Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

Ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta
fuqarolarning yanada ko‘proq 
ijtimoiy himoyalashni ta’minlashga qaratilgan. U fuqarolarning 
shaxsiy 
daromadidan 
ish 
beruvchilarning 
ishchilarini 
sug‘urtalashning firma daromadidan badal ko‘rinishidagi mablag‘ 
hisobidan yuzaga keladi. 
Ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta badallari miqdori sug‘urta 
institutlari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va u sug‘urta 
xavf-xatariga sug‘urtalovchi tomonidan o‘rnatilgan qoidaga ijtimoiy 
xizmat narxiga sug‘urtalanganlar soniga va boshqalarga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Hozirgi kunda milliy sug‘urta bozorimizda ko‘plab sug‘urta 
tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan eng yiriklari davlat 
mulki 
ishtirokidagi 
sug‘urta 
kompaniyalari 
bo‘lib, 
ular 
"O‘zagrosug‘urta" DASK, "Kafolat" DASK, "O‘zbekinvest" 
EIMSK, va "Madad" sug‘urta agentliklaridir. 
 
4. Tibbiy sug‘urta 
 
Tibbiy sug‘urta – 
ijtimoiy sug‘urta shakllaridan biri bo‘lib, 
fuqarolar sog‘lig‘ini turli hodisalar tufayli yo‘qotilishining oldini 
olishga qaratilgan. 
Tibbiy sug‘urta aholining vrach ko‘rigiga takror qatnashishi
ambulator, stasionar davolanish, stomatologik xizmat, turli 
profilaktik tadbirlar uchun mablag‘larini himoyalash va qoplashga 
yo‘naltiriladi. 
Tibbiy sug‘urta obyekti
– sug‘urta hodisasi yuz berganda 
tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar tarzidagi sug‘urta 
tavakkalchiligi hisoblanadi.
Tibbiy sug‘urta hodisasi
– shartnoma muddati davomida 
sug‘urtalangan shaxsning o‘tkir surunkali kasalliklar, jarohatlanish
zaharlanish 
va 
boshqa 
turdagi 
baxtsiz 
hodisalar 
tufayli 


134 
maslahat-profilaktik, davolash va boshqa turdagi yordamlar olish 
maqsadida tibbiyot muassasasiga murojaat qilishidir. Ishlab 
chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalar yoki kasb kasalligiga 
chalinish oqibatida yuz bergan moddiy zarar deganda sog‘liqqa zarar 
yetgan holda xodim yo‘qotgan ish haqi, uning muayyan qismini 
qoplash, qo‘shimcha xarajatlarni qoplash, bir yo‘la qoplanadigan 
nafaqa berish, ma’naviy zararni qoplash kabilardan iborat bo‘ladi. 
Xodim vafot etgan taqdirda esa, ushbu xarajatlar uning oila 
a’zolariga to‘lanadi. Sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanishi lozim 
bo‘lgan sug‘urta mukofoti yillik ish haqi fondiga nisbatan foizlarda, 
sug‘urtalovchi tomonidan belgilangan tariflarga muvofiq belgilanadi. 
Tibbiy sug‘urtaning quyidagi turlari mavjud: 

majburiy; 

ixtiyoriy. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin