317
−
Aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha aksiz to‘lanadigan
tovarlar ishlab chiqaruvchi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qaroriga binoan aksiz solig‘ini to‘lovchi etib belgilanishi
mumkin.
Aksiz solig‘ining stavkalari mutlaq summada (qat’iy)
belgilangan aksiz
to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan baza aksiz to‘lanadigan
tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi.
Sotilish qiymatiga:
D-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti;
K-t 9010-"Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar" schyoti.
Aksiz solig‘i qiymatiga:
D-t 9010-"Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar" schyoti.
K-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti.
Aksiz solig‘i byudjetga o‘tkazilganda:
D-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti.
D-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti.
Foyda solig‘ining hisobi.
Hisobot davri tugagach yilik moliyaviy hisobot
tuzishda 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar» va 9820 «Foydadan hisoblangan
boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlarining
debetida hisobga
olingan soliqlar summasi 9910 «YAkuniy moliyaviy natija» schyotining debetiga
o‘tkaziladi: D-t 9910 «YAkuniy moliyaviy natija», K-t 9810 «Foyda solig‘i
bo‘yicha xarajatlar» va 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar
bo‘yicha xarajatlar» schyotlari.
Demak, foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar)
summasidan foyda
solig‘ini (9810-schyoti) va foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar
(9820-schyoti) summasini ayrib tashlagandan so‘ng hisobot davrining sof foydasi
(zarari) chiqadi va u moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-sonli shakl)ning
270-satrida ko‘rsatiladi.
Sub’ektlar o‘zining faoliyati jarayonida Soliq kodeksiga
asosan belgilangan
soliqlar bo‘yicha yil davomida o‘rnatilgan grafikka asosan soliqlar bo‘yicha bo‘nak
318
summalarini to‘lab boradilar. Ushbu to‘langan bo‘naklar yilning ohirida yakuniy
moliyaviy natijalarga olib boriladi va quyidagi schyotlarda hisoblanadi.
•
9810- Foyda solig‘i bo‘yicha sarflar.
•
9820- Foyda hisobidan ajratmalar bo‘yicha sarflar.
9810- Foyda solig‘i bo‘yicha sarflar, 9820-
Foyda hisobidan ajratmalar
bo‘yicha sarflar schyotlarining debeti yil davomida to‘langan soliqlar, yig‘imlar va
byudjetga boshqa ajratmalar hisobga olinadi. Ushbu schyotlardagi summalar 9910-
yakuniy moliyaviy natija schyotining debeti bilan yopiladi (Debet 9910 va Kredit
9800).
Dostları ilə paylaş: