35
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
informatsion bilim va malakalarni qo‘llash
va egallashni nazarda tutadi hamda shaxsiy
rivojlanishning bir qirrasi sifatida qaratish
mumkin.
Pedagogik kadrlarning kreativ
salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish
samaradorligi qator pedagogik talablar bilan
vositalangan. Chunonchi, shakllantirish
subyekti (o‘qituvchi) empatiya qobiliyati,
hamkechinmalik (hamdardlik), ochiqlik, ta’lim
oluvchi haqida shaxsiy g‘amxo‘rlikni ifoda
qilish, xayrixohlik, ta’lim oluvchiga baholashsiz
(teng) munosabat, “aql o‘rgatish”dan, o‘z fikrini
ta’lim oluvchiga majburlab singdirishdan
o‘zini tiyish, ta’lim oluvchiga ishonch, o‘zi va
ta’lim oluvchi o‘rtasida optimal psixologik
masofani saqlay olish, ta’lim oluvchiga o‘zini
o‘zi takomillashtirishga ishonch va qat’iyat
baxsh eta olish kabi fazilatlarga ega bo‘lishi
lozimligi aniqlandi.
Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari
professor-o‘qituvchilarining kreativ
salohiyatini shakllantirishning diagnostik
tizimini takomillashtirish, kreativ salohiyatni
shakllantirishning elektron monitoring tizimini
yaratish, kreativ salohiyatni shakllantirishning
lokal-modulli texnologiyalarini joriy etish,
pedagog kadrlarning kreativ salohiyatini
rivojlantirishning metodik tizimini ishlab
chiqish, kvalimetrik yondashuv asosida
pedagog kadrlarning kreativ salohiyatini
individual-mustaqil baholash mezonlari
va parametrlarini aniqlashtirish, kreativ
salohiyatni shakllantirishning prognostik
modelini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar
olib borish imkoniyatini yanada kengaytiradi.
Dostları ilə paylaş: