amaliyot holatini determinatsiyalovchi faktorlar, “qarama-qarshiliklar”, «ziddiyatlar»,
kelishmovchiliklarni shakllantirish;
fanda amaliyot qarama-qarshiliklarni echish vositalari ishlab chiqilganmi, shuni
aniqlash (ilmiy tadqiqotlar natijalari tanqidiy tahlili asosida: yondoshuvlar,
konsepsiyalar, ta’lim jarayoni modellari, ta’lim metodikasi), ilmiy “bilim” va
“bilimsizlik” chegaralarini o‘rnatish (nima ishlab chiqilganu, nima ishlab chiqilmagan
va “fan xaritasida oq dog‘” sifatida nima namoyot bo‘lgan);
Ilmiy muammoni tuzish uchun quyidagi
jihatlarga e’tibor qaratish kerak:
tadqiqot obyektiga nisbatan, ma’noviy-kategorial apparatni qo‘shgan holda shaxsiy
konseptual pozitsiyani asoslash (tadqiqotchi mavjud konsepsiya yoki nazariyaning
adepti bo‘lishi mumkin);
tadqiqotning muammoli maydonini aniqlash, konkretlashtirish va birinchi navbatda
shaxsiy tadqiqotning muammosini shakllantirish;
shaxsiy ilmiy muammoni dolzarblik mezonlari pozitsiyasi, potensial nazariy va amaliy
mazmuni jihatidan tanqidiy refleksiyasini amalga oshirish (Muammo bormi? U
dolzarbmi? Yyechimga egami? Uning yechimiga nazariy va amaliy extiyoj bormi?
Pedagogik fan zamonaviy rivojlanish bosqichida uning yechimi mavjudmi?).
Muammo tuzilishi mono- va
polikomponentli bo‘lishi mumkin.
•
muammo bitta masaladan iborat bo‘ladi
(«Magistrantlarda pedagogik-metodologik
refleksiyani qanday shakllantirish
mumkin?»)
monokomponentli
•
bir necha masala («Bo‘lajak o‘qituvchilarda
metodologik madaniyatni shakllantirish
mazmuni va metodlari») muhokama
uchun qamrab olinishi mumkin.
polikomponentli
Tadqiqotning konkret muammosi dolzarbligini
asoslash fanda muammoning ishlab chiqish
darajasini baholashni nazarda tutadi. Masalan, asl
manba (monografiyalar, maqolalar, dissertatsiyalar)
tahlili shuni ko‘rsatdiki, fanda ta’lim sohasidagi xalqaro
ilmiy tadqiqotlar sifatini boshqarish modellari,
shuningdek, invariant terminologik ma’noli maydonni
ishlab chiqarishga yondoshuvlar ishlab chiqilgan
(ishlab chiqilyapti va ma’qullanayapti). Lekin fanda
ta’lim sohasida xalqaro ilmiy tadqiqotlarni
baholashning invariant mezonlar tizimi ishlab
chiqilmagan. Shu munosabat bilan potensial tadqiqot
muammosi quyidagi tarzda shakllanishi mumkin: ta’lim
va fanning internatsionallashish kontekstida
ilmiy-pedagogik tadqiqotlari sifatining invariant
bahosi qanday?
|