Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   216
2021 4-son

3 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 6 апрелдаги “Умумий ўрта ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим стандартларини тасдиқлаш 
тўғрисида”ги 187-сонли қарори.
4 Қўйсинов О.А. Бўлажак меҳнат таълими ўқитувчиларини тайёрлашда мустақил таълимнинг педагогик-психологик аҳамияти // Таълим технологиялари. – Тошкент, 2007. – 
№1. – Б. 31 – 32.
Talabalarni bilimlarni mustaqil topish, ularni 
integrallashtirish va yangi bilimlarni olish uchun 
qo‘llash; tahsil oluvchilarda mustaqil ta’lim olish 
ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatish muhim. 
Shaxsiy-faoliyatli – o‘qitish markazida tahsil oluvchi 
o‘quv faoliyati subyekti sifatida keladi, o‘qitish tizimi 
esa tahsil oluvchi shaxsi xususiyatlarini maksimal 
hisobga olishga yo‘naltirilgan; talaba tomonidan 
o‘qitish dasturi va shaxsiy ta’limot trayektoriyasi 
anglanadi. Tizimli yondashish qoidalari metodik 
tizimni loyihalashtirishda, kompetentli va 
shaxsiy-faoliyatli yondashishlarning qoidalari esa 
texnologiya o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligida 
integrativ-modulli o‘qitishni ishlab chiqish uchun 
qo‘llaniladi. 
O‘qituvchining funksional tayyorligi – maktab 
bitiruvchisi politexnik va shaxsiy tayyorlanganligini 
ta’minlovchi kasbiy-pedagogik faoliyatni amalga 
oshirishga o‘zini tayyorlangan va qodir bo‘lgan 
pedagog shaxsi holatidir. Texnologiya o‘qituvchisi 
shaxsiy tayyorligi – bu uning kasbiy-pedagogik 
vazifalarning bajarilishiga ichki psixologik 
tayyorlanishi, kasbiy-muhim shaxs xislatlarining 
shakllanganligi.
Texnologiya o‘qituvchisi kasbiy tayyorgarligi 
tarkibiy qismi asosida zamonaviy texnika va 
uning rivojlanishi bosqichlarini o‘rganish; asosiy 
ishlab chiqarish sohalari va ular o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlar bilan tanishish; ta’lim 
muassasalarida texnologiyaga o‘qitish metodikasi 
bo‘yicha bilimlarning o‘zlashtirilishi bo‘lgan 
politexnik va metodik bilimlarning mazmuni orqali 
aniqlanadi
4

Aksiologik – o‘quv va kasbiy faoliyatning 
qarashlarga ega munosabatlari, yo‘nalishlari, 
motivlari orqali aniqlanadi. “Men – texnologiya 
o‘qituvchisi” obrazining shakllanishi orqali 
qadriyatlarning shaxsiy ierarxiyasi quriladi va 
tizimlashtiriladi. O‘zini o‘zgartirish, qarashlarni 
qaytadan tekshirib chiqish, qarashlar shkalasini 
yaratish shaxsni qadriyatlarga yo‘naltiradi, bu 
jarayonda kelajak shaxs uchun qiymatli deb 
anglanadi, texnologiya o‘qituvchisi shaxsi obrazi 
shakllanadi. 
Praksiologik – texnologiya o‘qituvchisi 
gnostik, loyihalashtiruvchi, konstruktiv, 
kommunikativ va tashkilotchilik malakalari 
shakllanishini ko‘zda tutuvchi kasbiy-pedagogik 
faoliyatda politexnik va metodik bilimlarni qo‘llash 
qobiliyati orqali aniqlanadi. Bu malakalarning 
shakllanishi turli texnologik uskuna bilan ishlashning 
amaliy ko‘nikmalarini; turli materiallarga ishlov 
berish va ulardan buyumlarni tayyorlash; oddiy 
grafik tasvirlarni yaratish va tahrirlash; iqtisodiy 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA 
INNOVATSION TA’LIM


27 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
vaziyatlarda yo‘l topa olish; tanlangan metodlar 
va texnologiyalar samaradorligini oldindan ayta 
olish; tanlangan o‘quv axborotni asoslab berish; 
o‘z faoliyati va o‘quvchilar faoliyatini tahlil qilish 
malakalarini egallash orqali sodir bo‘ladi.
O‘qitishning bosqichlar, darajalarga bo‘linishi, 
o‘qitish usullari, metodlarini biriktirishning samarali 
yo‘llarini aniqlash, multimedia texnologiyalarini 
qo‘llash, o‘qituvchi mahorati – buning barchasi 
amaliyotda zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini 
joriy etish uchun shart-sharoitlarni yaratishi 
mumkin. Bunday texnologiyalardan biri integrativ-
modulli o‘qitishdir. 
O‘quv modullarni qo‘llovchi “modulli o‘qitish” 
tushunchasini tahlil qilib, shuni ta’kidlaymizki, 
zamonaviy pedagogikada u o‘quv jarayoni sifatida 
aniqlanadi, bunda o‘quv axboroti modullarga 
bo‘linadi (nisbatan yakunlangan va mustaqil 
birliklar, axborot qismlari). Bir necha modullarning 
yig‘indisi muayyan o‘quv mavzusi yoki hatto butun 
o‘quv fani mazmunini yoritib berishga imkon 
beradi. Modulli o‘qitish tizimini nisbatan chuqur 
ishlab chiqdi va uning nuqtayi nazariga qo‘shilamiz. 
U modulli o‘qitish texnologiyasi mohiyati tahsil 
oluvchi maqsadli harakatlar rejasi, axborot banki 
va qo‘yilgan didaktik maqsadlarga erishish bo‘yicha 
metodik ko‘rsatmani o‘z ichiga oladigan unga taklif 
qilingan individual dastur bilan yanada mustaqil 
ishlay olishidan iborat deb ta’kidlaydi
5
.
Hozirgi vaqtda pedagogik adabiyotlarda 
modulli dasturlar va modullarni tuzishga bo‘lgan 
turli yondashishlarni uchratish mumkin. O‘z 
tadqiqotimizda o‘quv reja, modulli dastur va 
modullarni tuzishda, fanlararo va ichki fanlararo 
integratsiyaning taklif qilinishini integrativ-modulli 
o‘qitish deb ataymiz.
Bu holda modulli dastur qandaydir 
mutaxassislik yoki yo‘nalishning markaziy fani 
mantiqiy tuzilmasiga ko‘ra shakllanadi. Ta’limda 
integratsiya – bu ta’lim muassasalari, tizimlar, 
turli fanlarning ta’lim dasturlari mazmuni birikishi, 
organik qo‘shilishi. 
Psixologik-pedagogik adabiyotlar shuni 
aniqlashga imkon berdiki, olimlar modulli 
o‘qitish texnologiyasiga turli nomlar beradi: 
muammoli-modulli o‘qitish (M.A.Choshanov), 
modulli o‘qitish (P.A.Yusyavichene), modulli 
o‘qitish tizimi (P.I.Prokopenko), modulli kasbiy 
yo‘naltirilgan o‘qitish (N.V.Bloxin, I.V. ravin), blokli-
modulli o‘qitish (S.Y.Batishev), modulli-reyting 
o‘qitish texnologiyasi, kredit-modulli tizim va 
hk. Tadqiqotimizda o‘quv jarayonda pedagogik 
fanning ikki nisbatan avtonom sohalari – 
modulli va integrativning birikmasini nazarda 
tutib, yig‘indida ta’lim mazmuni va texnologiyasi 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin