D. Q. Usmanova


O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/131
tarix11.10.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#154134
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   131
1. Buxgalteriya xisobi (1)

O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi 
korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar hisobiga 
tashkil topadi. 
Foyda solig‘i O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining tarkibiy elementi
hisoblanib, milliy daromadlarni qayta taqsimlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 
Mazkur soliq bevosita soliq bo‘lib, uning summasi korxona xo‘jalik 
faoliyatining pirovard moliyaviy natijasi bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Foyda solig‘i to‘lovchilari soliq solinadigan foydaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar 
hisoblanadi. 


314 
Soliq to‘lovchilar yilning birinchi choragi, yarim yillik, to‘qqiz oylik va yil 
yakuni bo‘yicha mustaqil ravishda yil boshidan boshlab o‘sib boruvchi jamlash 
tartibida foyda solig‘i summasini soliqqa tortiladigan haqiqatda olingan foydadan 
berilgan imtiyozlar va belgilangan soliq stavkalarini hisobga olgan holda hisoblab 
boradilar. 
2004 yilning 1 yanvaridan mulk shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik 
yurituvchi subektlarda qo‘llaniladigan yangi schyotlar rejasida byudjet bilan olib 
boriladigan operatsiyalarni hisobga olib borish uchun 11 ta balansli va 2 ta 
balansdan tashqari schyotlar belgilangan bo‘lib, ular quyidagilar:
Balansli schyotlar: 0950 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda 
solig‘i»; 3210 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i»; 4410 
«Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari»; 6240 «Soliqlar va 
majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar»; 6250 «Vaqtinchalik 
farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar»; 6410 
«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz»; 7240 «Soliqlar va majburiy to‘lovlar 
bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar»; 7250 «Vaqtinchalik farqlar 
bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar»; 8840 
«Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari»; 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha 
xarajatlar»; 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha 
xarajatlar» schyotlarni o‘z ichiga oladi. 
Balansdan tashqari schyotlarga esa: 012 «Kelgusi davrlarda soliq solinadigan 
bazadan chiqariladigan xarajat» 013 «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari 
bo‘yicha)» schyotlar kiradi.
YUqorida keltirilgan schyotlarning oldiga qo‘yilgan vazifalar turlicha. Bu 
vazifalarni buxgalterlar chuqur anglab amaliyotda ulardan to‘g‘ri foydalanishlari 
zarur. 
0950 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i» schyotida 
hisobot davrida to‘lanadigan soliqning kechiktirilgan qismi hisobga olinadi. SHu 
bilan birga ushbu summa balansdan tashqari 012 «Kelgusi davrlarda soliq 


315 
solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar» schyotning kirimiga yozib 
qo‘yiladi. 
Hisobot davri oxirida ushbu summa soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shib Foyda 
solig‘iga tortiladi.
Bu vaqtda hisoblangan bo‘nak Foyda solig‘i summasi 9810 «Foyda solig‘i 
bo‘yicha xarajatlar» schyotining debetida quyidagicha yoziladi: D-t 9810 «Foyda 
solig‘i bo‘yicha xarajatlar», K-t 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari 
bo‘yicha)» schyoti. 
Ushbu summa belgilangan muddatlarda byudjetga o‘tkazib berilsa 6410 
«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti debetlanib, 5110 
«Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi. 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin