126
bevosita hamda bilvosita yo‘qotilishi bilan bog‘liq risklar
sug‘urtalanadi.
Javobgarlik sug‘urtasi bo‘yicha – kreditni yoki boshqa qarzlarni
qaytara olmaslikdan sug‘urtalash,
yuqori xavf-xatar manbalari
egalarining fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi, xo‘jalik faoliyati
jarayonida zarar yetkazish holati bo‘yicha
fuqarolik javobgarligi
sug‘urtasi va boshqalar.
Ijtimoiy sug‘urtaning turlariga pensiya va turli nafaqalar
sug‘urtasi kiradi.
Shaxsiy sug‘urta
hayotni aralash sug‘urtasi, o‘lim
holati va
mehnatga layoqatini yo‘qotishdan sug‘urtalash, bolalar sug‘urtasi,
qo‘shimcha pensiya sug‘urtasi, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash va
boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasi dastgohlarni to‘xtab
qolishi, savdodagi to‘xtalishlar natijasida zarar kurish yoki foyda
ololmaslik sug‘urtasi, yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llash
tavakkalchiliklari sug‘urtasi va boshqa turlarga bo‘linadi.
Hayotni sug‘urta qilish
(jismoniy
shaxslarning hayoti,
sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq
manfaatlarini sug‘urta qilish, bunda shartnoma bo‘yicha sug‘urtaning
eng kam muddati bir-yilni tashkil etadi hamda sug‘urta pullarining
sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan foizni o‘z ichiga oluvchi bir
martalik yoki davriy to‘lovlarini qamrab oladi).
Umumiy sug‘urta
(shaxsiy, mulkiy sug‘urta,
javobgarlikni
sug‘urta qilish hamda hayotni sug‘urta qilish sohasiga taalluqli
bo‘lmagan boshqa sug‘urta turlari).
Majburiy
Dostları ilə paylaş: