14.2. Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan
usullari
Xo‘jalik yurituvchi subekt boshqaruv hisobining tizimini tashkil qilayotganda
ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarni umumiy schyotlar
rejasidan ajratishni taqozo qiladi. Demak, boshqaruv hisobini yuritish uchun ayrim
schyotlarning rejasini tuzish yoki umumiy rejadan tegishli schyotlarni ajratib olish
lozim. O‘zbekistonda ikkinchi usul, ya’ni tegishli schyotlarni schyotlar rejasidan
351
ajratib olish orqali boshqaruv hisobi yuritilyapti. Boshqaruv hisobi schyotlarini
ajratib olgan holda yuritish natijasida:
a) boshqaruv tarkiblarini axborotlar bilan ta’minlashni yaxshilashga olib
kelmoqda;
b) ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi to‘g‘risidagi tijorat sirini saqlashga
yordam bermoqda;
v) ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning rentabellik darajasini sir
saqlashga yordam bermoqda.
Boshqaruv hisobini tashkil qilishning turlari va uning moliyaviy hisob bilan
o‘zaro aloqasi, ya’ni mustaqil (avtonom), integrallashgan buxgalteriya hisobi
usullari iqtisodchi olimlar tomonidan chuqur o‘rganilmoqda va amaliyotda
qo‘llashga taklif qilinmoqda.
Buxgalteriya hisobining mustaqil (avtonom) variantida moliyaviy va
boshqaruv hisob tizimi yopiq hisoblanadi. Moliyaviy hisobni yuritadigan
buxgalteriyada xarajatlar iqtisodiy elementlari bo‘yicha guruhlashtirilsa, boshqaruv
hisobida esa kalkulatsiya moddalari bo‘yicha turkumlashtiriladi. Ushbu ishlab
chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun mustaqil schyotlarning kodi tanlab
olinadi. Ular ekran-schyotlar, tranzit yoki oyna schyotlar deb ham yuritiladi.
CHunki sarflangan xarajatlar ushbu schyotlarda o‘zlarining aksini ko‘radilar.
Moliyaviy hisobni yuritadigan buxgalteriya esa ushbu xarajatlarning sodir bo‘lgan
joylarini aks ettirmaydi va tayyor mahsulotlar bo‘yicha sarflangan umumiy
xarajatlarnigina aks ettirgan axborotlarni beradi. SHuning uchun ham moliyaviy
hisobda faqatgina sarflarning umumiy miqdorini olish mumkin.
Boshqaruv hisobi esa ushbu ishlab chiqarish xarajatlarini bo‘laklarga ajratadi,
ya’ni sarflangan tovar-moddiy zaxiralari, mehnat sarflari, asosiy vositalarning
eskirishi, ijara to‘lovlari, yonilg‘i, suv, energiya sarflari qaerlarga sarflanganiga
qarab ayrim olingan holda ko‘rsatiladi.
SHu bilan bir qatorda mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan
daromadlar turlari bo‘yicha moliyaviy hisobda ham, boshqaruv hisobida ham
ko‘rsatiladi.
352
SHunday qilib, moliyaviy hisob olingan umumiy daromad va sarflangan
umumiy xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘adi. Ushbu ma’lumotlarga
asoslangan holda manfaatdor shaxslar kalkulatsiya qilish sirlariga chuqur kirib
bormay soliqlarning to‘g‘ri hisoblanganligini tekshirishi mumkin. Ushbu holat
faqatgina bozor iqtisodiyotiga mos kelmaydigan davlatlarning hozirgi faoliyatiga
to‘g‘ri kelmaydi. CHunki amaliyotda ko‘pchilik holatlarda soliq organlari xo‘jalik
yurituvchi subektning xarajatlarining turlari, kalkulatsiya qilish usullarining
qo‘llanishini mahsulotni tannarxdan past bahoda sotish natijasida soliq summasini
kamaytirish holatlarining oldini olish va jazolash maqsadida chuqur va har
tomonlama tekshiradilar.
Boshqaruv hisobida qo‘llanilayotgan ayrim schyotda xo‘jalik yurituvchi
subektning ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha ikkita moliyaviy natija aniqlanadi-
marjinal daromad va foyda summasi. Agarda ishlab chiqarish jarayonidagi hamma
xarajatlar o‘zgaruvchan xarajatlar bo‘lsa u vaqtda marjinal daromad va foydaning
summasi bir xil bo‘lib qoladi, umuman olganda amaliyotda mahsulotni sotishdan
olingan daromadning summasidan o‘zgaruvchan xarajatlar chegirilib marjinal
daromadning summasi aniqlanadi va ushbu marjinal daromad summasidan ishlab
chiqarishning ustama xarajatlari chegirilsa qolgan summa foyda hisoblanadi.
