327
organlariga davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar bo‘yicha hisob-
kitoblar alohida taqdim etilmaydi,
shuningdek pensiya, yo‘l, ta’lim va tibbiyot
muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash
va jihozlash
jamg‘armasi jamg‘armalariga majburiy ajratmalar summalarini alohida
to‘lanmaydi.
YAgona er solig‘i hisobi.
YAgona er solig‘ini to‘lovchilar quyidagilardir:
−
qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar;
−
qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-
eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassasalarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari.
Bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar soliq
solish maqsadida qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar jumlasiga kiradi:
•
er uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi
mahsulotini
etishtirish va o‘zi etishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud er
uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish
asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik shaxslar;
•
qishloq xo‘jaligini yuritish uchun mahalliy
davlat hokimiyati organlari
tomonidan o‘zlariga belgilangan tartibda berilgan er uchastkalariga ega bo‘lgan
yuridik shaxslar;
•
qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va o‘zi etishtirgan mazkur
mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan
qishloq xo‘jaligi mahsulotini o‘z ichiga oluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotini
etishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50
foizni tashkil etadigan
yuridik shaxslar.
2017 yil 1 yanvardan boshlab, Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari
uchun qishloq xo‘jaligi erlarining normativ qiymatidan kelib chiqib, yagona er
solig‘ining stavkasi 6 foizligi saqlanib qolindi.
Dostları ilə paylaş: