16
jarayonlarining to‘la tavsifini olish uchun zarurdir.
Buxgalteriya
hisobining
boshqa
xususiyati,
uning
hujjatlanishidir.
Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan xar bir operatsiya dastlab
hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona
manbai hisoblanadi. Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning
mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati
ustidan nazorat qilish uchun foydalanish va
boshqarish uchun asoslangan
ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi.
Buxgalteriya hisobida yig‘ma yakunlangan ko‘rsatkichlarni olish uchun
yig‘ilgan ma’lumotlarni ilmiy ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu
usullarning muhim xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan
korxona, tashkilotlar va muassasalarning butun xo‘jalik faoliyatini uzluksiz va
o‘zaro bog‘langan holda aks ettirilishini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari ayrim korxona, tashkilot va
muassasalar hamda ma’lum bir kompaniya tarkibiga
kiradigan korxonalar guruhi
bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ishini audit qilish uchun
audit manbai sifatida xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining qator ko‘rsatkichlari
umumlashtirilgan ko‘rinishda korxonaning moliyaviy holatini baholashda
ishlatiladi.
Umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarning bir guruhi faoliyatni baholashda
ko‘pincha buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga asoslanadigan statistika
yordamida olinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining yagona tizimi o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan ikki qismdan rahbariyat tomonidan ichki foydalanish uchun
o‘lchanadigan, ishlanadigan va topshiriladigan hisob axborotining barcha turlarini
o‘z ichiga oladi. Moliyaviy hisob rahbariyat tomonidan firma ichida ishatiladigan
axborotdan tashqari, tashkilotdan tashqaridagilarga xabar
qilinadigan axborotdan
iborat bo‘ladi.
Xo‘jalik hisobining har bir turi - operativ, statistik va buxgalteriya hisobi
korxonalarni, hududlar va Respublika boshqaruv jarayonida ma’lum rol o‘ynaydi.
17
Hisobning o‘zaro chambarchas bog‘langan uchta turi xo‘jalik hisobining
yagona tizimini tashkil qiladi. Bu tizimning to‘g‘ri tuzilishi va doimiy
rivojlantirilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi.
Hisobning barcha turlarining vazifalari umuman olganda bir xildir, lekin ular
alohida olingan obektlarga nisbatan hal etiladi.
Statistik hisob buxgalteriya hisobining, ayniqsa, yakuniy ma’lumotlaridan
keng foydalanadi. Bunda u bu ma’lumotlardan ba’zi tarmoqlar va xalq xo‘jaligi
miqyosida har xil umumlashtiruvlar uchun zaminiy materiallar sifatida
foydalanadi. O‘z navbatida buxgalteriya hisobi ham ko‘p
hollarda statistika
ma’lumotlaridan foydalanadi. Jumladan, ishchilarning ish haqini aniqlashda
statistika usullari bilan hisoblab topilgan ishlab chiqarish normalari bajarilishi
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Xo‘jalik hisobi uch turining o‘zaro bog‘liqligi yagona dastlabki
hujjatlashtirishdan
foydalanish
bilan
ta’minlanadi.
YAgona
dastlabki
hujjatlashtirish deganda hisobning barcha turlaridagi operatsiyalarni aks ettirish
uchun bir turdagi ma’lumotlardan va bir turdagi hujjatlardan foydalanish
tushuniladi. Bunday amal hisob ko‘rsatkichlaridagi qarama-qarshiliklarni
bartaraf
qiladi va hisobdagi parallellik bilan ishlashni yuzaga keltiradi.
Xo‘jalik hisobining har xil turlari va uning butun tizimi uzluksiz rivojlanib
boradi. Dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish, texnikasi, ishlash uslublari yaxshilanib
bormoqda. SHuni ta’kidlash lozimki, xalqaro standartlarga javob beradigan va
bozor iqtisodiyoti xususiyatlariga mos keladigan hisobning yangi tizimini ishlab
chiqishda, olimlar va amaliyotchilar rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi
mamlakatlarda bu sohada yaratilgan narsalarga ko‘r-ko‘rona yondoshayotganlari
yo‘q. Lekin xorij mamlakatlarining amaliyotini o‘rganish,
ularni chuqur va har
tomonlama
tahlil
qilish
O‘zbekiston Respublikasida xo‘jalik hisobini
takomillashtirish imkoniyatini beradi.