Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

Mintaqaviy sug‘urta bozori
deganda savdo-iqtisodiy va 
boshqa jihatlardan o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lgan bir nechta 
mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi bozor tushuniladi. 
Halqaro sug‘urta bozori
sifatida dunyo miqyosida sug‘urta 
faoliyatini olib boruvchi mamlakatlarning sug‘urta bozori tushu-
niladi. 
Sug‘urta bozori bozor munosabatlari subyektlarining mustaqil-
ligini, ularning sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha teng huquqli 
hamkorligini ko‘zda tutadi. 
Sug‘urta bozorining subyektlari quyidagilardan iborat: 
– o‘z manfaatlaridan kelib chiqib sug‘urta himoyasi bo‘yicha 
xizmatlarni sotib oluvchilar (sug‘urta qildiruvchilar); 
– bunday xizmatlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar 
(sug‘urtalovchilar); 


131 
– mazkur shaxslar o‘rtasidagi vositachilar (sug‘urta agentlari va 
brokerlari); 
– sug‘urtalangan shaxslar (sug‘urtalanuvchilar); 
– manfaatdor shaxslar (naf oluvchilar); 
– uchinchi shaxslar. 
Ichki 
sug‘urta 
bozorini 
moliyaviy 
tarkibini 
sug‘urta 
tashkilotlarining moddiy va moliyaviy resurslari tashkil qiladi. 
Sug‘urta bozorining asosiy vazifasi sug‘urta xizmatlariga talabni 
shakllantirish (marketing, reklama), shartnomalar tuzish va sug‘urta 
polislarini sotish, maqsadga muvofiq va egiluvchan tarif siyosatini 
olib borish, o‘z infratuzilmasini tartibga solish hisoblanadi. 
Sug‘urta brokeri
— sug‘urta bozorining mustaqil subyekti 
bo‘lib, o‘z nomidan ish ko‘radi. Ular sug‘urta bozorining 
shart-sharoitlarini va iste’molchilarining xulq-atvorini muntazam 
ravishda o‘rganib boradilar. 
 
3. Ijtimoiy sug‘urtaning turlari 
Ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari quyidagi shakllarda foydalaniladi: 
– pensiya, nafaqa, mehnatga layoqatsizlik to‘lovlarini amalga 
oshirish; 
– aholining ayrim toifalarining xarid qobiliyatini oshirish uchun 
qo‘shimcha imtiyozlar. 
Ijtimoiy sug‘urta mablag‘larini quyidagi turlarda foydalaniladi: 


Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin