329
Qisqacha xulosa
Soliqlar – bu jismoniy va yuridik shaxslar daromadlari
hamda mulklaridan
ma’lum (qonunda belgilangan) bir qismini davlatning
moliyaviy imkoniyatini
ta’minlash
maqsadida majburiylik, qaytarmaslik, davlat majburlovini qo‘llashlik
asosida byudjetga o‘tkazishning birdan-bir qonuniy usulidir.
Soliqlar milliy daromadni davlat tasarrufiga olishning
eng muhim vositasiga
aylangani sababli, ular makroiqtisodiyotni tartibga solishda borgan sari muhimroq
rol o‘ynamoqdaki, YAMM umumiy hajmida soliq tushumlari salmog‘ining
ko‘payishi buning ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Soliq hisobini yuritishning zarurligi nimada?
2. YUridikshaxslarbyudjetgaqaysiturdagisoliqlarnito‘laydi?
3. Byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga majburiy ajratmalar hisobi?
4. Kichik biznes sub’ektlari qaysi turdagi soliqlarni to‘laydi?
5. Kichik biznes sub’ektlarda soliqlarning soddalashtirilgan
hisobi va hisobotini
tuzish tartibi tasniflang?
6.YAgona er solig‘i hisobinitasniflang?