Moliyaviy hisobda 9900 schyotda daromad va xarajatlar yig‘ilib balansda aks
ettiriladigan foyda summasi shakllantiriladi. Ushbu foyda asosiy ishlab chiqarish
faoliyati, muomalaviy, moliyaviy faoliyatdan va favqulodda hodisalarning natijasi
bo‘yicha olinishi mumkin. Ushbu tartibni tushunishni osonlashtirish uchun ayrim
cheklanishlarga yo‘l qo‘yiladi, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subekt faqat asosiy ishlab
chiqarish faoliyatini amalga oshiradi va muomalaviy faoliyatlari, moliyaviy
faoliyatlari yo‘q deb faraz qilinadi.
Moliyaviy buxgalteriyada hisobot davrining oxirida foyda qo‘yidagi tartibda
hisoblab chiqiladi:
-
tovar-moddiy
zaxiralarning
qiymati
faqatgina
yilning
oxirida
inventarizatsiya natijalaridan keyin boshqaruv hisobining ma’lumotlariga muvofiq
qayd qilinadi.
353
- moliyaviy natija esa hisoblangan daromad summasiga yilning oxirida TMQ
qoldiq summasining ko‘payishiga qo‘shilib ushbu olingan ko‘rsatkichdan
sarflangan umumiy xarajatlarning chegirilishi natijasida aniqlanadi.
Hisobning integrallashgan tizimida esa schyot-ekranlar qo‘llanilmaydi, balki
buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Natijada boshqaruv hisobida
qo‘llanilayotgan schyotlarning qoldiq summasi moliyaviy hisobda qo‘llanilayotgan
ushbu schyotlarga taalluqlidir. Subektning faoliyati bo‘yicha sarflarni aniqlash
uchun moliyaviy hisobda faqatgina ushbu schyotlarning qoldig‘i aks ettiriladi va
ularning muomalalari va jamlangan aylanma summalari boshqaruv hisobining
schyotlarida yoritiladi.
Misol: 2800 -"Tayyor mahsulotlar" schyotlarining guruhida faqatgina
boshqaruv hisobining ushbu schyotidan berilgan ma’lumotga asosan tegishli
mahsulotlarning qoldig‘i ko‘rsatiladi, ushbu qoldiqni topishgacha bo‘lgan hamma
muomalalar, tayyor mahsulotlarni qabul qilish, chiqarish muomalalari, ularning
umumiy summalari boshqaruv hisobining ushbu schyotida qayd qilib boriladi.
Boshqa jarayonlar- tugallanmagan ishlab chiqarishning qoldiq summasi, TMZ
qoldiq summasi, moliyaviy natijalarning ko‘rsatkichlari ham shu tartibda
moliyaviy va boshqaruv hisoblarida yoritiladi. Tegishli ma’lumotlarni bir tizimdan
ikkinchi tizimga o‘tkazish ayrim olgan schyotlar (masalan, 4100 yoki 6100) orqali
amalga oshirilib hisobot davrining ohirida ushbu schyotlar yopiladi va ularda
qoldiq bo‘lmaydi.
Boshqaruv hisobi tizimini yaratishdagi asosiy omil bu ushbu ma’lumotlarning
samaradorligidir. CHunki asosiy maqsad shu hisobning ma’lumotlariga tayangan
holda qabul qilingan qarorlarning natijasidan iqtisodiy naf olishdir. SHuning uchun
ham boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish uchun ketgan xarajatlarni uning
ma’lumotlariga asosan qabul qilingan qarorlardan ko‘rilgan iqtisodiy naflar
qoplasa va ulardan ortiqcha bo‘lsagina ushbu tizim tashkil qilinadi.
Ushbu holatda shuni ham etiborga olish lozimki, tegishli qarorlardan olingan
naflar darhol ko‘zga tashlansa ham boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish sarflarini
qoplash uzoq vaqt davom qilishi mumkin. SHuning uchun boshqaruv hisobining
354
iqtisodiy samardorligi uni qo‘llash doirasiga va ma’lumotlarni yig‘ish va ularga
ishlov berishni avtomatlashtirish darajasiga bog‘liq. Amaliyotda mamlakatimizda
buxgalteriya hisobi tasdiqlangan umumiy schyotlarning rejasiga asosan
(integrallashgan) yuritiladi.
Moliyaviy va boshqaruv hisobining integrallashgan tizimini yaratish eng
avvalo tasdiqlangan schyotlarning rejasiga asoslangan holda schyotlar rejasini
ishlab chiqish va hisob siyosatiga kiritishdir.
Dostları ilə paylaş: |