386
Agar jismoniy shaxs tegishli soliq davrida O‘zbekiston
Respublikasida jami bir yuz sakson uch kundan kam bo‘lib, biroq
ushbu turish muddati uning boshqa
biron-bir davlatda turgan
muddatidan ko‘proq bo‘lsa ham, u O‘zbekiston Respublikasining
soliq rezidenti deb e’tirof etiladi.
Jismoniy shaxslarni
soliqqa tortish tizimi, soliq subyektlari
nuqtai nazardan 3ta asosiy turkumga ajratiladi:
1. Jismoniy shaxslarni(rezident) soliqqa tortish tizimi;
2. Yakka tadbirkorlik faoliyatini shug‘ullanuvchi
jismoniy
shaxslarni soliqqa tortish tizimi;
3. Norezident jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimi.
Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar asosan bevosita
soliqlardir.
Shuningdek, renta xususiyatiga ega bo‘lgan
soliqlarning
ham ayrim turlarini to‘laydilar.
Jismoniy shaxslar olgan daromadlari, mulklaridan va iste’molda
soliq to‘laydilar. Ular tomonidan to‘langan soliqlarning davlat byud-
jetini shakllantirishdagi ulushi yuqoridir. Ayniqsa, jismoniy shaxslar
daromadlaridan to‘lanaldigan soliqning davlat byudjetidagi ulushi
yuqoridir. Shuningdek, jismoniy shaxslardan undirilgan soliqlar
mahalliy byudjetlarning daromadlarida sezilarli ulushga egadir.
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va yig‘imlar:
Umumdavlat soliqlari:
1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
2. Yuridik shaxs tashkil etmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlik
faoliyati bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq;
3. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy
belgilangan soliq.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar:
1. Mol-mulk solig‘i;
2. Yer solig‘i;
3. Jismoniy shaxslardan
transport vositalariga benzin, dizel
yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig‘i, yer
solig‘i va transport vositalariga yoqilg‘i ishlatganlik uchun undirila-
digan soliqlarni keying mavzularimizda batafsil ko‘rib chiqamiz.