“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
34
innovatsion faoliyatga moyilligi pedagog
kadrlar kreativ salohiyatining muhim tarkibiy
qismi, degan xulosaga kelindi. Ta’kidlash
joizki, kreativ salohiyat pedagog tomonidan
yangi metod
va usullarni izlash, standartlardan
voz kechishga bo‘lgan zaruriyatning anglanishi
orqali ham shakllanadi. Shu tariqa jamiyat
va ta’lim-tarbiya jarayoni maqsadlari ham
muammolarni uddaburonlik bilan yechish,
o‘qitish va tarbiyaviy ishga noodatiy
yondashuvlarni talab qiladi.
Zamonaviy sharoitda pedagog kadrlarni
qayta tayyorlash va
ularning malakasini
oshirish tizimi tubdan takomillashib bormoqda.
Ko‘p hollarda kiritilayotgan yangiliklar ta’lim
jarayoniga turli axborot texnologiyalarini tatbiq
etish bilan bog‘liqligi kuzatiladi. Zamonaviy
ilmiy adabiyotlarda turli obyekt, hodisa va
jarayonlarning tavsifini ko‘proq yoritishga
e’tibor qaratilmoqda. Ehtimol, yangi ilmiy va
kasbiy yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi pedagog
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirishning ixtisoslashtirilgan
tizimini jahon talablari tajribasi asosida ishlab
chiqishni taqozo etadi. Unda o‘qitishning faqat
mazmuni emas, balki usul va vositalari ham
axborotlashtirish bosqichining talablariga
muvofiq yangi axborot
texnologiyalaridan
foydalanish hisobiga intellektual faoliyatni
global ratsionallashtirish, zamon talablariga
javob beradigan kreativ fikrlaydigan
mutaxassislar tayyorlash samaradorligi va
sifatini keskin oshirishdan iborat bo‘ladi,
bunga o‘z navbatida, pedagog kadrlarning
informatsion madaniyati kompyuter bilan
ishlash bilim va ko‘nikmalari bilan chegaralanib
qolmaydi hamda
informatsion dunyoqarash,
informatsion yo‘nalganlik va shaxs kreativligi,
egallangan yangi informatsion bilim,
malakalarni qo‘llash qobiliyati va shaxs
rivojlanishining bir qirrasi sifatida qaraladi.
Kreativ salohiyatni shakllantirish uchun
mikro-, mezo- va makroomillarni inobatga
olgan holda kasbiy faoliyat muhitini yaratish
zarur. U ta’lim subyektlarining funksionalligi
va kreativligini ta’minlaydigan makon omilini
qaror toptirishga xizmat qiladi. Kreativ ta’lim
muhitiga qo‘yiladigan asosiy talablarga
noaniqlik va ziddiyatlilikning yuqori darajasi,
uzviylik va uzluksizlik, ta’lim
oluvchini qabul
qilish va uni ta’lim jarayonida faol ishtirok
etishga chorlash kabilarni kiritish mumkin.
Kreativlik shaxsning individual xislati
ekanligini hisobga olib, kreativ salohiyatni
shaxsiy yondashuvsiz shakllantirib bo‘lmaydi,
3 Исянова А.Р. Условия создания среды по формированию креативного потенциала педагогических кадров // Педагогик таълим. – Ташкент, 2014 - №1, - С 8-12. (13.00.00. № 6)
Dostları ilə paylaş: