128
1. Ixtiyoriy sug‘urta qonun asosida va ixtiyoriy ravishda amal
qiladi. Qonun ixtiyoriy sug‘urtaga tegishli obyektlarni va
sug‘urtaning umumiy shartlarini belgilab beradi. Konkret shartlar esa
sug‘urtalovchilar tomonidan ishlab chiqiladigan sug‘urta qoidalari
orqali tartibga solinadi.
2. Sug‘urtada ixtiyoriy qatnashish to‘la holda faqat
sug‘urtalanuvchilar uchun xarakterlidir. Agar sug‘urtalanuvchining
xohishi sug‘urta qoidalariga zid kelmasa, sug‘urtalovchi obyektni
sug‘urta qilishdan bosh tortish huquqiga ega emas. Bu tamoyil
sug‘urtalanuvchining birinchi talabi bo‘yicha sug‘urta shartnomasi
tuzilishini kafolatlaydi.
3. Ixtiyoriy sug‘urtani tanlab, qamrab olishi. Barcha shaxslar
ham unda ishtirok etish istagini bildiravermaydilar. Bundan tashqari,
shartnomalar tuzishda sug‘urta shartlari bo‘yicha chegaralashlar ham
amal qiladi.
4. Ixtiyoriy sug‘urta doimo sug‘urta muddati bilan
chegaralanadi.
Bunda
muddatning
boshlanishi
va
tugashi
shartnomada qat’iy kelishib olinadi. Shundan kelib chiqib, sug‘urta
qoplamasi yoki sug‘urta so‘mmasi sug‘urta holati faqatgina sug‘urta
davrida sodir bo‘lgandagina to‘lanadi. Ixtiyoriy sug‘urtaning
uzluksizligini faqatgina yangi muddatga qayta shartnoma tuzish yo‘li
bilangina ta’minlash mumkin.
5. Ixtiyoriy sug‘urta faqatgina bir martalik yoki davriy sug‘urta
badallari
to‘langandagina
amal
qiladi.
Ixtiyoriy
sug‘urta
shartnomasining kuchga kirishi bir martalik yoki birinchi sug‘urta
badalini to‘lanishi bilan asoslanadi. Uzoq muddatli sug‘urta bo‘yicha
navbatdagi badalning to‘lanmasligi natijasida shartnomaning amal
qilishi to‘xtaydi.
6. Ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta ta’minoti sug‘urtala-
nuvchi istagidan kelib chiqadi. Mulkiy sug‘urta bo‘yicha
sug‘urtalanuvchi sug‘urta so‘mmasini sug‘urta bahosi chegarasida
belgilashi mumkin. Shaxsiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta so‘mmasi
shartnomada tomonlar kelishuvi orqali belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: