D. Q. Usmanova


Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/131
tarix11.10.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#154134
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   131
1. Buxgalteriya xisobi (1)

13.1. Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi 
Moliyaviy hisobot – xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan mahsulot (ish va 
xizmat) lar sotish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui bo‘lib, u subektning 
moliyaviy - xo‘jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik) ga qiymat 
ko‘rinishida aks etishidir. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va xizmat) lar, 
ishlab chiqarish xarajatlari, xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish 
manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
Hisobot ma’lumotlari bo‘yicha korxona rahbari mulkdorlar, ta’sischilar, 
boshqaruv va nazorat tizimi, yuqori tashkilotlar oldida hisobot beradilar. 
Birinchi navbatda shuni aytish joizki, korxonalar majburiy tartibda quyidagi 
foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi: ta’sis hujjatlariga binoan 
mulkdorlarga; 
davlat 
soliq 
inspeksiyasiga; 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
qonunchiligiga binoan korxona faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish va 
tegishli hisobotni olish vazifalari yuklatilgan boshqa davlat organlariga. Amaldagi 
qonunga binoan:
48
- barcha korxona va muassasalar uchun 1- yanvardan 31- dekabrgacha bo‘lgan 
davr hisobot yili hisoblanadi;
48 
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni. 1996y. 


331 
- yangi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili 
bo‘lib, ular yuridik huquqqa ega bo‘lgan sanadan shu yilning 31- dekabrigacha 
bo‘lgan davr hisoblanadi. 1- oktabrdan keyin tashkil etilgan korxonalar uchun 
ularning yuridik huquqqa ega bo‘lgan sanadan keyingi yilning 31- dekabrigacha 
bo‘lgan davrni birinchi hisobot yili deb hisoblashga ruxsat beriladi; 
- korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O‘zbekiston 
Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar. 
Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va korxonaning 
xo‘jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to‘g‘risidagi yillik 
buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lib matbuotda e’lon 
etilishi mumkin. E’lon qilingan hisobotning to‘g‘riligi mustaqil auditorlik 
tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi. 
Korxonaning 
yillik 
buxgalteriya 
hisoboti 
tegishli 
tashkilotlarga 
topshirilishidan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va 
tasdiqlanadi. Qonunga muvofiq yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish 
nazarda tutilgan: 
1- «Korxona balansi»; 
2- «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»; 
3- «Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot»; 
4- «Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot»; 
5- «Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot». 
Ushbu hisobotlarga qo‘shimcha holda «Debitorlik va kreditorlik qarzlari 
to‘g‘risida ma’lumot» ham topshiriladi.
49
SHuningdek, hisobot shakllariga izohlar,
hisob – kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi.
Balans chorak va yillik hisobot tarkibiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans 
bo‘lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to‘g‘risida axborot 
beradi, chunki mulkning qiymati jami ko‘rsatkichga quyidagi moddalar bo‘yicha 
eskirishini chiqarib tashlab ko‘rsatiladi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va 
49
O‘z.R. moliya vazirligining 140-sonli buyrug‘i 2002 yil 27 dekabrdagi 
50
Konsolidallashgan hisobot 8 –sonli milliy standart 


332 
boshqalar, foyda summasi esa, jamiga faqat hisobot davrida taqsimlanmagan foyda 
hajmiga qo‘shiladi. Lekin xo‘jalik faoliyatini tahlil etish maqsadida balansda 
quyidagi ko‘rsatkichlar saqlanib qolgan: dastlabki qiymat va ularning eskirishi, 
olingan foyda. 
SHu’ba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo‘lgan korxonalar 
konsolidallashgan moliyaviy hisobot tuzadi. SHu’ba korxonalarga qo‘yilgan 
qo‘yilmalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qo‘yilmalari 
sifatida aks ettiriladi. 
YUridik shaxslar o‘zlarining filiallari, vakilliklari va boshqa strukturoviy 
bo‘linmalarini mustaqil balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va 
boshqa hisobot shakllari tegishli yuridik shaxsning konsolidallashgan hisobotiga 
albatta qo‘shiladi. 
Konsolidallashgan hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti ilova 
qilinadi. Konsolidallashgan hisobot 8 –sonli milliy standartga binoan tuziladi.
50
Lekin vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlari bo‘yicha tuziladigan yig‘ma 
moliyaviy hisobotlar bundan mustasno. 
Yillik moliyaviy hisobot quyidagi hajmda topshiriladi: 

buxgalteriya balansi (1-shakl); 

moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl); 

asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot (3-shakl); 

pul oqimlari to‘g‘risida hisobot (4-shakl); 

xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-shakl); 

debitor va kreditor qarzlari to‘g‘risida ma’lumot (2-a-shakli). 
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat quyidagi shakllardan iborat bo‘lgan 
yillik moliyaviy hisobot topshiradi: 
a) buxgalteriya balansi (1-shakl); 
b) moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl); 
e) debitor va kreditor qarzlari to‘g‘risida ma’lumot (2-a-shakli). 


333 
Xo‘jalik yurituvchi subektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi 
banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi. 
Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlar, sug‘urta kompaniyalar, banklar, fond va 
tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar, hisobotda 
keltirilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini auditorlar tomonidan tasdiqlangandan so‘ng, 
yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayigacha 
albatta matbuotda elon qilinishi kerak. 
Xo‘jalik yurituvchi subekt tugatilganda tugatish bo‘yicha moliyaviy hisobot 
tuzadi. Korxonani tugatilishi bo‘yicha muomalalarning buxgalteriya hisobi, 
tugatish balansi va hisobotini tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash ishlari tugatish 
komissiyasiga yuklatiladi. SHubhali qarzlar va zararlar tugatish balansga 
qo‘shilmaydi. 
Tugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish vaqtiga hisoblangan 
foizlar bilan birga aks ettiriladi. Korxona balansining aktiv va majburiyat 
moddalari sinchiklab o‘tkazilgan inventarizatsiya bilan asoslanishi kerak. 
Moliyaviy 
hisobotlarni 
o‘z 
vaqtida 
tuzishni 
ta’minlash 
uchun 
buxgalteriyaning barcha bo‘limlari ishlarini bajarish muddatlarini ko‘rsatib yig‘ma 
ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi qo‘lda yuritilsa, grafik bilan belgilangan 
muddatlarda jurnal - orderlarning jami chiqariladi, zarur bo‘lsa bir registrdagi 
summa boshqa registrlarga o‘tkaziladi va har bir schyotning oboroti muqobil 
tekshiriladi. Jurnal - order shaklida hisob yuritilganda oy oxiriga qolgan 
summalarini o‘tkazish va hisob registrlarini yakunlash bo‘yicha hisob ishlarining 
ketma - ketligi quyidagicha: 
- ma’lumotnoma - varaqalaridan debet va kredit oborotlari jurnal - orderlar va 
qaydnomalarga o‘tkaziladi, bunda rasshifrovka - varaqalari va jurnal orderlarda 
tegishli belgilar qo‘yiladi; 
- 5010- schyotining debeti bo‘yicha 1- qaydnoma va 5110- schyotining debeti 
bo‘yicha 2- qaydnomalarning yig‘indisi 3, 10/1, 13- jurnal orderlariga o‘tkaziladi; 


334 
- 7, 12, 14, 15, 16, 17 va boshqa qaydnomalarning analitik hisob yig‘indisi 
hisoblab chiqariladi, shundan keyin jami ma’lumotlari tegishli jurnal - orderlarda 
aks ettiriladi; 
- jurnal orderlarning kredit oborotlari jami hisoblab chiqiladi. 
Agar jurnal-orderlarda schyotlar bo‘yicha analitik ma’lumotlar aks ettirilgan 
bo‘lsa, ma’lumotlar jamlab chiqiladi va keyingi oy boshiga qoldiq aniqlanadi, 
bog‘lanuvchi schyotlar bo‘yicha aloqasi bor schyotlarning turli registrlari jami 
taqqoslanadi. Masalan, 1- jurnal - orderdagi 5010- schyotining jami 2- 
qaydnomadagi 5010- schyoti jami bilan taqqoslanadi. Bunday ko‘rsatkichlarni 
taqqoslab tekshirish barcha jurnal - orderlar bo‘yicha bajariladi. 
Bundan keyin ma’lumotlar jurnal - orderlardan bosh daftarga o‘tkaziladi. 
Undan keyin har bir sintetik schyot bo‘yicha debet oborotlari chiqarilib keyingi 
oyning 1- kuniga qoldig‘i chiqariladi. Bosh daftarga ma’lumotlar faqat jurnal - 
orderlardan olib yoziladi. 
Jurnal-orderlar ma’lumotlari bosh daftarga o‘tkazilgandan so‘ng jurnal-
orderlarda quyidagicha izoh beriladi: «Oborotlar summasi bosh daftarda aks 
ettirildi» va sanasi, ijrochi hamda bosh buxgalterning imzolari qo‘yiladi. 
Bosh daftarda schyotlarning qoldig‘i chiqarilgandan so‘ng ular analitik 
ma’lumotlar bilan tekshiriladi, jurnal - order shaklining registrlari ma’lumotlari 
bo‘yicha balans va boshqa hisobot jadvallari tuziladi. 
 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin