382
13-rasm. O‘zbekiston Respublikasida 2005-2023-yillardagi
mehmonxona va an’anaviy joylashtirish vositalarning istiqbol
ko’rsatkichlari
(birlik)
62
Turizm tarmog‘ining sifatini oshirish va ta’minlash tamoyillari,
uslub va vositalari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish uchun, taklif
qilingan prognoz qiymatlari hisoblab topilgan turistik mahsulotning
tavsif va xususiyatlarini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan
asosiy
omillarni ajratib olish kerak. Prognoz ko‘rsatkichlari 2019-2025-
yillarda milliy turistik bozor holatini baholash va yettita yo‘nalish
63
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish
Konsepsiyasi
64
da ko‘zda tutilgan maqsadli vazifalardan kelib
chiqqan holda ishlab chiqilgan:
1) turistik faoliyat sohasida me’yoriy
huquqiy bazani takomil-
lashtirish, turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratishga qaratilgan xalqaro me’yor va standartlarni implemen-
tatsiya qilish;
2) respublikaning barcha hududlarida turistlar ehtiyoj va talabla-
ridan kelib chiqqan holda turizm va turdosh infratuzilmalarni
rivojlantirish va takomillashtirish;
_____________________________
62
Muallif tomonidan tuzildi.
63
unwto.com
64
O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. PF-5611.
5- yanvar 2019 -yil.
383
3) transport
logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi
yo‘nalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish;
4) turistik mahsulot va xizmatlarni diversifikatsiya qilish orqali
turistik bozorning turli segmentlariga yo‘naltirilgan mahsulot va
xizmatlarni yaratish orqali mavsumiylik omilini pasaytirishni ko‘zda
tutuvchi kompleks chora-tadbirlar qabul qilish;
5) respublika aholisining turistik xizmatlariga bo‘lgan
talabini
qondirishni ta’minlashga qaratilgan ichki turizmni rivojlantirish;
6) O‘zbekiston Respublikasi turistik mahsulotini ichki va tashqi
bozorlarda siljitish, mamlakatning xavfsiz sayohat va dam olish
sifatidagi imijini mustahkamlash;
7)
yuqori
malakali
mutaxassislar
tayyorlash
tizimini
takomillashtirish, xizmat ko‘rsatuvchi
xodimlarni qayta tayyorlash
va malakasini oshirish.
Yuqorida keltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish O‘zbekiston
Respublikasida turizm tarmog‘ining rivojlanishi uchun qulay
shart-sharoit yaratishni hamda iqtisodiyotning mazkur tarmog‘ida
iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Shuningdek,
2025-yilda turistik eksportning 2,2 mlrd. AQSh dollariga yetishini
hamda xalqaro mehmonxona va an’anaviy
joylashtirish vositalari
sonining 1655 birlikka yetkazish asosida standartlarga muvofiq turistik
infratuzilmani rivojlantirish imkonini beradi.
Hisoblab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlar turistik xizmatlar
eksportining xilma-xilligini, sifat va hajmining oshishini ta’minlaydi,
jahon bozorining yirik brendlarini jalb qilish hamda xorijiy
investitsiyalar oqimining oshishiga olib keladi.
Ichki resurslardan samarali foydalanish sifatli turistik mahsulotni
shakllantirishni ta’minlaydi hamda
mamlakatning rivojlangan
turistik infratuzilma va boy turistik salohiyatiga ega bo‘lgan holda
imijini shakllantirishga imkon beradi. Shu bilan birga 2023-yilda
O‘zbekiston Respublikasi YaIMda turizm hajmini 9955 mlrd.
so’mga yetishini ta’minlab beradi.
Olingan prognoz modeli turistik korxonalarning jahon standarti
darajasida tashkil qilish masalasini uzil-kesil hal qilish imkonini
beradi va mamlaktimizning dam olish
va turizm industriyasida
munosib o‘rin egallashini ta’minlab beradi.