125
Jamg‘arish funksiyasida
sug‘urta mablag‘lari sug‘urta
fondlari sifatida to‘planadi va ma’lum muddatgacha sug‘urtalash
shartnomalari bo‘yicha mablag‘larni jamg‘arish uyg‘unlashib ketadi.
Bunda pul mablag‘larini jamg‘arish sug‘urtaviy himoyaga bo‘lgan
ehtiyoj bilan bog‘liqdir. Shu bilan sug‘urta jamg‘arish funksiyasini
bajarishi amalga oshadi.
Sug‘urtaning nazorat funksiyasi
sug‘urta fondining qat’iy
maqsadli
shakllantirilishi
va
ushbu
mablag‘lardan
to‘g‘ri
foydalanishdan iborat. Mazkur funksiya
yuqoridagi funksiyalardan
kelib chiqadi va muayyan sug‘urta munosabatlarida aks etadi.
Nazorat funksiyasi qonunchilik va turli direktiv hujjatlar asosida
sug‘urta taomillarining to‘g‘ri bajarilishi ustidan moliyaviy sug‘urta
nazoratini amalga oshiradi.
Sug‘urtaning tasniflanishi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning
turli soha, tarmoq va faoliyat turlari doirasida amalga oshiriladi.
Shunga muvofiq sug‘urta munosabatlarini
quyidagicha tasniflashi-
miz mumkin:
Mulkiy sug‘urta
– moddiy qiymatliklarni turli baxtsiz hodisa
va tabiy ofatlardan zarar ko‘rmasligini ta’minlash yoki ro‘y bergan
holatda qoplash hisoblanadi; fuqarolar hayot sug‘urtasida – ularning
hayoti, sog‘ligi, mehnatga layoqati; javobgarlik sug‘urtasida
sug‘urtalanuvchilarning
turli
javobgarliklari,
mas’uliyatlari,
majburiyatlari; tadbirkorlik faoliyatida esa uning tadbirkorlik ishlari
turli tavakkalchiliklardan sug‘urtalanadi.
Mulkiy sug‘urta mulkchilik shakli va sug‘urtalanuvchilar
toifalaridan
kelib chiqib, bir nechta tarmoqlarga bo‘linadi: davlat
korxonalari mol-mulk sug‘urtasi, jamoa xo‘jaliklari, ijarachilar,
shirkatlar, hissadorlik jamiyatlari va
jamoatchilik tashkilotlari
mol-mulk sug‘urtasi hamda fuqarolar mol-mulk sug‘urtasi.
Mulkiy sug‘urtaning turlariga turli jihozlar, asbob-uskunalar,
chorva mollari, ro‘zg‘or
buyumlari, transport vositalari, qishloq
xo‘jalik ekinlari hosili va boshqa turli xo‘jalik
kategoriyalari
sug‘urtasi misol bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: