Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   216
2021 4-son

TEXNOLOGIYA DARSLARIDA 
O‘QUVCHILARNING IJODKORLIK 
QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH 
IMKONIYATLARI
Sa’dulla Ubaydullayev –
 dotsent, t.f.n., Jizzax davlat pedagogika instituti
Islom Yetmishovich Azamatov–
 magistrant, Jizzax davlat pedagogika instituti
Annotatsiya:
 Maqolada texnologiya darslarida o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishda STEAM va SMART ta’limidan 
foydalanish imkoniyatlari haqida so‘z yuritilgan.
Аннотация:
 В статье речь идёт о возможности использования на занятиях по технологиям STEAM, SMART образований 
при формировании творческих способностей у учащихся.
Abstract:
 The article is focused on the possibilities of using STEAM and SMART education in the enhancement of students' 
creative abilities in technology classes.
Kalit so‘zlar:
 innovatsiya, STEAM, SMART, integrativ yondashuv, motivatsiya, modellashtirish, ijodkorlik. 
Ключевая слова:
 инновация, STEAM, SMART, интегративный подход, мотивация, моделирование, творчество.
Keywords:
 innovation, STEAM, SMART, integrative approach, motivation, modeling, creativity.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2019-yil 29-apreldagi «O‘zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash 
to‘g‘risida»gi Farmonida «STEAM fanlarni va 
tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va 
tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining 
rivojlanishiga alohida urg‘u berish, zamonaviy 
innovatsion iqtisodiyot talablariga javob 
beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat 
ta’lim standartlarini joriy etish»
1
ustuvor vazifa 
sifatida belgilab berildi. Natijada, umumta’lim 
maktablarida texnologiya fani mazmunida 
kasblarga yo‘naltirish, robototexnika fanlari 
o‘qitilishi, dars va maktabdan tashqari 
mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning ijodkorligini 
tarbiyalash, ularning yangiliklar yaratishga 
bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish bo‘yicha 
salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, ijodkorlik – o‘quvchi 
egallayotgan bilimlarni mustahkamlash va 
mukammallashni ta’minlash, ularda faol 
va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini 
shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini 
rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi 
hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa, o‘quvchilar 
kundalik yoki hayoti davomida, kelajakda 
yangi ixtiro va tadqiqotlar olib-borishlarida, 
bo‘lajak mutaxassislarning fan asoslarini 
o‘zlashtirishda, keyinchalik bu jarayonga 
bevosita rahbarlikni amalga oshirishda 
ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ijodkorlik faoliyatini 
takomillashtirishning pedagogik-psixologik 
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-
sonli Farmoni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 06/19/5712/3034-son.
2 Tolipov O‘.Q., Sharipov Sh.S. O‘quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishning pedagogik asoslari: Metodik qo‘llanma /. O‘zR Xalq ta’limi vazirligi, O‘zPFITI. -Toshkent: Fan, 2012. -160 b.
asoslari o‘quvchi shaxsida muammolar 
yechimini topishda o‘ziga xoslik va maqsadga 
muvofiqlikda, kasbiy xislatlarning tarkib 
topishida namoyon bo‘ladi. O‘quvchi shaxsi 
ijodkorligini rivojlantirish izchil ravishda biri 
ikkinchisining o‘rnini to‘ldiruvchi bosqichlardan 
iborat uzluksiz jarayon bo‘lib, ushbu jarayonning 
sifati muayyan pedagogik-psixologik shart-
sharoitlar va vaziyatlarga bog‘liqdir. Ijodkorlik 
bu – moddiy yoki ma’naviy, sodda, obyektiv 
yangi narsani, hozirgacha yechilmagan biror 
muammoni yechish demakdir. O‘quvchilarning 
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning eng 
muhim omili va vositasi ta’lim jarayonidir. 
Bunda, ayniqsa, texnologiya ta’limi darslarining 
o‘rni beqiyosdir. Texnologiya ta’limi fani 
ijodkor o‘quvchilar egallayotgan bilimlarning 
mustahkamligi va mukammalligini 
ta’minlovchi, ularda faol va mustaqil fikrlovchi, 
yuqori intellektual salohiyatli shaxs xislatlarini 
shakllantiruvchi va ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantiruvchi fanlardan biri hisoblanadi. 
Texnologiya ta’limi darslari hamda to‘garak 
mashg‘ulotlari o‘quvchilarda o‘zi qiziqqan 
soha bo‘yicha fan asoslarini o‘zlashtirishda, 
keyinchalik bu ishlarga bevosita rahbarlik 
qilishda ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlarida 
muhim ahamiyat kasb etadi. To‘garak 
mashg‘ulotlarini mavzularga mos o‘quv 
vositalariga asoslanib olib borish kerak. Bu 
bog‘lanish o‘quvchiga atroflicha va tushunarli 
ma’lumot berishda zarur manbalardan ijodiy 
foydalanishni bildiradi
2
. Texnologiya darslarida 
o‘quvchilar faqatgina dars mashg‘ulot 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA 
INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin