336
Sof aylanma mablag‘lar yoki kapital hajmi korxona tomonidan o‘z
qarzini
to‘lagandan so‘ng uning potensial rivojlanish qobilyatini ta’riflaydi. Sof aylanma
mablag‘lar yoki kapitalning koeffitsenti quyidagicha topiladi:
Sof aylanma = Mahsulot ishlab chiqarish / Sof aylanma kapital
Bu koeffitsent bir so‘mlik sof aylanma kapitaliga
necha pullik hali ishlab
chiqarishga sarflanmagan moddiy zahiralar to‘g‘ri kelishini ta’riflaydi. Bunday
ma’lumotlarga asosan korxona menedjerlari korxona
holatini rivojlantirish
bo‘yicha tegishli qarorlarni qabul qilishadi.
Balans ma’lumotlaridan foydalanadigan tashqi qiziquvchilar uchun korxona
kapitalining tuzilishi ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega.
Kapitalning tuzilishi ko‘rsatkichlari korxonaga uzoq muddatli qo‘yilmalar
qo‘ygan investorlar va kreditorlarning manfaatlarini
himoya qilish darajasini
ta’riflaydi. Ular korxonaning uzoq muddatli qarzlarini to‘lash qobiliyatini aks
ettiradi.
Mulk koeffitsenti (yoki xususiy kapitalni konsentratsiyalash koeffitsenti)
quyidagicha topiladi:
Mk = Xususiy kapital / Aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati
Bu koeffitsent bir birlikka teng yoki undan ortiq bo‘lishi mumkin. U korxona
egalarining korxonaga qo‘yilgan mablag‘lari
umumiy summasidagi ulushini
ko‘rsatadi. Korxona egalarining ulushi qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik korxona
moliyaviy barqaror, iqtisodiy mustahkam bo‘ladi va
tashqi kreditorlarga qaram
bo‘lmaydi.
Korxonaning moliyaviy qaramlik (Kmq) koeffitsenti quyidagicha aniqlanadi:
Kmq = Qarz kapitali / Xususiy kapital
Ushbu koeffitsent 0,5 dan kam bo‘lishi, lekin ko‘p bo‘lsa, 1 dan oshmasligi
kerak. Bu korxonani tashqi qarz beruvchilardan moliyaviy qaramligini ta’riflaydi
337
va uning o‘sish dinamikasi korxonani moliyalashtirishda
qarzga olingan
mablag‘lar ulushini ko‘payib borayotganini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: