D. Q. Usmanova


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobi



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/131
tarix11.10.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#154134
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   131
1. Buxgalteriya xisobi (1)

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobi. 
Ushbu soliqni 
to‘lovchilar o‘z faoliyatida suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslar hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish va texnika ehtiyojlari uchun er usti va er osti manbalaridan 
foydalanilgan suv resurslarining hajmi, ya’ni yuridik shaxslar foydalangan suv 
resurslarining butun hajmi suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish 
ob’ekti hisoblanadi. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Soliq kodeksining 257-264 
moddalari bo‘yicha tartibga solinadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
stavkalari O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi va 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat Soliq qo‘mitasi 
tomonidan soliq to‘lovchilarga belgilangan tartibda etkaziladi. 
Er osti va er ustidagi manbalardan suv kelib tushadigan vodoprovod 
tarmog‘idagi suvdan foydalanilgan holda soliq tegishli manbalar uchun 
belgilangan stavkalar asosida hisoblab chiqiladi. Tumanlar va shaharlar davlat 
soliq inspeksiyalari suv etkazib beruvchi korxonalardan vodoprovod tarmog‘iga er 
osti va er ustidagi manbalardan kelib tushadigan suv hajmlarining nisbati haqidagi 
ma’lumotlarni olishi va ularni soliq to‘lovchilar e’tiboriga havola etishi lozim. 


326 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan 
bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. 
YUridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon 
xo‘jaliklari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi davlat 
soliq xizmati organlari tomonidan soliq solinadigan bazadan va belgilangan 
stavkalardan kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov 
xabarnomasi yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon 
xo‘jaliklariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobot davridan keyingi 
yilning 1 fevralidan kechiktirmay topshiriladi. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoblanganda: 
D-t 9430-"Boshqa operatsion xarajatlar"
K-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" 
Ushbu soliq byudjetga to‘langanda quyidagicha provodka beriladi: 
D-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik"
K-t 5110-"Hisob-kitob schyota"

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin