1.4. Xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari tasnifi
Xo‘jalik jarayonlari ma’lum mablag‘lar zaxirasini talab etadi. SHuning uchun
ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul
mablag‘lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag‘larga ega bo‘ladi.
Korxona mablag‘larining manbalari davlat jamg‘armasidan, aksiyalarni chiqarish
va sotishdan, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hamda boshqa
korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan
tashkil etiladi. Xo‘jalik faoliyatini to‘g‘ri boshqarishda korxonaning qanday
mablag‘larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag‘lar manbalari va
maqsadlarini bilish kerak.
SHunga qarab korxonaning barcha mablag‘lari ikki qismga guruhlanadi:
birinchidan, ularning turlari hamda joylashganligiga qarab va ikkinchidan, tashkil
topish manbai va qanday maqsadlarga yo‘naltirilganligiga qarab.
32
Mablag‘larning turlari va joylanishi bo‘yicha guruhlash korxonaning xo‘jalik
faoliyati xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Sanoat korxonalariga birinchi navbatda
ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mablag‘lar bo‘lishi kerak.
Undan tashqari u operatsiya jarayonining ikki - ta’minot va sotish bosqichida
ishlatiladigan mablag‘larga ega bo‘lishi kerak. Odatda korxonalar o‘z
xodimlarining ehtiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish sohasidagi
mablag‘larga ham ega bo‘ladi. SHunday qilib, korxona mablag‘lari o‘zlarining
turlari va joylashishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
-iishab chiqarish vositalari;
-operatsiya sohasidagi mablag‘lar;
-noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘lar.
Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan iborat
bo‘ladi.
Mehnat vositalari - insonning yaratayotgan buyumlariga o‘z ta’sirini
o‘tkazuvchi vositalar hisoblanadi. Mehnat vositalari tarkibida ishlab chiqarish
qurollari etakchi rolni o‘ynaydi. Ishlab chiqarish qurollari yordamida ishchilar
mehnat buyumlarining tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradilar, ularga yangi tus beradilar
va mehnat mahsuliga aylantiradilar. Mehnat vositalariga, shuningdek imoratlar,
inshootlar, transport vositalari va xo‘jalik jihozlari ham kiradi. Ular ishlab
chiqarish jarayonini normal amalga oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratib, uni
to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi.
Barcha mehnat vositalarining xususiyatlari shundan iboratki, ular mahsulotni
tayyorlash jarayonida uzoq muddat davomida qatnashadilar, ko‘plab ishlab
chiqarish jarayonlariga xizmat qiladilar va shu bilan birga o‘z tashqi ko‘rinishlari,
xususiyatlarini o‘zgartirmasdan saqlab qoladilar. Ayni bir vaqtda mehnat vositalari
o‘z qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar
tannarxiga, davr xarajatlariga o‘tkazadilar. Bu ularning eskirishiga va qiymatining
kamayishiga olib keladi.
Undan tashqari, korxonalar nomoddiy aktivlarga ega bo‘lib, kapital
qo‘yilmalar hamda uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalarni amalga oshirishlari
33
mumkin.
Nomoddiy aktivlar o‘z egalariga uzoq muddatli huquqlar yoki afzalliklar
beradi. Ularga patentlar, mualliflik huquqlari, firmaning bahosi, savdo markalari,
alohida imtiyozlar, litsenziyalar, formulalar, texnologiyalar, nou-xau, kompyuter
dasturlari va hokazolar kiradi. Nomoddiy aktivlar ham asosiy vositalar singari
foydalanish muddatlarida o‘zlarining qiymatini mahsulot ishlab chiqarish tannarxi
va davr xarajatlariga asta-sekin o‘tkazib boradi.
Korxonalar uzoq muddatli xarakterga ega bo‘lgan boshqa aktivlarga ham
kapital qo‘yilmalar qilishi mumkin. Ularning tarkibiga asosiy vositalarni sotib
olish, yangi obektlarni qurish va hokazolarni kiritish mumkin.
Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar pay va aksiyalarga, obligatsiyalarga
hamda boshqa korxonalarga qarz berish uchun bo‘sh qolgan pul mablag‘larini
qo‘yishdan ham iborat.
Mehnat buyumlari mahsulot tayyorlashda boshlang‘ich materialdan iborat.
Ularga xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan
ishlab chiqarishlar kiradi. SHu guruhga yordamchi materiallar va yoqilg‘ilar ham
kiradi. Barcha mehnat vositalarining umumiyligi shundan iboratki, ular faqat
birgina ishlab chiqarish jarayonida istemol qilinib, o‘zlarining qiymatini
tayyorlanayotgan mahsulot tannarxiga butunlay o‘tkazadi.
Xom ashyo va asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
asosini tashkil qiluvchi mehnat buyumlariga aytiladi. Masalan, mashinasozlik
zavodida
asosiy
materiallar
sifatida
mashinalarning
ehtiyot
qismlari
tayyorlanadigan metalning har xil turlari tushuniladi.
YOrdamchi materiallar asosiylardan farqli o‘laroq, tayyorlanayotgan
mahsulotning asosini tashkil qilmay, faqat uning yuzaga kelishida qatnashadi.
Bunda ular mehnat vositalarining normal ishlashi uchun asosiy materiallarga
qo‘shish yo‘li bilan ularga sifat o‘zgarishlarini kiritish uchun yoki mehnat
jarayoniga xizmat qilish uchun binolarni yoritish, mehnat sharoitlarining kerakli
sanitariya va gigienasini ta’minlab turish uchun ishlatiladi.
YOqilg‘i o‘z mohiyatiga ko‘ra yordamchi materiallarning bir turidir,
34
yordamchi materiallar singari, ular mehnat vositalari tomonidan istemol qilinadi
yoki asosiy materiallarga qo‘shiladi hamda mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun
ishlatiladi. Hisobda yoqilg‘i yordamchi materiallar tarkibidan alohida guruhlarga
ajratilgan. YOrdamchi materiallarning ko‘pchilik qismi singari, yoqilg‘ining bu
xosiyati natura shaklida yangi mahsulotning tarkibiga kirmaydi. Lekin sarflangan
yoqilg‘ining qiymati yordamchi materiallarning qiymatiga o‘xshab, ishlab
chiqarish chiqimlari sifatida butunlay shu mahsulotning tannarxiga kiritiladi.
YArim tayyor mahsulotlar, ba’zi bir ishlov bosqichlarini o‘tgan, lekin hali
tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat. Ularning xususiyati
shundan iboratki, garchi ular mazkur bosqichdagi barcha ishlov operatsiyalarini
o‘tgan bo‘lsalar xam, lekin ishlov yoki yig‘ish uchun navbatdagi bosqichga
yo‘naltirilishi kerak bo‘ladi.
Mazkur korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar o‘z ishlab
chiqarishining yarim tayyor mahsuloti deb nomlanadi. Ulardan tashqari, sotib
olingan yarim tayyor mahsulotlar ham bo‘lishi mumkin. Sotib olingan yarim
tayyor mahsulotlar xom ashyo va asosiy materiallar guruhiga kiradi. Bu guruhga,
shuningdek, ehtiyot qismlar va idish materiallari ham kiradi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda joylashgan mehnat
buyumlaridan iborat. SHunday qilib, ular ham yarim tayyor mahsulotlarga
o‘xshab, ba’zi bir ishlov bosqichlarini o‘tishi bilan hali tayyor mahsulotga
aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat bo‘ladi. Lekin yarim tayyor mahsulotlar
mazkur sexda barcha ishlovlardan to‘la o‘tgan bo‘lsa, tugallanmagan ishlab
chiqarishda joylashgan mehnat buyumlari bu erda hali ishlanishi kerak bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobida inventar va xo‘jalik jihozlari alohida guruhga ajratilgan
holda hisobga olinadi. Ularga, xizmat qilish muddatidan qat’i nazar qiymati 50 ta
minimal ish haqi miqdorigacha bo‘lgan va qiymatidan qati nazar, bir yildan kam
xizmat qiladigan buyumlar kiradi.
Operatsiya doirasidagi mablag‘lar, ya’ni operatsiya buyumlari, pul
mablag‘lari, debitorlik qarzlari va boshqa operatsiyada xizmat qiluvchi
mablag‘lardan iborat.
35
Muomaladagi buyumlar korxonada ishlab chiqarilgan va sotish uchun
mo‘ljallangan tayyor mahsulotdan iborat. Joylashgan joyiga qarab muomala
buyumlari ombordagi tayyor mahsulot va ortib jo‘natilgan tovarga bo‘linadi. Ortib
jo‘natilgan tovarlarni operatsiya buyumlariga qo‘shilishining boisi shundaki,
xaridor uning uchun pul to‘lagunga qadar ular mazkur korxonaning mulki
hisoblanadi. Hisoblash usulidan foydalanganda xaridorlarga ortib jo‘natilgan
mahsulot uni ishlab chiqaruvchi korxonaning mulki bo‘lmay, balki sotib oluvchi
korxonaning mulki hisoblanadi va to‘lovning yo‘qligi debitorlik qarzning yuzaga
kelganligini anglatadi. Ushbu holda mazkur obekt operatsiya doirasidan hisob-
kitobdagi mablag‘larga o‘tadi.
Pul mablag‘lari har xil to‘lovlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Pul
mablag‘lari yordamida korxona mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qiladi,
o‘z xodimlariga ish haqi to‘laydi, davlat daromadlariga har xil to‘lovlar va
ajratmalar qiladi. Pul mablag‘lari korxonaga xaridorlardan ularga sotilgan
buyumlar uchun, banklardan-kreditlar ko‘rinishida, yuqori tashkilotlar hamda
yuqori kompaniyalardan vaqtinchalik moliyaviy yordam tartibida kelib tushadi.
Pul mablag‘lari o‘zlarining joylashgan joyiga qarab taqsimlanadi. Korxonalar
o‘zlarining pul mablag‘larining asosiy qismini bankdagi hisob-kitob yoki valyuta
schyotlarida saqlaydilar. Bunda hisob - kitob schyoti korxonalarning faqat bo‘sh
pul mablag‘larini saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lmay, u egasining barcha asosiy
hisoblashuvlarini mol etkazib beruvchilar hamda xaridorlar, kredit muassasalari,
tashkilotlar va hokazolar bilan amalga oshirish uchun ham mo‘ljallangandir.
Korxonaning kechiktirib bo‘lmaydigan, masalan, mehnat haqi, nafaqa
to‘lovlarini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan naqd pul zaxiralari uning
kassasida joylashgan bo‘ladi. Naqd pullar kassaga asosan hisob-kitob schyotidan
kelib tushadi. Foydalanilmay qolgan naqd pullar hisob-kitob schyotiga belgilangan
muddatlarida qaytarib topshiriladi.
Korxonaning hisob-kitob schyotidagi ma’lum mablag‘lar boshqa xo‘jalik
yuritish subektlari yoki shaxslarining qarzlaridan ham iborat bo‘ladi. Bunday
mablag‘larga, birinchi navbatda, mazkur korxonadan xaridor tomonidan sotib
36
olingan mahsulotlar uchun qarzlari hamda korxona xizmatchilariga har xil
xarajatlarini qoplash maqsadida hisoblashish sharti bilan berilgan pul summalari
bo‘yicha hisob-kitoblar kiradi. Topshiriqni bajarib bo‘lgandan keyin, xodim
tomonidan olingan summalarning sarflanganligi to‘g‘risida bo‘nak hisoboti
topshiriladi va ishlatilmay qolgan pullar korxona kassasiga qaytariladi. Bunday
hisob-kitoblar hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar deb ataladi. Korxonaga
qarzlar boshqa operatsiyalar bo‘yicha ham bo‘lishi mumkin. Ularga, mol etkazib
beruvchilarga taqdim etilgan da’volar bo‘yicha qarzlari, ishchi va xizmatchilarning
o‘z extiyojlari uchun olgan bo‘nak summalari bo‘yicha qarzlari kiradi. Bunday
qarzdorlar boshqa debitorlar deb nomlanadi.
Muomala sohasiga xizmat qiluvchi mablag‘lar shu sohada xizmat qiladigan
har xil binolar, asbob-uskunalar va jihozlardan iborat. Bunday mablag‘larga tayyor
mahsulot omborlarining binolari, ushbu ishlab chiqarish korxonasiga qarashli
savdo imoratlari, shu bino va imoratlardagi asbob-uskunalar kiradi.
Noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larga mazkur korxona ixtiyoridagi uy-
joy xo‘jaligi, madaniy - maishiy maqsadlarga mo‘ljallangan va sog‘liqni saqlash
vositalari kiradi. Bular turar joylar, kinoteatrlar, bolalar bog‘chalari, oromgohlar va
dam olish joylari, hammomlar, kir yuvish va sartaroshxonalar, ambulatoriyalar,
tibbiyot punktlarining binolari, shu binolarda joylashgan asbob-uskunalari va
inventar hamda ulardan foydalaniladigan materiallar, dori-darmonlardan iborat. Bu
mablag‘larning barchasi korxona xodimlariga xizmat qilish hamda ularga zarur
bo‘lgan maishiy sharoitlarni yaratish uchun mo‘ljallangan. (1.1-chizmaga qarang).
Buxgalteriya hisobida mablag‘lar va ularning kelib chiqish manbalari alohida-
alohida guruhlarga bo‘lib hisobga olinadi. Har bir korxona tashkil qilinish
daqiqasida o‘z faoliyatining hajmi va xarakteriga qarab mablag‘larini
shakllantiradi. Agar ularda qo‘shimcha mablag‘ga vaqtinchalik ehtiyoj tug‘ilib
qolsa, unda mablag‘larni muayyan manbalardan olishlari mumkin. Ishlab chiqarish
natijasida olingan foydaning bir qismi yoki maxsus maqsadlarda jamg‘arilgan
zaxiralardan, davlat grantlari va subsidiyalaridan foydalanadi. SHunday qilib,
korxona mablag‘larini hosil qilish rejali xarakterga egadir. Korxona tomonidan har
|