Reja
14.1. Boshqaruv hisobining predmeti va usullari
14.2. Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan
usullari
14.3. Boshqaruv va moliyaviy hisoblarining schyotlarida xo‘jalik
muomalalarini qayd qilish
14.4. Xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilish
tizimini turkumlash
14.1. Boshqaruv hisobining predmeti va usullari
Boshqaruv hisobi - xo‘jalik yurituvchi subekt axborot tizimining tarkibiy
qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishning samaradorligi
tarkibiy bo‘linmalar, subekt xizmatlari bo‘limlarining faoliyati haqidagi ma’lumot
bilan ta’minlanadi. Bu ma’lumotni boshqaruv hisobi to‘g‘ri boshqaruv qarorlarni
qabul qilish maqsadida subektning ichida faoliyat ko‘rsatayotgan turli darajadagi
boshqaruvchilar uchun shakllantiradi.
Boshqaruv hisobining mazmuni boshqaruv maqsadlari bilan aniqlanadi: u
ichki bo‘linmalarning boshqaruvchilari oldiga qo‘yilgan qiziqish va maqsadlarga
binoan ma’muriyat qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin.
Boshqaruv hisobining mazmunini o‘rganishga uni subektning butun axborot-
nazorat tizimi sifatida tavsiflovchi belgilar to‘plamini ko‘rib chiqishga yordam
beradi: axborot bilan ta’minlanishining uzluksizligi, maqsadga yo‘naltirilganligi,
to‘liqligi, jamoatning obektiv iqtisodiy qonunlaridan foydalanishda amaliy aks
ettirilishi, o‘zgaruvchan tashqi va ichki sharoitlarda boshqaruv obektlariga ta’sir
ko‘rsatish darajasi va hokazolar.
Boshqaruv hisobining mazmuni - tezkor boshqaruv qarorlari va subektning
kelajakdagi rivojlanish muammolarining muvofiqlashtirish uchun ma’lumotni
tizimlashtiruvchi xarajatlar va daromadlar, me’yorlashtirish, rejalashtirish, nazorat
qilish va tahlil qilish hisobining integratsiyalashgan tizimidan iborat.
348
Taklif etilgan tavsif shu mavzuda ko‘rilgan obektlar, belgilar, masala va
maqsadlardan kelib chiqqan holda berilgan. Boshqaruv hisobining mazmunini
tavsiflab uning muhim xususiyatini belgilash lozim, chunki boshqaruv hisobi
boshqaruv jarayonini hisob jarayoni bilan bog‘laydi.
Boshqaruv predmeti bo‘lib obektga ta’sir ko‘rsatish jarayoni yoki ishlab
chiqarishning maksimal samaradorligiga erishish uchun insonlar faoliyatini tashkil
etish va muqobillashtirish maqsadidagi boshqaruv jarayoni hisoblanadi. Boshqaruv
-
boshqaruv
predmetini
rejalashtirish,
tashkil
etish,
muvofiqlashtirish,
stimullashtirish va nazorat qilish yordamida ta’sir ko‘rsatadi. Boshqaruvning
maqsadlari va masalalariga javob beruvchi o‘z tizimini yaratib boshqaruv hisobi
ayni shu funksiyalarni bajaradi.
Hozirgi vaqtda boshqaruv hisobining predmetini aniqlovchi aniq belgilar
mavjud emas. Mualliflar hozirgacha buxgalteriya hisobining umumiy va
boshqaruv hisobining qisman mazmunini tushuntirish bilan chegaralanganlar. Bu
borada, subektning faoliyatini boshqarish tizimi va uslublari o‘zgarmoqda, shuning
bilan boshqaruv hisobining protsedura (muolaja)si va mazmuni ham o‘zgarmoqda.
Bu ayniqsa turli tashkiliy tizimli, o‘zgaruvchan tashqi omillarning ta’sirchan
(inflatsiya, sanoatning tizimli qayta qurilishi va hokazo)ligiga ta’lluqli. SHu erdan
boshqaruvning obektlari va subektlarining ro‘yxati o‘zgaradi.
Boshqaruv haqidagi fan boshqaruv hisobi predmeti haqidagi konsepsiyani
ham shakllantiradi.
Boshqaruv hisobining predmeti bo‘lib umumiy ko‘rinishda ishlab chiqarishni
boshqarish butun sikli jarayonidagi obektlarning jamlamasi hisoblanadi.
Predmetning mazmunini uning ko‘p obektlari ochadi va ularni ikki guruhga
birlashtirish mumkin: subektning xo‘jalik faoliyati jarayonida odamlarning
mehnatini ma’lum maqsadga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi ishlab chiqarish
resurslari; to‘plamda subektning ishlab chiqarish faoliyatini tuzuvchi xo‘jalik
jarayonlari va ularning natijalari.
Ishlab chiqarish resurslarining tarkibiga quyidagilar kiradi: asosiy
jamg‘armalar - bu mehnat vositalari, ularning holati va foydalanilishi; nomoddiy
349
aktivlar - uzoq muddatli qo‘yilmalarning obektlari (Erdan foydalanish huquqi,
standartlar, litsenziyalar, savdo belgilari va boshqalar), ularning holati va
foydalanilishi; moddiy resurslar- mehnat vositasi yordamida ishlab chiqarish
jarayonida qayta ishlov berish uchun mo‘ljallangan mehnat buyumlari.
Boshqaruv hisobida bu resurslar ishlab chiqarish zaxiralari sifatida subektning
omborlarida, sex omborlarida va bo‘linmalarda, ishlab chiqarish bo‘limining
omborlarida va tayyor mahsulot omborigacha ishlab chiqarish bosqichining
darajalari bo‘yicha ularning harakati jarayonida ko‘rsatilgan. Ular xom-ashyoni
sanoatning qazib oluvchi tarmog‘ining mahsuloti, qishloq xo‘jaligi mahsuloti
sifatida; shu va boshqa subektlarda oldindan ishlov berilgan materiallar sifatida
(YATM - tayyorlanmalar, quyilmalar, detallar, uzellar va boshqalar); hozirgi
davrda subektda mavjud mehnat resurslari, mehnat resurslaridan maqsadga
muvofiq faoliyat jarayonida foydalanishi va mehnatning natijasi sifatida ko‘radilar.
Boshqaruv hisobi obektlarining ikkinchi guruhiga quyidagilar kiradi:
- ta’minot-tayyorlov- ishlab chiqarish ta’minoti va ta’miri, shuningdek
ta’minot jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan marketing faoliyati uchun mo‘ljallangan
sotib olish, saqlash, ishlab chiqarishni xom-ashyo resurslarini sotib olish bilan,
yordamchi materiallar va ehtiyot qismlari bilan ishlab chiqarish uskunasi bilan
ta’minlash;
- ishlab chiqaruvchi- ishlab chiqarish texnologiyasi tomonidan shartlangan va
asosiy hamda yordamchi muomalalardan tashkil topgan jarayonlar; ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarni takomillshatirish va yangilarini ishlab chiqarish
bo‘yicha muomalalar;
- moliyaviy-sotuv - mahsulotni sotish bozorini shakllantirish bo‘yicha
marketing tadqiqotlari va muomalalar; to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuv muomalalari,
bularga qadoqlash, transportirovka qilish va boshqa turdagi ishlar kiradi;
reklamadan boshlab to istemolchilar bilan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish bilan tugab
sotish hajmining o‘sishiga yordamlashuvchi muomalalar; ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning sifatini nazorat qilish;
350
- tashkiliy- subektning tashkiliy tizimini tuzish, subektning tizimidan
funksional bo‘limlarni, xizmatlarni, sexlarni, bo‘linmalarni ajratish; tizimli
bo‘linmalar, rejalashtirish, nazorat qilish, rejani bajarishni baholash,
rag‘batlantirish vazifalariga to‘g‘ri keladigan boshqaruvning turli darajalari
o‘rtasidagi ichki kommunikatsion aloqalarning talablariga javob beruvchi to‘g‘ri
va qaytaruv aloqali axborot tizimini subektda tashkil etish; subektning asosiy
maqsadini bajarishga qaratilgan ichki ijrochilarning harakatlarini muqobillashtirish
muomalalari.
Boshqaruv hisobi obektlarining boshqacha guruhlashtirilishi tanlanishi
mumkin, lekin har bir holatda u boshqaruvning asosiy maqsadlariga javob berishi
kerak.
Boshqaruv hisobi tizimida uning obektlari ma’lum ixtisosli yo‘nalishda aks
ettirishga ega. Birinchi o‘rinda ishlab chiqarish resurslarining holati, harakati,
subektning xo‘jalik faoliyati jarayonida maqsadli ishlatilishida aks ettiriladi.
Ularning yordamida subektning axborot tizimida boshqaruv hisobining
obektlari akslanuvchi turli qo‘llanma va usullarning jamlami boshqaruv hisobining
uslubi deyiladi. U quyidagi elementlardan iborat: hujjatlashtirish, inventarizatsiya,
nazorat schyotlarini baholash, guruhlashtirish va umumlashtirish, meyorlashtirish,
rejalashtirish va limitlash, nazorat va tahlillardan iborat.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, uslubning hamma elementlari bir-biridan
alohida emas, boshqaruv masalalarini yechishga qaratilgan ichki xo‘jalik
aloqalarini tashkil etish tizimida harakat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |