D. Q. Usmanova



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/131
tarix11.10.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#154134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
1. Buxgalteriya xisobi (1)

Statistik hisob
- ommaviy xo‘jalik hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
yig‘ish va ishlash tizimidan iborat. Xo‘jalik hisobining bu turi butun xo‘jalik va 
uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Undan 
korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo‘layotgan turli-tuman ommaviy 
hodisalarni kuzatish uchun foydalaniladi. Uning yordamida xo‘jalik faoliyatining 
turli-tuman miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi. Sanoatda 
bundaylarga, masalan, ishlab chiqarish hajmi, o‘rtacha ish haqi, ish vaqtidan 
foydalanish, mehnat unumdorligi darajasi o‘sishi va hokazo ko‘rsatkichlar kiradi. 
Dastlabki statistik kuzatuvlarning ma’lumotlari tumanlar, viloyatlar va umuman 
Respublika xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlari bo‘yicha umumlashtiriladi. 
Statistik hisob statistika fani - statistika usullaridan foydalanadi. Mustaqil 
ijtimoiy fan sifatida statistika faqat xo‘jalik hodisalarinigina o‘z ichiga olmay, 
jamiyat hayotining boshqa tomonlarini ham qamrab oladi. Jumladan, uning 
yordamida aholi soni, tarkibi va harakati, xalq xayotining moddiy va madaniy 
darajasi, uning ijtimoiy hayoti haqidagi ko‘rsatkichlar olinadi. 
Xo‘jalik xodisalari haqidagi ma’lumotlar statistik hisob tomonidan operativ 
va buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda mustaqil ravishda 
tashkil qilinadigan dastlabki hisobdan olinadi. Ba’zi ma’lumotlar statistik 
kuzatuvning alohida shakllari - qayta ro‘yxatga olish va tekshirishlar yordamida 
olinadi. Uzluksiz kuzatib bo‘lmaydigan ommaviy hodisalarni tavsiflash uchun 
dastlab kuzatish usulidan keng foydalaniladi. 
Tarmoqlar, xalq xo‘jaligi miqyosidagi xo‘jalik hodisalarini tavsiflovchi 
ma’lumotlar asosan maxsus davlat statistika organlari - Makroiqtisodiyot va 
statistika vazirligining statistika boshqarmasi tomonidan olinadi va ishlab 
chiqiladi. Dastlabki materiallarni ilmiy ishlash va taxlil qilish olingan 
ko‘rsatkichlarni ular tomonidan yig‘ish va guruhlash, o‘rtacha sonlar usuli, nisbiy 


15 
jamlash, indekslar, dinamik qatorlar va shu kabi maxsus usullardan foydalanish 
yordamida amalga oshiriladi. 
Statistik hisobning ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun ham barcha 
mavjud o‘lchovlar - natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan, o‘rganilayotgan 
hodisaning mazmuni va qo‘yilgan vazifalariga qarab foydalaniladi. 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin