“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
32
bo‘yicha muhandislar; kompyuter tizimlari
analitiklari; muhandis-mexaniklar; muhandis-
quruvchilar; robototexniklar va boshqalar
kiradi. O‘quvchilarni texnologik innovatsion
hayotga tayyorlashda STEAM ta’limi texnologik
rivojlangan dunyoda yashashga tayyorlaydi
5
.
Texnologiyalar bundan keyin ham
rivojlanishda
davom etadi va STEAM ko‘nikmalar bu
rivojlanishning asosi bo‘ladi. Ta’lim jarayoniga
tatbiq qilinayotgan har bir metod va vositalar
sifat darajasini oshirishga xizmat qilishi zarur
bunday tushunchalardan “Kompetentlik”–
tushunchasi dastlab ta’lim sohasiga psixologik,
pedagogik izlanishlar natijasida kirib kelgan
tushuncha bo‘lib, zamonaviy atama sifatida
qo‘llanilib kelinmoqda.
Ta’limning barcha bosqichlarida yangi
pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ayniqsa,
axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan
samarali va oqilona
foydalanish va yuqori
samaradorlikka erishishga alohida ahamiyat
berish darkor. Jahon talablariga mos keluvchi
raqobatbardosh, malakali kadrlar tayyorlashga,
kelajak avlodni yuksak ma’naviyatga, ijtimoiy
hayotda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga
to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga, milliy
qadriyatlarimiznning mohiyatini chuqur anglab
yetadigan barkamol shaxslarni tarbiyalash
yo‘lida ta’limning turli vosita va metodlaridan
foydalangan holda ijodkor, izlanuvchan,
fidoyi
yoshlarni tarbiyalash lozim. Shuningdek
o‘qituvchida ham mahorat va san’at bo‘lishi
5 Хотунцев Ю.Л., Кожина O.A. Развитие творческих способностей учащихся в образовательной области «Технология»: Методические рекомендации для учителей и студентов
факультетов технологии и предпринимательства. – М. МИПККРО, 1999. – 44 с.
6 Муслимов Н.А. Касб таълими ўқитувчисини касбий шакллантиришнинг назарий-методик асослари: - Пед.фан.док. ёзилган дисс. автореферати. – Т.: 2007, – 36 б.
kerakki, u o‘quvchilarni o‘ziga jalb eta olishi,
darsini qiziqarli qilib o‘tishi va o‘quvchiga bilim
va tarbiya bera olishi kerak. Hozirgi kundagi
asosiy vazifalarimizdan biri o‘quvchilarni
shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida
uchraydigan vaziyatlarda egallab turgan
turli tipdagi malakalarini samarali ravishda
qo‘llashga o‘rgatish, ijod qila olish , mustaqil
ravishda fanga oid zaruriy axborotlarni izlab
topish, tahlil qilish natijasida zaruriy bilimlarni
oshirishga oid materiallarni ajrata olish, ko‘zda
tutilmagan noaniq, ya’ni muammoli vaziyatlar
vujudga kelganda ish beradigan malakalarga
alohida ahamiyat berish hamda egallagan
bilimlarni kundalik turmushi jarayonida qo‘llay
oladigan xususiyatlarni shakllantirishni
tarbiyalashdan iboratdir
6
.
O‘quvchilarda
bu xususiyatlarni
tarbiyalashda, ayniqsa, texnologiya faniga
oid bilim, ko‘nikma va malakalarning dars
jarayonida singdirish bilan birgalikda ularda
kompetensiyalarni ham shakllantirilishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizning
jahon hamjamiyatida iqtisodiyotimizning
raqobatbardoshligini oshirish uchun ko‘proq
texnik va texnologik ta’lim talab etilayotganligi
dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bugungi
kunda STEAM ta’limi jamiyat va davlatning
rivojiga katta hissa qo‘shadigan yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi.
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA
INNOVATSION TA’LIM
Dostları ilə paylaş: