagach, soliqning yillik summasi haqiqatda
olingan daromad bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Bu summa bilan yil
mobaynida to‘langan summalar o‘rtasidagi farq kelgusi yilning
1-iyunidan kechiktirmay soliq to‘lovchidan undirilishi yoki unga
qaytarilishi lozim.
Quyidagilar soliq to‘langan sana deb hisoblanadi:
soliq soliq agentlari yoki jismoniy shaxslar tomonidan bank-
dagi hisobvarag‘idan to‘langan taqdirda — bankdagi hisob-
varag‘idan mablag‘lar hisobdan chiqarilgan kun;
jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablag‘lari kiritilgan
taqdirda — bank kassasiga mablag‘lar to‘langan sana.
Soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan soliqni
to‘lash to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga
oshirilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan, O‘zbe-
kiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i summalari O‘zbekiston Respublikasida
soliq to‘lashda Soliq kodeksining 342-moddasida nazarda tutilgan
tartibda hisobga olinadi.
Soliqni hisobga olish soliq davri yakuni bo‘yicha jismoniy
shaxs tomonidan taqdim etilgan jami yillik daromad to‘g‘risidagi
deklaratsiya asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy
shaxslarning daromadlariga soliq solish to‘lov manbaida to‘lovlar
O‘zbekiston Respublikasining ichkarisida yoki tashqarisida
qilinganligidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy
shaxslarning daromadlariga O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalarini hisobga olgan holda soliq solinadi, bundan soliqni
undirish o‘zarolik prinsipi bo‘yicha tugatilishi yoki cheklanishi
mumkin bo‘lgan hollar mustasno.
O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy
shaxsga daromadlarni to‘lash to‘lov manbaida soliqni ushlab
qolmasdan
yoki
Soliq
kodeksining
6-moddasiga
muvofiq
400
ikkiyoqlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik masalalarini tartibga
soluvchi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi
qoidalariga va xalqaro shartnomalar bo‘yicha soliqlarni to‘lashdan
bo‘yin tovlashning oldini olishga doir maxsus qoidalarga muvofiq
pasaytirilgan stavkani qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
Soliq summasi ushlab qolinmaganligi yoki O‘zbekiston
Respublikasi xalqaro shartnomasining qoidalari g‘ayriqonuniy tarzda
qo‘llanilishi mazkur soliq ushlab qolinmasligiga yoki to‘liq ushlab
qolinmasligiga sabab bo‘lgan taqdirda, Kodeksning ushbu bo‘limiga
muvofiq soliq agenti deb e’tirof etilgan shaxslar tomonidan ushlab
qolinmagan soliq summasini va u bilan bog‘liq penya summasini
qonun hujjatlariga muvofiq budjetga kiritilishi shart.
Soliq kodeksning qoidalariga muvofiq soliq agenti tomonidan
O‘zbekiston Respublikasining norezidenti daromadlaridan hisoblab
chiqarilgan soliq summasi undan ushlanmasdan o‘z mablag‘lari
hisobidan to‘langanda, soliq agentining soliqni to‘lov manbaidan
ushlab qolish va ko‘chirib berish majburiyati bajarilgan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |